05.01.2011 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.01.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLINI ISH BILAN TAʼMINLASH VA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN TASHKILOTLARGA NISBATAN MOLIYAVIY SANKSIYALAR QOʻLLASH, SHUNINGDEK MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN TASHKILOTLAR FAOLIYATINI TOʻXTATIB QOʻYISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun korxonalarga, muassasalarga, birlashmalarga va tashkilotlarga — yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholini ish bilan taʼminlash, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlarini buzganlik deb ataladi) uchun, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tashkilotlar ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi hamda “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasi talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining, tuman va shahar bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari hamda davlat mehnat sharoitlari ekspertlari (keyingi oʻrinlarda inspektor deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining, tuman va shahar bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining davlat mehnat huquq inspektorlari (keyingi oʻrinlarda inspektor deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inspektorlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga tashkilotlar tomonidan rioya etilishini (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlariga rioya etish deb ataladi) belgilangan tartibda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan tashkilotning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlaridan, shuningdek fuqarolardan qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkazilayotgan tekshirishlar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlarning har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar (keyingi oʻrinlarda koʻrsatma deb ataladi) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan tashkilotlarga ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq jarimalar solish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilarning sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyatini yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspektorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining quyidagi buzilishlari uchun tashkilotga moliyaviy sanksiya (keyingi oʻrinlarda jarima deb ataladi) qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqargan qarorlarni bajarmaganlik uchun — har bir yaratilmagan ish joyi uchun ushbu tashkilot xodimining oʻrtacha yillik ish haqi miqdorida. Ilgari talabnoma berilgan, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy maʼlumot olgan, shuningdek kasb tayyorgarligi olishga va qayta tayyorgarlik koʻrishga, malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishdan bosh tortganlik uchun ham xuddi shu miqdorda jarima undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomoshagoh hamda va boshqa muassasalarga) toʻsqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yoʻl, havo, suv transportidan, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofi yoʻlovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa vositalari va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanilishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha qonunda nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilangan tartibda oʻtkazilgan tekshirishlar davomida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi tekshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma qonun buzilishi holatini aniqlagan inspektor, shuningdek tashkilot rahbari (uning vakili), guvohlar va jabrlanganlar (agar shundaylar boʻlsa) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot rahbari (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda dalolatnomada bu haqda yozuv qayd etiladi. Tashkilot rahbari (uning vakili) dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va uning mazmun-mohiyati boʻyicha mulohazalarini taqdim etish, shuningdek oʻzining imzolashni rad etishi sabablarini bayon qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima solish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan tashkilotni tekshirish dalolatnomasi asosida tekshirishni oʻtkazgan inspektor tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot va uning yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf etishga vakolatli boʻlgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan belgilangan namunadagi koʻrsatma beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Koʻrsatma va jarima solish toʻgʻrisidagi qaror unga nisbatan koʻrsatma berilgan va jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan tashkilotning rahbariga (uning vakiliga) tilxat bilan topshiriladi yoki topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan buyurtma xat orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatma va jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuborilganligini (topshirilganligini) tasdiqlaydigan pochta hujjatlari yoki boshqa hujjatlar tekshirish dalolatnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻrsatma unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim, bunda eng koʻp muddat u berilgan kundan boshlab 30 kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻrsatma oʻz vaqtida va toʻliq bajarilgan taqdirda jarima solish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan hisoblanadi, bu haqda berilgan koʻrsatmada tegishli yozuv qayd etiladi. Ushbu norma faqat tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirish dalolatnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar koʻrsatmada koʻrsatilgan muddatda tashkilot tomonidan koʻrsatma ijro etilganligini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlar taqdim etilmasa yoki qoida buzilishi toʻliq bartaraf etilmaganligi belgilangan tartibda aniqlansa, u holda koʻrsatma ijro etilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatmani bajarmaslik qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi. Bu holda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi tegishli daʼvo bilan xoʻjalik sudiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspektori tekshirish oʻtkazgan mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organining toʻliq nomi, jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning tartib raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima summasi, talablari tashkilot tomonidan buzilgan normativ-huquqiy hujjatlar moddalari (bandlari) hamda qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnoma, shuningdek berilgan koʻrsatma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilot tomonidan qonun hujjatlari buzilishidagi aybi eʼtirof etilgan taqdirda jarima ixtiyoriy toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjati qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani bajarish uchun belgilangan muddatda inspektori tomonidan koʻrsatma chiqarilgan mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organiga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilot tomonidan tegishli hujjatlar koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmasa u holda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi tashkilotga nisbatan jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi tegishli daʼvo bilan xoʻjalik sudiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Undirilgan jarima summasi Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma yuzasidan uning vakolatiga muvofiq yuqori mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organiga yoki xoʻjalik sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jarimani toʻlash tashkilotni koʻrsatmani bajarish majburiyatidan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi va (yoki) hayotiga xavf soladigan tashkilotlar faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar tekshirish davomida mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishning ishlab chiqarish omillari va (yoki) holatlari aniqlansa, koʻrsatib oʻtilgan holatlar inspektor tomonidan tekshirish dalolatnomasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish dalolatnomasi asosida, belgilangan tartibda inspektor tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tashkilot sodir etishi kerak boʻlgan tadbirlar va xatti-harakatlar koʻrsatilgan holda tashkilotning (uning alohida boʻlinmalarining) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Koʻrsatma unda koʻrsatilgan muddatda ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot qarorning ijrosi toʻgʻrisida qarorda koʻrsatilgan muddatlarda ushbu Nizomga 2a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha inspektorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qarorning ijro etilishi nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma bilan tasdiqlanadi yoxud qonun buzilishi bartaraf etilishi boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi, ular tekshirish dalolatnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Inspektorning qarori yuzasidan shikoyat qilinishi tashkilotni ushbu qarorni bajarish majburiyatidan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qonun buzilishi bartaraf etilgandan soʻng inspektor bir kun muddatda ushbu Nizomga 2b-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tashkilotning (uning alohida boʻlinmalarining) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni qayta boshlashga yozma ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tashkilot tomonidan qaror bajarilmagan yoki, agar qarorda koʻrsatilgan muddatda qonun buzilishi bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi axborot taqdim etilmagan yoki nazorat tartibidagi tekshirishda qonun buzilishi bartaraf etilmaganligi aniqlangan taqdirda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qaror yuzasidan yuqori mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organiga yoki xoʻjalik sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Inspektorning qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jarima solish toʻgʻrisida
‎20__yil “__”_______dagi __-son
‎QAROR

