Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 30.08.2003 yildagi PF-3305-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 27.02.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998-YIL 9-APRELDAGI “XUSUSIY TADBIRKORLIK, KICHIK VA OʻRTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI PF-1987-SON FARMONIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini toʻlaroq taʼminlash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yilning 1-yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat koʻrsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi tarmoqlarning oʻrtacha yillik xodimlari soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati — 100 kishidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari — 50 kishidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohasi (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan sohalar — 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yil 1-yanvardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan mikrofirma va kichik korxonalarga amaldagi qonunchilik bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalari tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlashda oʻrindoshlik, pudrat shartnomasi va boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlar soni, shuningdek unitar (shoʻba) korxonalar, vakolatxonalar hamda filiallarda ishlayotganlar soni ham hisobga olinadi.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga kiruvchi roʻyxatga olingan korxonalarning aniq tasnifini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni ilovasining 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni mazkur Farmon bandlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3305-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 120-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda)