Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TOʻGʻRISIDA
1-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
(2-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
3-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “Oʻzbekiston” deb yozib qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli koʻrinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “Oʻzbekiston” yozuvi — oltin rangida; gʻoʻza shoxlari va barglari, togʻlar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri:
1) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
(4-modda birinchi qismining 1-bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
(4-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarining old tomoniga;
2) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning Kengashining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va uning Kengashining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
(4-modda birinchi qismining 2-bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
(4-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining nikoh tantanali ravishda roʻyxatga olinadigan majlislar zallariga;
3) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raislarining;
(4-moddaning birinchi qismi 3-bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining;
(4-modda birinchi qismi 3-bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining;
(4-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalariga joylashtiriladi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining blankalarida;
Oldingi tahrirga qarang.
5) quyidagilarning:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning devonining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, qoʻmitalari va devonining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, uning Kengashi, qoʻmitalari va devonining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
davlat boshqaruvi organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarining;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning);
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarining;
notariuslarning hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlarning;
qonun hujjatlari bilan muhrlari va hujjat blankalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini tushirish huquqi berilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarning muhrlarida va hujjatlari blankalarida;
(4-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining rasmiy nashrlarida;
(4-moddaning birinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7) Oʻzbekiston Respublikasining pul belgilarida;
8) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladigan diplomatik pasportlarda;
Keyingi tahrirga qarang.
9) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarida oʻrnatiladigan sarhad ustunlarida;
10) Oʻzbekiston Respublikasi pochta aloqasi milliy operatorining pochta vagonlari va pochta qutilarida;
Oldingi tahrirga qarang.
11) umumdavlat namunasidagi hujjatlarda;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari — ovoz berish oʻtkaziladigan binolarda aks ettiriladi.
(4-moddasi birinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuniga asosan 11 va 12-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining boʻrtma tasviridan foydalanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, oʻquv-tarbiya jarayonida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
5-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining takrorlanayotgan tasviri, uning katta-kichikligidan qatʼi nazar, ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va oq-qora tasviriga aniq mos boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbiga oʻxshash boʻlishi mumkin emas.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda.
Ushbu Qonun ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda.
Ushbu Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
8-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda turgan boshqa shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
616-XII-son

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 51-son, 484-modda, 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)