22.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2168
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 22.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2168
Кучга кириш санаси
01.01.2011
Hujjat 03.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT NOTARIAL IDORALARI VA NOTARIAL ARXIVLAR FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2003-yil 1-fevraldagi 07-26, 01/367, 29-sonli “Davlat notarial idoralari faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1214, 2003-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 3-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201, 106-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-son “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda) muvofiq davlat notarial idoralari (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idora deb yuritiladi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar (bundan keyingi oʻrinlarda notarial arxivlar deb yuritiladi) faoliyatini moliyalashtirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻlib:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar (xizmatlar) koʻrsatilganligi uchun tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining hududiy adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan 10 foizi miqdoridagi mablagʻlarining bir qismini (bundan keyingi oʻrinlarda jamlangan mablagʻlar deb yuritiladi) notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirishga, shuningdek ayrim mintaqalarning notarial idoralari va notarial arxivlarini saqlash uchun oʻz mablagʻlarining yetishmagan qismini qoplashga maqsadli yoʻnaltirgan holda jamlash huquqiga ega.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamlangan mablagʻlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining alohida buyruqlari bilan aniqlanadi va mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan xarajatlarni moliyalashtirish ehtiyojidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Notarial idoralar va notarial arxivlarning faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar tushumining hisobi tegishli hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Notarial idoralar va notarial arxivlarni saqlash uchun daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar tuziladi, tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida daromadlar va xarajatlar smetalari (bundan keyingi oʻrinlarda hududiy smetalar deb yuritiladi) — notarial idoralar va notarial arxivlarni saqlash uchun smeta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati daromadlari va xarajatlari smetasi (bundan keyingi oʻrinlarda markaziy apparat smetasi deb yuritiladi) — notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek notarial idoralar va notarial arxivlar taʼminoti uchun ayrim mintaqalar mablagʻlarining yetishmagan qismini qoplash uchun smeta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasi — hududiy smetalar va markaziy apparat smetasini oʻz ichiga oluvchi smeta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Rejalashtirilayotgan yil uchun daromadlar hajmini aniqlashda rejalashtirilayotgan yil boshiga mablagʻlar qoldigʻi va oxirgi ikki yildagi tushumlarning dinamikasidan kelib chiqqan holda tushishi kutilayotgan tushumlarning hajmi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smetaning daromad qismi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy smetalar boʻyicha — notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar, daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlarni toʻlash uchun Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar, notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar (xizmatlar) koʻrsatilganligi uchun tushumlar hisobiga;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat smetasi boʻyicha — notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining hududiy adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan 10 foizi miqdoridagi mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlanadigan mablagʻlar qismi, shuningdek gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari (daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlarni toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan manbalar boʻyicha tushadigan mablagʻlar yetishmagandagina Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Notarial idoralar va notarial arxivlarni rivojlantirish dasturini (bundan keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) amalga oshirishga ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir smetaning xarajat qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari tasnifiga muvofiq moddalar boʻyicha xarajatlarning toʻliq izohi va ular yuzasidan hisob-kitoblar va tasdiqlangan shtat jadvali ilova qilingan holda xarajatlar guruhlari boʻyicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtat jadvallari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan notarial idoralar notariuslari va boshqa xodimlari lavozimlari soni doirasida har bir notarial idora kesimida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan notarial arxivlar xodimlari soni doirasida har bir notarial arxiv kesimida tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududiy adliya organlari rahbarlari tasdiqlangan notarial idoralar notariuslari va notarial idoralar va notarial arxivlarning boshqa xodimlari lavozimlari soni doirasida shtat jadvallarini tasdiqlaydi, shuningdek, hududiy smetalarni tuzadi va imzolaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hududiy smetalar va markaziy apparati smetasini, shuningdek, daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasini tasdiqlaydi hamda ularni budjet smetalari xarajatlari uchun belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hududiy adliya organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kelib tushadigan tushumlar hajmidan kelib chiqib, hududiy smetalarga, markaziy apparat smetasiga hamda daromadlar va xarajatlarning jamlama smetasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazgan xolda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar notarial idoralar va notarial arxivlarning joriy saqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda) nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlanadigan mablagʻlarni oʻz ichiga olgan holda, notarial idoralar va notarial arxivlarning quyidagi xarajatlarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 12-bandi (toʻrtinchi xatboshisi bundan mustasno) va 13-bandiga muvofiq xodimlar mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlari bilan nazarda tutilgan toʻlovlarga, ish beruvchilarning toʻlovlarini oʻz ichiga olgan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal-ekspluatatsion va