‎‎Tashkilot ___________________________________
____________‎‎_________ viloyati, tumani (shahri)
‎_________________________________________________ asosida oʻtkazilgan

‎‎(joriy yil uchun tekshirishlar reja-jadvali, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasining rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish uchun ruxsatnomasi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organining tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻining sanasi va tartib raqami)

‎‎tekshirishning 20___ yil “___” ____________dagi __-son Dalolatnomasiga muvofiq __________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

(talablari buzilgan normativ-huquqiy hujjatning nomi va modda (band)lari)

__________________________________________________________________

‎‎talablari buzilganligi uchun Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan qaror qilaman:

1. 20___ yil “___” __________gacha _________ miqdorida jarima solinsin.
‎‎2. Jarima summasi quyidagi hisob raqamiga oʻtkazilsin: _________________
‎MFO _______________.

‎3. Toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati toʻlov toʻlangan kundan boshlab 2 kun mobaynida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organiga taqdim etilsin.

_____________________‎

_____________________‎

_____________________‎

(bosh) davlat (texnik/huquq) inspektori ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Qarorni oldim:‎
20__ yil “___” ________‎ _____________________‎

_____________________‎

(mansabdor shaxs imzosi)‎

(F.I.O.)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot qonun buzilishidagi aybini eʼtirof etgan taqdirda jarima ixtiyoriy ravishda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi tashkilotga beriladi, ikkinchi nusxasi inspektorda qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Tashkilotning faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida 20 __yil “__” __________gi -son
‎QAROR

‎‎_________________________________________________ asosida oʻtkazilgan

‎(joriy yil uchun tekshirishlar reja-jadvali, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasining rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish uchun ruxsatnomasi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organining tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻining sanasi va tartib raqami)

tekshirishning 20__ yil “___” _____________dagi __-son Dalolatnomasiga
‎muvofiq __________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

(talablari buzilgan normativ-huquqiy hujjatning nomi va modda (band)lari)

‎__________________________________________________________________

talablar buzilganligi uchun “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga hamda Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ____________________________boʻyicha

‎‎(tashkilotning nomi va manzili)

