Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
buyrugʻi
UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TOʻLASH BOʻYICHA KOMPENSATSIYA PUL TOʻLOVLARINING MEXANIZMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2175]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 319-sonli ““Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-9, 19.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimchachora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
1. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-noyabr,
102-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Imtiyozli shaxslar toifasi va kompensatsiya pul toʻlovlari miqdorlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya deb yuritiladi) oluvchilari hisoblanadi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 1-iyuldagi 81-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-5, 12.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar. Urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilangan;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensiya yoki nafaqa oluvchilar;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Keyingi tahrirga qarang.
v) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
g) fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
d) Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
e) koʻrish qobiliyati boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
(1-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
j) Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
z) yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar.
(1-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari deb 1941 — 1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 1-iyuldagi 81-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-5, 12.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
II. Kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi va muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari jami daromad tarkibiga kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi orqali pensiya va nafaqalar toʻlanadigan tartib va muddatlarda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchi pensionerlarga kompensatsiyalar pensiyalarni toʻlash muddatlarida pensiya tayinlangan tashkilot orqali toʻlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga kompensatsiya uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, ushbu Nizomning 1-bandi “e” kichik bandida keltirilgan imtiyozli shaxslar tomonidan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza berilganda, arizaga kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilish talab etilmaydi. Mazkur shaxslarning kompensatsiya olish huquqi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron koʻrinishdagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
7. Bir necha asosga koʻra kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga ularning tanlashi boʻyicha eng koʻp miqdordagi bitta kompensatsiya toʻlanadi.
8. Mehnat taʼtilida, taʼlim olish munosabati bilan taʼtilda, homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtilda boʻlish vaqti uchun, shuningdek vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri, bola ikki yoshga yetishiga qadar uni parvarish qilish boʻyicha xodimlar taʼtilda boʻlgan davr uchun ham kompensatsiyalar toʻlanadi.
9. Oluvchiga tegishli boʻlgan va uning vafot etishi munosabati bilan toʻliq olinmay qolgan kompensatsiya summasi u vafot etgan kunda birga yashagan oila aʼzolariga toʻlanadi. Mazkur holda kompensatsiya vafot etgan kuniga qadar toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tayinlangan kompensatsiyani toʻlash:
pensiya (nafaqa) toʻlash muddati tamom boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida kompensatsiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot orqali kompensatsiya olinmaganda;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 1-iyuldagi 81-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-5, 12.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda;
fuqaro ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
kompensatsiyani toʻlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisida fuqaro tomonidan ariza berilganda toʻxtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tayinlangan kompensatsiyani toʻlash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham toʻxtatib turilishi mumkin.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Kompensatsiyani toʻlash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan kompensatsiyani toʻlashni tiklash toʻgʻrisida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgandan soʻng tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqaroning sud hukmi boʻyicha ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan vaqti uchun kompensatsiya toʻlanmaydi. Fuqaro ozod boʻlgandan keyin kompensatsiya toʻlash kompensatsiyani toʻlashni tiklash toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Tayinlangan kompensatsiyani toʻlash:
fuqaro vafot etganda;
tayinlangan kompensatsiyaga huquqlar yoʻqolganda;
Keyingi tahrirga qarang.
doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda toʻxtatiladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 15-oktabrdagi 45-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-6, 06.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 10/20/2175-6/1478-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qonunchilik hujjatlariga koʻra alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar oʻrniga oylik kompensatsiya pul toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda koʻrsatilgan toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
14. Kompensatsiyalarni tayinlash va toʻlash ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-7, 26.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda; 2011-y., 45-46-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 20-modda, 18-son, 231-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2175-4/0601-son, 12.07.2019-y., 10/19/2175-5/3412-son; 06.11.2020-y., 10/20/2175-6/1478-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son; 25.06.2024-y., 10/24/2175-8/0442-son)