Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2017 19.08.2003 yildagi PF-3292-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2017
Hujjat 19.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YOʻLLARI QURISh VA ULARDAN FOYDALANIShNI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-sonli “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl qurilishini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalaniladigan zamonaviy avtomobil yoʻllari tarmogʻini yanada rivojlantirish, ortiqcha boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish, umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qurilish va yoʻl-transporti kommunikatsiyalari kompleksi, “Oʻzavtoyoʻl” konserni, yoʻl xoʻjaligi tizimi birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat aksiyadorlik konsernini Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“Oʻzavtoyoʻl” DAK) etib qayta tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “Oʻzavtoyoʻl” kompaniyasining “Oʻzavtoyoʻl” hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalari negizida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan hududiy shoʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari (Qoraqalpoqavtoyoʻl, Andijonavtoyoʻl, Buxoroavtoyoʻl, Jizzaxavtoyoʻl, Qashqadaryoavtoyoʻl, Navoiyavtoyoʻl, Namanganavtoyoʻl, Samarqandavtoyoʻl, Surxondaryoavtoyoʻl, Sirdaryoavtoyoʻl, Toshkentavtoyoʻl, Fargʻonaavtoyoʻl, Xorazmavtoyoʻl) tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” kompaniyasi tarkibida tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalari, ekspluatatsiya-liniya, yoʻllardan foydalanish, yoʻl-koʻpriklardan foydalanish boshqarmalari negizida tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonalari tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Oʻzavtoyoʻl” davlat aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish hamda takomillashtirishda yagona texnikaviy, investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, tonnellar, eng avvalo xalqaro va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan koʻpriklar hamda tonnellarga kompleks xizmat koʻrsatish va ularni tegishli texnik holatda saqlash hamda oʻtkazish qobiliyatini, shuningdek kompaniya tarkibiga kiruvchi pudrat tashkilotlari faoliyatini taʼminlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, saqlash va ulardan foydalanish masalalarining kompleks hal etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarida qurilish, taʼmirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirish chogʻida belgilangan qoida va sifat standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hududiy shoʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari zimmasiga, avtomobil yoʻllari va yoʻl infratuzilmasiga kompleks xizmat koʻrsatish hamda ularning texnik holati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish esa — tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonalari zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yilning 1-oktabridan boshlab yoʻl xoʻjaligini boshqarish tuzilmasidagi Respublika, viloyat va mahalliy yoʻl jamgʻarmalarini tugatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Respublika yoʻl jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻlarni yigʻish va tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq va Davlat bojxona qoʻmitalari zimmasiga yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika pul jamgʻarmasi mablagʻ tushumlari hamda sarf-xarajatlarining yillik va kvartal balanslarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda jihozlashning investitsiya loyihalari va tender hujjatlarining texnikaviy-iqtisodiy asoslanishini ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashning nomma-nom roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni saqlash smeta xarajatlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalash, jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar davlat soliqlari va yigʻimlariga tenglashtiriladi, ularning miqdori har yili Davlat budjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat-aksionerlik konserni (“Oʻzavtoyoʻl”)ni tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 26-yanvardagi PF–546-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3292-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 112-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 22-modda)