OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 22-iyundagi 01/16-1-10/29, 319-V-03, 22-sonli “Tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2181-3, 11.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-son “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoyishiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 479-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-dekabr,
6-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-dekabr,
42/2-son
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-dekabr,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 6, 42/2, 1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoyishiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 479-modda) muvofiq auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borishni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
Komissiya — Iqtisodiy nochor korxonalar mol-mulkini tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiyaning Ishchi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
sotuvchi — “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tayinlangan sud boshqaruvchisi (tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi);
sotib oluvchi — auksion yoki tanlov savdolari natijalariga koʻra iqtisodiy nochor korxona boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) tuzilgan tijorat banki;
Keyingi tahrirga qarang.
auksion savdolari — bankrot-korxonalarni tijorat banklariga sotish uchun tashkil etiladigan, Komissiya tomonidan belgilangan majburiyatlarni bajarish sharti bilan eng katta narx taklif qilgan Sotib oluvchiga shartnoma tuzish huquqi beriladigan savdo turi;
Keyingi tahrirga qarang.
tanlov savdolari — bankrot-korxonalar va ularning mol-mulkini nol qiymatda sotish uchun, gʻolib-tijorat banki tomonidan investitsiya majburiyatlari bilan bir vaqtda “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan sarf-xarajatlarni toʻlashni va talablarni qondirishni hamda ish haqi boʻyicha qarzlarni toʻlashni qabul qilish boʻyicha tashkil etiladigan savdo turi;
investitsiya majburiyatlari — tijorat banklari tomonidan bankrot-korxonani yoki uning mol-mulkini sotib olishda ishlab chiqarishni qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari tomonidan bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish
2. Sotib oluvchilar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan yuritiladigan monitoring Komissiyaning Ishchi organi tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
shartnomalarning hisobi, shartnoma boʻyicha asosiy majburiyatlarni koʻrsatgan holda ularning reyestrini yuritish orqali amalga oshiriladi;
shartnoma shartlari va investitsiya majburiyatlarini bajarish grafigiga muvofiq investitsiya majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan Sotib oluvchi tomonidan taqdim etiladigan har oylik maʼlumotlar va choraklik hisobotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomda va shartnoma shartlarida belgilangan tartibda investitsiya majburiyatlarini Sotib oluvchilar tomonidan bajarilishini qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sotib oluvchi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq bankrot-korxona mulkiga kiritilayotgan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan maʼlumotni har oyda hamda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq bankrot-korxonaga kiritilayotgan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan hisobotni har chorakda, agar shartnomada boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, keyingi oyning beshinchi sanasidan kechiktirmasdan Komissiyaning Ishchi organiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumot va hisobotga qoʻshimcha ravishda Sotib oluvchi Komissiyaning Ishchi organiga obyektning sotilgunga qadar va hisobot taqdim etilayotgan davrdagi moliyaviy-iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sotib oluvchi tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi:
Keyingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarini kiritish, shu jumladan aylanma mablagʻlarni shakllantirish va toʻldirish koʻrinishida amalga oshirilganda — investitsiyalash obyektiga investitsiyalar kelib tushgan sanasi boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishni rekonstruksiyalash va qayta jihozlash uchun asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlar yetkazib berish koʻrinishida amalga oshirilganda — asbob-uskunalarni foydalanishga topshirish sanasi hamda ehtiyot va butlovchi qismlarni oʻrnatish sanasi boʻyicha;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy qimmatliklarni kiritish koʻrinishida amalga oshirilganda — investitsiyalarni kelib tushishi sanasi boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
yuqori malakali menejyerlar va boshqaruvchi kompaniyalarni jalb qilish koʻrinishida amalga oshirilganda — ular bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar kuchga kirgan sanasi boʻyicha aniqlanadi.
Agar shartnomada birdan ortiq koʻrinishda investitsiya kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, u holda monitoring davomida majburiyatlar bajarilishi sanasi yuqorida koʻrsatilgan har bir investitsiya turi boʻyicha alohida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sotib oluvchi shartnomada belgilangan muddatda mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumot va hisobotlarga asoslangan holda investitsiya majburiyatlarining bajarilishi yakunlanganligi toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni Komissiyaning Ishchi organiga taqdim qiladi. Ushbu hisobotga investitsiya majburiyatlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, auditorlik xulosasi, baholovchi tashkilotning hisoboti, moliyaviy hisobotlar nusxalari ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarishni rekonstruksiyalash va qayta jihozlash uchun asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlar yetkazib berish koʻrinishida amalga oshirilgan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi va boshqa moddiy qimmatliklar sarflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan bozor qiymati boʻyicha aniqlanadi.
