Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“AVVAL XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALAR — YAGONA SOLIQ TOʻLOVI TOʻLOVChILARINI UMUMBELGILANGAN SOLIQLARNI TOʻLAShGA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI VAQTINChALIK NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1939-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 27-yanvardagi 24-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2319, 27.01.2012-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-martdagi 30, 2009-7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1939, 2009-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 204-modda) bilan tasdiqlangan “Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-dekabr,
110-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-dekabr,
2010-55-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 24-dekabrdagi 110, 2010-55-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi soʻnggi ikki chorakda obyektiv sabablarsiz, mol-mulk va yer soligʻining hisoblangan oʻn karra miqdoridan kam boʻlgan summani tashkil etgan avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilari, bundan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi korxonalar mustasno, soliq organining xabarnomasiga asosan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilari, agar ularning realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi soʻnggi toʻrt chorakda mol-mulk va yer soligʻining hisoblangan oʻn karra miqdoridan kam boʻlgan summani tashkil etsa, umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.”.
2. 15-bandidagi “2011-yil 1-yanvargacha” degan soʻzlar “2012-yil 1-yanvargacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 528-modda)