Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
OʻQUV MAShGʻULOTLARINI OʻTKAZGANLIK UChUN MEHNATGA SOATBAY HAQ TOʻLASh MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2176]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2011-yil 31-oktabrdagi 428, 30, 67-QQ-sonli “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2281, 07.11.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-noyabrdagi PF-4253-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 46-son, 413-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2010-yil 2-noyabrdagi 413, 40 va 183-QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2153, 2010-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 417-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-dekabr,
504-son
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAHIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-dekabr,
44-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-dekabr,
205-QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2010-yil 29-dekabrdagi 504, 44, 205-QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash
MIQDORLARI
1. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari
| | | | |
| T/r | Kontingent | Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaxslar | Soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm) |
| 1. | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari | professor, fan doktori |
10 451,2 |
|
dotsent, fan nomzodi |
6 129,4 | ||
|
ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* |
4 204,8 | ||
| 2. | Oliy taʼlim muassasalari talabalari |
professor, fan doktori |
11 944,2 |
|
dotsent, fan nomzodi |
7 543,9 | ||
|
ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar |
5 466,2 | ||
| 3. | Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari (kurslari) tinglovchilari | professor, fan doktori |
14 432,8 |
|
dotsent, fan nomzodi |
9 901,3 | ||
|
ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar |
7 989,1 | ||
| 4. |
Kurslar tinglovchilari, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan ishchilar, xodimlar |
professor, fan doktori |
8 150,8 |
|
dotsent, fan nomzodi |
4 744,6 | ||
|
ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* |
3 200,3 |
* ilmiy darajaga ega boʻlmagan, mutaxassislik fanlari boʻyicha mashgʻulot oʻtkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar.
2. Umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari
| | | | |
|
T/r |
Lavozimlar nomi |
Malaka toifasi | Soatbay haq toʻlash miqdorlari (soʻm) |
|
1. |
Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri |
oliy malaka toifali |
4 105,0 |
| birinchi malaka toifali | 3 869,4 | ||
| ikkinchi malaka toifali | 3 623,4 | ||
| oliy maʼlumotli | 3 383,6 | ||
| oʻrta maxsus maʼlumotli | 3 162,8 | ||
|
2. |
Umumtaʼlim maktablarining yuqori sinflari oʻqituvchisi |
oliy malaka toifali |
3 401,1 |
| birinchi malaka toifali | 3 084,4 | ||
| ikkinchi malaka toifali | 2 888,8 | ||
| oliy maʼlumotli | 2 698,3 | ||
| oʻrta maxsus maʼlumotli | 2 524,5 |
Izoh:
1. Soatbay haq toʻlash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.
3. Konkurs va tanlovlar jyurilari aʼzolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun toʻlanadigan soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.
4. Taʼlim muassasalarida soatbay haq toʻlash asosida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun shaxslarni jalb qilish, faqat muayyan muassasa shtatidagi oʻqituvchilar tarkibi tomonidan oʻtkazilmaydigan oʻquv mashgʻulotlari va fanlari uchun koʻzda tutiladi. Oʻquv mashgʻulotlarini soatbay haq toʻlash asosida olib borganlik uchun haq toʻlash xarajatlari taʼlim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq toʻlash fondi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
5. Soatbay haq toʻlash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.
6. Mazkur oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2010-yil 29-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 10-modda)