Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAShQI SAVDO FAOLIYATINI YaNADA ERKINLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, eksport-import operatsiyalari amalga oshirilishi ustidan maʼmuriy nazorat usullarini qisqartirish hamda tashqi savdoni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish maqsadida:
1. 2003-yilning 1-oktabridan import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida oldindan roʻyxatga olish bekor qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, quyidagi import kontraktlari Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ekspertiza qilinadi:
davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalanadigan;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar (qarzlar) hisobidan moliyalanadigan;
ustav sarmoyasidagi davlat ulushi 50 foizdan koʻproqni tashkil etadigan va oʻzining valyuta mablagʻlari bilan taʼminlanmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan kontraktlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 2003-yilning 1-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida import kontraktlarining bojxona monitoringi tizimi joriy etilsin. Bunday tizim ularni hisobga olish, import qilinadigan tovarlarni bojxona orqali baholash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek vakolatli organlarning axborot ayirboshlash borasidagi hamkorligini koʻzda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi import kontraktlarining bojxona monitoringini oʻtkazishni taʼminlaydigan vakolatli organ etib belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning ijrosi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-sentabr,
PF-3321-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 164-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2013-y., 1-son, 2-modda)