OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
DAVLAT NOTARIAL IDORALARI VA NOTARIAL ARXIVLAR FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2003-yil 1-fevraldagi 07-26, 01/367, 29-sonli “Davlat notarial idoralari faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1214, 2003-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 3-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-dekabr,
19-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-dekabr,
201-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-dekabr,
106-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201, 106-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-son “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda) muvofiq davlat notarial idoralari (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idora deb yuritiladi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar (bundan keyingi oʻrinlarda notarial arxivlar deb yuritiladi) faoliyatini moliyalashtirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻlib:
Oldingi tahrirga qarang.
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar (xizmatlar) koʻrsatilganligi uchun tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining hududiy adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan 10 foizi miqdoridagi mablagʻlarining bir qismini (bundan keyingi oʻrinlarda jamlangan mablagʻlar deb yuritiladi) notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirishga, shuningdek ayrim mintaqalarning notarial idoralari va notarial arxivlarini saqlash uchun oʻz mablagʻlarining yetishmagan qismini qoplashga maqsadli yoʻnaltirgan holda jamlash huquqiga ega.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Jamlangan mablagʻlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining alohida buyruqlari bilan aniqlanadi va mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan xarajatlarni moliyalashtirish ehtiyojidan oshib ketmasligi lozim.
3. Notarial idoralar va notarial arxivlarning faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar tushumining hisobi tegishli hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
II. Notarial idoralar va notarial arxivlarni saqlash uchun daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
4. Quyidagilar tuziladi, tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida daromadlar va xarajatlar smetalari (bundan keyingi oʻrinlarda hududiy smetalar deb yuritiladi) — notarial idoralar va notarial arxivlarni saqlash uchun smeta;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati daromadlari va xarajatlari smetasi (bundan keyingi oʻrinlarda markaziy apparat smetasi deb yuritiladi) — notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek notarial idoralar va notarial arxivlar taʼminoti uchun ayrim mintaqalar mablagʻlarining yetishmagan qismini qoplash uchun smeta;
daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasi — hududiy smetalar va markaziy apparat smetasini oʻz ichiga oluvchi smeta.
5. Rejalashtirilayotgan yil uchun daromadlar hajmini aniqlashda rejalashtirilayotgan yil boshiga mablagʻlar qoldigʻi va oxirgi ikki yildagi tushumlarning dinamikasidan kelib chiqqan holda tushishi kutilayotgan tushumlarning hajmi hisobga olinadi.
Smetaning daromad qismi:
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy smetalar boʻyicha — notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar, daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlarni toʻlash uchun Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar, notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar (xizmatlar) koʻrsatilganligi uchun tushumlar hisobiga;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
markaziy apparat smetasi boʻyicha — notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining hududiy adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan 10 foizi miqdoridagi mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlanadigan mablagʻlar qismi, shuningdek gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari (daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlarni toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan manbalar boʻyicha tushadigan mablagʻlar yetishmagandagina Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Notarial idoralar va notarial arxivlarni rivojlantirish dasturini (bundan keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) amalga oshirishga ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Har bir smetaning xarajat qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari tasnifiga muvofiq moddalar boʻyicha xarajatlarning toʻliq izohi va ular yuzasidan hisob-kitoblar va tasdiqlangan shtat jadvali ilova qilingan holda xarajatlar guruhlari boʻyicha tuziladi.
