23.05.2007 yildagi PQ-642-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.05.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI USTYURT MINTAQASIDAGI INVESTITSION BLOKLARDAGEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARINI OLIB BORISH BOʻYICHA “GAZPROM” OAJ BILAN INVESTITSION LOYIHANI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-yanvardagi “Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga “Gazprom” OAJning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-2428-son farmoyishiga muvofiq hamda “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Gazprom” OAJ oʻrtasida 2006-yil 25-yanvarda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasi investitsion bloklarida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik oʻrganish toʻgʻrisida”gi 254-son qarori bilan “Gazprom” OAJ “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturi tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gazprom” OAJ ga berilgan yettita investitsiya blokida geologik ishlarni oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda litsenziyalar berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gazprom” OAJ oʻzining shuʼba kompaniyasi “Zarubejneftgaz” YAJ ga (keyingi oʻrinlarda — Operator) “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Gazprom” OAJ oʻrtasida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik oʻrganishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish doirasidagi barcha ishlarni bajarishga vakolat berganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator tomonidan Bitim doirasida faqat geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish maqsadida yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti shaklida “Ustyurt Zarubejneftgaz” MChJ tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gazprom” OAJ geologiya-qidiruv ishlarini oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirishni taʼminlashi va Operatorning harakatlari uchun xuddi oʻz harakatlari singari mulkiy javobgar boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya shartnomasiga muvofiq, Bitim doirasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda Oʻzbekiston xodimlariga imtiyoz berilishi, shuningdek, Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari va/yoki yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etilgan tovarlar, ishlar va xizmatlar imtiyozli huquqqa ega boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2598-son Farmonining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar “Gazprom” OAJ ga, “Zarubejneftgaz” YAJ ga, shuningdek, Bitimni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturini amalga oshirish doirasida ular tomonidan jalb etiladigan aniqlash va qidirish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlariga tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gazprom” OAJ, “Zarubejneftgaz” YAJga materiallarni yetkazib beradigan, ishlarni bajaradigan va xizmatlarni koʻrsatadigan korxona va tashkilotlar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va ularning Bitimni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturini amalga oshirish doirasida aniqlash va qidirish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy pudratchilari qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan mazkur Bitimni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturini amalga oshirish boʻyicha aniqlash, qidirish va boshqa tegishli ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslarini yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyaning amal qilish muddatiga vaqtincha olib kelish rejimida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarubejneftgaz” YAJga xorijiy pudratchi va yordamchi pudratchilarga tegishli “M2”, “M3” va “N2” toifali avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha olib kirish rejimida belgilangan tartibda, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyaning amal qilish muddatiga ulardan faqat Bitim doirasida geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida foydalanish huquqi bilan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi belgilangan tartibda Operatorga (“Zarubejneftgaz” YAJ) Bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda Operator (“Zarubejneftgaz” YAJ)ga yer usti va yer osti manbalaridan suv olish uchun belgilangan tartibda zarur limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi belgilangan tartibda Operator (“Zarubejneftgaz” YAJ)ga qoʻllaniladigan texnologiya boʻyicha ishlab chiqarish xavfsizligi qismida ekspert xulosalarini taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Operator (“Zarubejneftgaz” YAJ), pudratchi va yordamchi pudratchilarga Bitimni amalga oshirish doirasida radioelektron aloqa vositalari hamda yuqori chastotali qurilmalardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlanadigan Operatorning buyurtmanomalariga binoan Bitimni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda vizalar (shu jumladan koʻp martalik) rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlanadigan Operatorning buyurtmanomalariga binoan Bitimni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Operatorga Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishi, shuningdek, ularning buyurtmanomalariga binoan chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik oʻrganish toʻgʻrisida”gi 254-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-642-son