Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
EKSPORT QILISh TAQIQLANGAN BUYuMLAR VA MAHSULOTLARNING OLIB ChIQIB KETILIShIGA QARShI KURAShNI KUChAYTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mahsulotlar va buyumlarning qonunga xilof ravishda olib chiqib ketilishiga qarshi kurashni kuchaytirish, olib qoʻyilgan tovar-moddiy boyliklarni musodara qilishni tartibga solish hamda ularni sotish masalalarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasiga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bojxona xizmatlariga Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori (7-ilova) bilan eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish chogʻida ularni musodara etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Q. Gataulin) va Adliya vazirligi (S. Mirsafoyev) eksport qilish taqiqlangan tovarlar hamda mahsulotlarni musodara etish tartibini 10 kun muddat ichida tayyorlab, tasdiqlasinlar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli bojxona xizmatlarining qarorlari asosida 10 kun muddat ichida musodara etilgan tovar-moddiy boyliklar baholanishi va sotilishini taʼminlasinlar.
4. Adliya vazirligi ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 4-yanvar,
PF-1354-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-2-son, 1-modda; 3-son, 27-modda)