Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA SOLIQQA TORTISh TIZIMINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida band boʻlgan yuridik shaxslarni soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish va tartibga solish, tovar aylanishini ragʻbatlantirish hamda budjetga soliqlar tushumi toʻliq yigʻilishini taʼminlash maqsadida:
1. 2003-yilning 1-iyulidan boshlab ulgurji va chakana savdo korxonalari (shu jumladan kichik korxonalar va mikrofirmalar), umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi daromad soligʻi joriy etilsin.
Mazkur korxonalarda nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish hamda tovarlar sotish va xizmat koʻrsatishdan olinadigan naqd pul tushumini inkassatsiya qilishda belgilangan qoidalarga rioya etish yalpi daromad soligʻini toʻlashga oʻtishning majburiy sharti hisoblanadi.
2. Belgilansinki, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi daromad soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan korxonalarning ixtisoslashuvi, joylashuvi va boshqa oʻziga xos shart-sharoitlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarzda belgilanadi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, yalpi daromad soligʻi:
ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi tushumdan yagona soliq toʻlash oʻrniga;
chakana savdo sohasidagi kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq oʻrniga toʻlanadi.
Belgilansinki, ulgurji va chakana savdo korxonalari (shu jumladan kichik korxonalar va mikrofirmalar) hamda umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromad soligʻini toʻlash bilan bir qatorda umumbelgilangan tartibda mulk soligʻini ham toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ulgurji savdo korxonalariga oʻzining firma doʻkonlari orqali naqd pulga mayda ulgurji va chakana savdoni amalga oshirishga nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish va naqd tushumni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish sharti bilan ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
mahkamaviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-iyun,
PF-3270-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4-6-son, 37-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)