Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
1. “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-dekabrdagi PF–1658-son Farmoni 3-bandidagi va 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoni 9-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi 3626-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
4. “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-avgust,
PF-3306-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2005-y., 45-son, 337-modda)