Shtat jadvallari:
qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan notarial idoralar notariuslari va boshqa xodimlari lavozimlari soni doirasida har bir notarial idora kesimida;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan notarial arxivlar xodimlari soni doirasida har bir notarial arxiv kesimida tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Hududiy adliya organlari rahbarlari tasdiqlangan notarial idoralar notariuslari va notarial idoralar va notarial arxivlarning boshqa xodimlari lavozimlari soni doirasida shtat jadvallarini tasdiqlaydi, shuningdek, hududiy smetalarni tuzadi va imzolaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hududiy smetalar va markaziy apparati smetasini, shuningdek, daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasini tasdiqlaydi hamda ularni budjet smetalari xarajatlari uchun belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Hududiy adliya organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kelib tushadigan tushumlar hajmidan kelib chiqib, hududiy smetalarga, markaziy apparat smetasiga hamda daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazgan xolda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari
9. Mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar notarial idoralar va notarial arxivlarning joriy saqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda) nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Quyidagilar:
a) mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlanadigan mablagʻlarni oʻz ichiga olgan holda, notarial idoralar va notarial arxivlarning quyidagi xarajatlarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi:
mazkur Nizomning 12-bandi (toʻrtinchi xatboshisi bundan mustasno) va 13-bandiga muvofiq xodimlar mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlari bilan nazarda tutilgan toʻlovlarga, ish beruvchilarning toʻlovlarini oʻz ichiga olgan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
kommunal-ekspluatatsion va joriy saqlash boʻyicha boshqa xizmatlar xarajatlarini (kommunal xizmatlar, aloqa xizmati, binolar ijarasi, kanselyariya va idora anjomlarini sotib olish, texnikani taʼmirlash va xizmat koʻrsatish, arxivga ishlov berish va boshqa xarajatlarni) qoplashga;
Dasturga muvofiq moddiy-texnik bazani (orgtexnika vositalari bilan taʼminlash, kompyuterlashtirish, boshqa texnik vositalarni sotib olish, notarial idoralar binolarini qurish va taʼmirlash hamda boshqalar) mustahkamlashga;
xodimlarning kasbiy mahoratlarini oshirishi bilan bogʻliq xizmat safari xarajatlarini qoplashga;
notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan (seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish) boshqa chora-tadbirlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
b) mazkur Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar mazkur Nizomning IV boʻlimi 3-paragrafida nazarda tutilgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga va kommunal-ekspluatatsion va joriy saqlash boʻyicha boshqa xizmatlar xarajatlarini toʻlashga yoʻnaltiriladi. Bunda, koʻrsatilgan manbalar hisobiga moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning miqdori mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlarning 80 foizidan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
v) mazkur Nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar Dasturga muvofiq gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi.
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
11. Jamlangan mablagʻlar hisobiga notarial idoralar va notarial arxivlarni saqlash uchun mablagʻlar har yili tasdiqlanadigan hududiy smetalarda nazarda tutish yoki yil davomida markaziy apparat smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga ajratilishi mumkin.
IV. Notarial idoralar va notarial arxivlar xodimlarining moddiy taʼminoti
1-§. Notarial idoralar
12. Notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlash:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan xodimlarning lavozim maoshlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq lavozim maoshlariga 20 foiz miqdoridagi ustamalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamamning 1993-yil 9-iyuldagi 343-son “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha va ustamalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori va “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) bilan nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirishdan tashkil topadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Notarial arxivlar
13. Notarial arxivlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash quyidagilardan:
lavozim maoshlardan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorining 25a-ilovasiga muvofiq arxiv mudiri uchun, 24-ilovasiga muvofiq arxivarius uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq lavozim maoshlariga 20 foiz miqdoridagi ustamalardan;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori va “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) bilan nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirishdan tashkil topadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Notarial idoralar va notarial arxivlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
14. Mazkur Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan notarial idoralar va notarial arxivlar xodimlarini (bundan keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) moddiy ragʻbatlantirish bajariladigan ishlarning sifatini yaxshilash manfaatdorlikni oshirishga xizmat qiladi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
lavozim maoshlarga har oylik shaxsiy ustama oʻrnatish;
mukofotlash;
qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirish;
moddiy yordam koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama oʻrnatish xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini tashabbuskorlik va vijdonan bajarishni ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
16. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama miqdori ularning malakasiga, bajarilgan ishlarning sifatiga, amalga oshirilgan notarial harakatlarning va koʻrsatilgan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlarning hamda undirilgan davlat boji summasining hajmiga bogʻliq.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Xodimlarning malakasi asosan quyidagi mezonlar boʻyicha aniqlanadi:
a) notariuslar:
notarius lavozimida uch yildan kam boʻlmagan ish staji;
yuridik fanlar nomzodi yoki doktori ilmiy darajasining mavjudligi;
stajyorga rahbarlik qilishi;
notariat institutini takomillashtirishda, jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish.