20___ yil “___” ___________dan

20__ yil “__” _____gacha ‎

‎‎__________________________________________________________________

(asbob-uskunadan foydalanish yoki uchastka, sex ishi, tashkilot faoliyati)‎‎

‎TOʻXTATIB QOʻYILSIN va quyidagi tadbirlar bajarilsin __________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

_____________________‎

_____________________‎

_____________________‎

(Mehnat boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Qarorni oldim:‎
20__ yil “___” ________‎

_____________________‎

_____________________

(mansabdor shaxs imzosi)‎

(F.I.O.)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkilot faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi tashkilotga beriladi, ikkinchi nusxasi mehnat boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektorida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎20 __yil “__” __________gi _____-son qarorning ijrosi toʻgʻrisida
‎AXBOROT

‎Shuni xabar qilamanki, _____________________________________________

‎‎(asbob-uskunalar, uchastka, sex, tashkilot)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

faoliyati vaqtincha toʻxtatilgandan keyin tashkilot faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida 20__yil “___” __________dagi ____-son qarorga asosan biz quyidagi ishlarni bajardik: _________________________________________________‎‎

__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________‎
‎Toʻxtatib turilgan vaqt _____________________________________________

(ish kunlari soni)‎

Sizdan toʻxtatib qoʻyilgan ___________________________________________
‎__________________________________________________________________

(asbob-uskuna, uchastka, sex, tashkilot)

‎faoliyatini qayta boshlashga ruxsat berishingizni soʻrayman.

_____________________‎

_____________________‎

_____________________‎

(lavozimi va tashkilotning toʻliq nomi)‎

(mansabdor shaxs imzosi)

(F.I.O.)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Tashkilotning faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni tiklashga
‎20__ yil “__” __________gi ____-son
‎RUXSATNOMA

‎‎____________________________________________________________ boʻyicha

‎(tashkilot nomi)

“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasi hamda Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan 20__ yil “___” ____________dan boshlab ____________________________________
‎‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________

(asbob-uskunalar, uchastka, sex, tashkilot)

faoliyatini qayta boshlashga RUXSAT BERAMAN.

_____________________‎

______________________‎

_____________________‎

(Mehnat boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qaroriga 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning “d” kichik bandidagi “korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 50, 51 va 229-moddalariga muvofiq mansabdor shaxslarga quyidagi hollarda va quyidagi miqdorlarda jarima solinadi:”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” va “b” kichik bandlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” — “j” kichik bandlar tegishli ravishda “a” — “d” kichik bandlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 49-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 13-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashkilot tomonidan, mazkur shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan toifaga mansub boʻlsa, mehnat organlari yoʻllanmasi boʻyicha band qilib qoʻyilgan ish oʻrniga ishga joylashtirishni rad qilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 17-banddagi “bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari” soʻzlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 19-fevraldagi 29-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 10-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomidagi, muqaddimasidagi va 2-bandidagi “mehnat, aholini ish bilan taʼminlash” soʻzlari “mehnat, aholini ish bilan taʼminlash, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 va 5-bandlarga “mehnatni muhofaza qilish” soʻzlaridan keyin “va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan toʻsqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishga doir qismiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandga quyidagi mazmundagi 7.7.-kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7.7. Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishga doir qismiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini oʻz vakolatlari doirasida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishi uchun tashkilotlar tomonidan sharoitlar taʼminlanishi boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishini taʼminlash masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, kelishishda va belgilangan tartibda tasdiqlashda ishtirok etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshiga “mehnatni muhofaza qilish” soʻzlaridan keyin “va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mansabdor shaxslardan nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni, ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolari, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomoshagoh hamda boshqa muassasalarga) toʻsqinliksiz kirish uchun, shuningdek temir yoʻl, havo, suv transportidan, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanish uchun nogironlarga sharoitlar yaratishni taʼminlash maqsadida tekshirishlar davomida aniqlangan buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrishni talab qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — yigirma birinchi xatboshi tegishli ravishda yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshiga “mehnatni muhofaza qilish” soʻzlaridan keyin “va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuqori tashkilotga mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarida aybdor boʻlgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar bilan mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini, shuningdek ularning vujudga kelishiga imkon yaratuvchi sharoitlarni bartaraf etish haqida taqdimnoma kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1-ilovaga “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga” soʻzlaridan keyin “(Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.