Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TOʻGʻRISIDA
1-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “Oʻzbekiston” deb yozib qoʻyilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli koʻrinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “Oʻzbekiston” yozuvi — oltin rangida; gʻoʻza shoxlari va barglari, togʻlar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri:
1) quyidagi binolarda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining binosida;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining binosida;
Keyingi tahrirga qarang.
(4-moddaning birinchi qismi 1-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati binosida;
g) Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining binolarida;
Oldingi tahrirga qarang.
d) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa organlarning binolarida;
(4-moddaning birinchi qismi 1-bandining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) sudlarning binolarida;
(4-moddaning birinchi qismi 1-bandining “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
j) Oʻzbekiston Respublikasi Prokuratura idoralarining binolarida;
z) Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining binolarida;
Oldingi tahrirga qarang.
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari oʻtkazilayotgan zallarda, sudlarning sud majlislari zallarida, shuningdek tugʻilish va nikoh tantanali suratda roʻyxatga olinadigan xonalarda;
Keyingi tahrirga qarang.
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning Kengashi, qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat qoʻmitalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa organlarning, sudlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining, davlat notarial idoralarining, Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalari va tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan muhrlari va hujjat blankalarida gerbning tasvirini tushirish huquqi berilgan respublika va mahalliy boʻysunuvdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning muhrlari va hujjat blankalarida;
Keyingi tahrirga qarang.
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rasmiy nashrlarida;
(4-moddaning birinchi qismi 2, 3 va 4-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5) Oʻzbekiston Respublikasining pul birliklarida, qimmatli qogʻozlarida, obligatsiyalarida, pochta markalarida, pul-buyum lotereyasi biletlarida;
6) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladigan diplomatiya va oʻzga chet el pasportlarida;
7) Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralarida oʻrnatiladigan sarhad stolbalarida oʻrnatib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining boʻrtma tasviridan Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari majlis zallarida, sudlarning sud majlislari zallarida, fuqarolik holatini qayd etish idoralari — tugʻilish va nikoh tantanali suratda roʻyxatga olinadigan xonalarda foydalanishlari mumkin.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini aks ettirish majburiy boʻlgan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining takrorlanayotgan tasviri, uning katta-kichikligidan qatʼi nazar, ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va oq-qora tasviriga aniq mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisidagi ushbu Qonunda bayon etilgan talablarga rioya qilinishi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviridan foydalanish huquqi berilgan davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda
Ushbu Qonunning aniq bajarilishini kuzatish mahalliy davlat idoralari zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek respublikada turgan oʻzga shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilganlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
616-XII-son

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 51-son, 484-modda, 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)