b) boshqa xodimlar:
oliy maʼlumotga egaligi;
notarial idorada va notarial arxivda ikki yildan kam boʻlmagan ish staji.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Notariuslar va boshqa xodimlar uchun bajarilgan ishlarning sifati quyidagi mezonlar boʻyicha aniqlanadi:
intizomiy va moddiy javobgarlikning yoʻqligi;
xodimga nisbatan tushgan shikoyatlarning soni;
qonun hujjatlari buzilishi holatlarining aniqlangan soni.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Bitta xodimga oʻrtacha choraklik yuklamaning tuman (shahar), viloyat boʻyicha bitta xodimning shakllangan oʻrtacha choraklik yuklamasi bilan solishtirilishi notarial harakatlarni amalga oshirish hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar koʻrsatish va undirilgan davlat boji summasining hajmini aniqlash mezoni boʻlib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Notariuslarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar miqdori lavozim maoshlarining 100 foizidan, notarial idoralar va notarial arxivlarning boshqa xodimlarining esa lavozim maoshlarining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar qoida tariqasida 6 oyga yoki 1 yilga belgilanadi. Bunda, notariuslarga lavozim maoshlarining 50 foizidan oshiqroq hamda notarial idoralar va notarial arxivlarning boshqa xodimlariga lavozim maoshlarining 25 foizidan oshiqroq miqdoridagi ustamalar mos ravishda notariuslar va boshqa xodimlar umumiy sonining 50 foizidan koʻp boʻlmagan xodimlariga oʻrnatiladi.
Ish sifati yomonlashganda, vazifalar oʻz vaqtida bajarilmaganda va mehnat intizomi buzilganda lavozim maoshlarga har oylik shaxsiy ustamalar bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Mukofotlash davriy va bir martalik shaklda amalga oshiriladi.
Davriy mukofotlash har bir chorak yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi hamda ish natijalari, haqiqatda ishlagan vaqt, notariat institutini takomillashtirishda qatnashishga bogʻliq va eng koʻp miqdorlar bilan chegaralanmaydi.
Bir martalik mukofotlanish va qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirilish notarial idoralarda va notarial arxivlarda uzoq yillar ishlagan xodimlarga, avval ishlaganlarni hisobga olgan xolda (intizomsizlik va xizmat xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilganlar bundan mustasno) yubiley sanalari (50, 60, 70 yosh va shu kabi), nafaqaga chiqish, bekamu koʻst uzoq mehnat faoliyati munosabati bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Qoʻshimcha moddiy yordam:
bola tugʻilganda;
xodim oila qurganda;
xodim yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri (xotini), bolasi) vafot etganda;
xodim kasal boʻlganda koʻrsatilishi mumkin.
Xodim vafot etganda moddiy yordam uning xotiniga (eriga) yoki voyaga yetmagan bolalariga yoxud voyaga yetmagan bolalarning vasiylariga (saqlab oluvchilariga), agar xodim oila qurmagan boʻlsa, ota-onasiga toʻlanadi.
Moddiy yordamni toʻlash va uning miqdori xodimda intizomiy jazoning borligiga bogʻliq emas.
Xodimga bir yilda haqiqatda toʻlanadigan moddiy yordamning cheklangan miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Notarial idoralar va notarial arxivlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hududiy adliya organlari rahbarlarining buyruqlariga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy adliya organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining takliflari boʻyicha — notariuslar va notarial arxivlarning xodimlariga;
notariuslar (katta notariuslar)ning takliflari boʻyicha — notarial idoralarning boshqa xodimlariga nisbatan moddiy ragʻbatlantirish amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
25. Notarial idoralar va notarial arxivlarning daromadlar va xarajatlari hisobi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy buxgalteriyasi va hududiy adliya organlarining buxgalteriyalari tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Hududiy adliya organlarining gʻaznachilik hisob raqamlarida jamlangan mablagʻlardan foydalanish haqida hisobotlar hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
27. Hududiy adliya organlarining hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligining markaziy buxgalteriyasida umumlashtiriladi va har chorakda, buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish uchun belgilangan shakl va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tarmoq va shtatlar boʻyicha rejaning bajarilishi yuzasidan hamda notarial idoralar va notarial arxivlarni moliyalashtirish uchun tushgan va yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.