Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 30.08.2003 yildagi PF-3305-son
Кучга кириш санаси
30.08.2003
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 26.11.2025 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining |
Farmoni | Farmoni |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998-YIL 9-APRELDAGI “XUSUSIY TADBIRKORLIK, KICHIK VA OʻRTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI PF-1987-SON FARMONIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998-YIL 9-APRELDAGI “XUSUSIY TADBIRKORLIK, KICHIK VA OʻRTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI PF-1987-SON FARMONIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA |
Kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini toʻlaroq taʼminlash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida: | Kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini toʻlaroq taʼminlash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda berilsin: | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda berilsin: |
“1. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yilning 1-yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga quyidagilar kiradi: | “1. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yilning 1-yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga quyidagilar kiradi: |
yakka tartibdagi tadbirkorlar; | yakka tartibdagi tadbirkorlar; |
ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat koʻrsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar; | ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat koʻrsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar; |
quyidagi tarmoqlarning oʻrtacha yillik xodimlari soni: | quyidagi tarmoqlarning oʻrtacha yillik xodimlari soni: |
yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati — 100 kishidan; | yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati — 100 kishidan; |
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari — 50 kishidan; | mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari — 50 kishidan; |
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohasi (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan sohalar — 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar”. | fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohasi (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan sohalar — 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar”. |
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yil 1-yanvardan: | 2. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yil 1-yanvardan: |
mazkur Farmonning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan mikrofirma va kichik korxonalarga amaldagi qonunchilik bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalari tatbiq etiladi; | mazkur Farmonning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan mikrofirma va kichik korxonalarga amaldagi qonunchilik bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalari tatbiq etiladi; |
mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlashda oʻrindoshlik, pudrat shartnomasi va boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlar soni, shuningdek unitar korxonalar, vakolatxonalar hamda filiallarda ishlayotganlar soni ham hisobga olinadi. | mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlashda oʻrindoshlik, pudrat shartnomasi va boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlar soni, shuningdek unitar korxonalar, vakolatxonalar hamda filiallarda ishlayotganlar soni ham hisobga olinadi. |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga kiruvchi roʻyxatga olingan korxonalarning aniq tasnifini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga kiruvchi roʻyxatga olingan korxonalarning aniq tasnifini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. |
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: | 4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni ilovasining 2-bandi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni ilovasining 2-bandi. |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni mazkur Farmon bandlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni mazkur Farmon bandlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. |
6. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 6. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2003-yil 30-avgust, | 2003-yil 30-avgust, |
PF-3305-son | PF-3305-son |