Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 24.01.1996 yildagi PF-1363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 25.05.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOʻLOV INTIZOMINI VA OʻZARO HISOB-KITOBLAR TIZIMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlarning toʻlov intizomiga rioya qilish uchun javobgarligini oshirish, oʻzaro qarzlarni qisqartirishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari hosil boʻlganligi uchun tijorat banklarning rahbarlari korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari bilan birgalikda shaxsan javob beradilar.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 25-maydagi PF-4114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 22-son, 257-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika isteʼmolchilariga mahsulotlarni yetkazib berish hajmining kamida 15 foiziga oldindan haq toʻlangan holdagina yuklab joʻnatsinlar, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 4-iyuldagi PF-3274-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 92-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli banklarning kafolatlari mavjud boʻlganda, eksportga mahsulot yetkazib berish (xizmat koʻrsatish) yuzasidan kontraktlar tuzsinlar va ularni bajarsinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi banklarning kafolati olingani toʻgʻrisida vakolatli bankning tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda tovar-moddiy boyliklarning respublikadan tashqariga chiqarilishiga yoʻl qoʻymasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi 1996-yil 1-fevraldan boshlab buxgalteriya hisobi tizimiga korxona va tashkilotlar balanslarida toʻlov muddati oʻtib ketgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni ajratib koʻrsatish joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1363-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-2-son, 6-modda; 2003-y., 6-7-son, 92-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 22-son, 257-modda)