III. Investitsiya majburiyatlarini bajarilishi natijalarini qabul qilish
7. Investitsiya majburiyatlarini bajarilishi, mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq yakuniy hisobot olingan kundan eʼtiboran bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
8. Har bir investitsiyalash obyekti boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish uchun tarkibi Komissiya qarori bilan tasdiqlanadigan investitsiya majburiyatlarini bajarilishini qabul qilish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Ishchi guruh faoliyatiga rahbarlikni uning raisi — Komissiyaning ishchi organi vakili amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ishchi guruh shakllangandan soʻng bir hafta muddat ichida investitsiya obyektiga chiqqan holda, taqdim etilgan materiallar asosida investitsiya majburiyatlarini shartnoma shartlariga muvofiq turlari va hajmlari boʻyicha bajarilishini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ish natijalariga koʻra Ishchi guruhi investitsiya majburiyatlarini bajarilgan yoki bajarilmagan deb topish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va materiallarni Komissiyaning navbatdagi yigʻilishiga kiritish uchun Komissiyaning Ishchi organiga topshiradi.
Komissiyaning Ishchi organi Ishchi guruh xulosasi va oʻrganish materiallarini olgandan soʻng, belgilangan tartibda oʻz vaqtida Komissiyaning yigʻilishiga zarur materiallarni tayyorlashni taʼminlaydi va tegishli qaror qabul qilish uchun Komissiyaga kiritadi.
11. Agarda Komissiya tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq hajmda bajarilgan deb topilsa, Komissiya Sotib oluvchiga iqtisodiy nochor korxonaga nisbatan mulk huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va Komissiyaning Ishchi organiga Sotib oluvchining investitsiya obyektiga mulk huquqini rasmiylashtirishni taʼminlashni va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmasini xabardor qilishni topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Komissiyaning Ishchi organi uch ish kuni mobaynida Sotib oluvchi, investitsiya obyekti va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmasini Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakuniy qoidalar
13. Sotib oluvchi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi, shu jumladan mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumot va hisobotlarni belgilangan muddatlarda Komissiyaning Ishchi organiga taqdim etmaganligi uchun Sotib oluvchi javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Monitoring natijalariga koʻra Sotib oluvchi tomonidan shartnoma shartlari belgilangan muddatda bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda Komissiyaning Ishchi organi:
bir hafta muddatda Sotib oluvchiga investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlarini buzilishini bartaraf etish va investitsiya majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarilmaganligi sabablari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi;
investitsiya majburiyatlarini bajarish grafigidan uch oydan ortiq muddatga kechikish hollarida, shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish ishlarini boshlaydi, ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Agar Sotib oluvchi majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli yuzaga kelganligini isbotlay olsa, shartnoma shartlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan deb hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq bankrot-korxonaga mulkiga kiritilayotgan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan
MAʼLUMOT
| | | | | | | | | |
_____________ holatiga | |||
| T/r | Iqtisodiy nochor korxona nomi | Faoliyat turi | Sotib oluvchi nomi | Shartnoma raqami | Tashkil topgan muddati va yangi tashkil etilgan korxona nomi | Investitsiya majburiyatini bajarish muddati | Shartnoma va biznes-rejaga muvofiq jami investitsiya majburiyatlari mln soʻm | Hisobot davriga shartnomaga muvofiq kiritilishi lozim boʻlgan investitsiya majburiyatlari mln soʻm | haqiqatda bajarilgan | jumladan | ||
| aylanma mablagʻlar uchun | modernizatsiya uchun | boshqalar | ||||||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
| | Tijorat banki rahbari |
|
|
| ||||||||
| | | | | |
(imzo) |
|
(F.I.O.) | |||||
Keyingi tahrirga qarang.
Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq bankrot-korxonaga kiritilayotgan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan
HISOBOT
| Shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari | Haqiqatda bajarilishi | Tasdiqlovchi hujjatning sanasi va raqami* |
|
1. |
| |
|
2. |
| |
|
3. |
| |
| Tijorat banki rahbari |
_____________________ |
_______________________ |
| |
(imzo) |
(F.I.O.) |
* Tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinishi kerak.