joriy saqlash boʻyicha boshqa xizmatlar xarajatlarini (kommunal xizmatlar, aloqa xizmati, binolar ijarasi, kanselyariya va idora anjomlarini sotib olish, texnikani taʼmirlash va xizmat koʻrsatish, arxivga ishlov berish va boshqa xarajatlarni) qoplashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga muvofiq moddiy-texnik bazani (orgtexnika vositalari bilan taʼminlash, kompyuterlashtirish, boshqa texnik vositalarni sotib olish, notarial idoralar binolarini qurish va taʼmirlash hamda boshqalar) mustahkamlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning kasbiy mahoratlarini oshirishi bilan bogʻliq xizmat safari xarajatlarini qoplashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan (seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish) boshqa chora-tadbirlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar quyidagi xarajatlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama oʻrnatish, ularni mukofotlash, qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirish va ularga moddiy yordam koʻrsatishga, ish beruvchilarning toʻlovlarini oʻz ichiga olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal-ekspluatatsion va joriy saqlash boʻyicha boshqa xizmatlar xarajatlarini (kommunal xizmatlar, aloqa xizmati, binolar ijarasi, kanselyariya va idora anjomlarini sotib olish, texnikani taʼmirlash va xizmat koʻrsatish, arxivga ishlov berish va boshqa xarajatlarni) qoplashga;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar Dasturga muvofiq gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi.
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamlangan mablagʻlar hisobiga notarial idoralar va notarial arxivlarni saqlash uchun mablagʻlar har yili tasdiqlanadigan hududiy smetalarda nazarda tutish yoki yil davomida markaziy apparat smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Notarial idoralar va notarial arxivlar xodimlarining moddiy taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Notarial idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan xodimlarning lavozim maoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq lavozim maoshlariga 20 foiz miqdoridagi ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamamning 1993-yil 9-iyuldagi 343-son “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha va ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori va “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) bilan nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirishdan tashkil topadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Notarial arxivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Notarial arxivlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash quyidagilardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlardan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorining 25a-ilovasiga muvofiq arxiv mudiri uchun, 24-ilovasiga muvofiq arxivarius uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq lavozim maoshlariga 20 foiz miqdoridagi ustamalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori va “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) bilan nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirishdan tashkil topadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Notarial idoralar va notarial arxivlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan notarial idoralar va notarial arxivlar xodimlarini (bundan keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) moddiy ragʻbatlantirish bajariladigan ishlarning sifatini yaxshilash manfaatdorlikni oshirishga xizmat qiladi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlarga har oylik shaxsiy ustama oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy yordam koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama oʻrnatish xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini tashabbuskorlik va vijdonan bajarishni ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar quyidagi mezonlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) notariuslar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius lavozimida bir yildan kam boʻlmagan ish staji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik fanlar nomzodi yoki doktori ilmiy darajasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariat institutini takomillashtirish boʻyicha takliflar, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishda qatnashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa xodimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idorada yoki notarial arxivda bir yildan kam boʻlmagan ish staji.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Notarius va unga biriktirilgan xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar oʻrnatishga notarius tomonidan hisobot oyi davomida amalga oshirilgan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan tushumlarning 40 foizi ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan mablagʻlarni notarius va unga biriktirilgan xodimlar oʻrtasida taqsimlash notariusning taklifiga asosan amalga oshiriladi. Mablagʻlarni taqsimlashda xodimning notarial idora vazifa va funksiyalarini bajarishga qoʻshgan hissasi, ularning mehnat va ijro intizomiga rioya etganligi inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial arxiv xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar ular lavozim maoshlarining 75 foizi miqdorida belgilanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar hisobot oyi yakuni natijasi boʻyicha hududiy adliya organlari rahbarlarining buyruqlari bilan oʻrnatiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Xodimning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar quyidagi hollarda oʻrnatilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganda (ushbu intizomiy jazoning amal qilish muddatiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius tomonidan bir oyda amalga oshirilgan notarial harakatlar soni muayyan hudud boʻyicha (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) notarial harakatlar umumiy sonining har bir notariusga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorining yarmidan kam boʻlsa — notarius va unga biriktirilgan xodimlarga.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mukofotlash davriy va bir martalik shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy mukofotlash har bir chorak yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi hamda ish natijalari, haqiqatda ishlagan vaqt, notariat institutini takomillashtirishda qatnashishga bogʻliq va eng koʻp miqdorlar bilan chegaralanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik mukofotlanish va qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirilish notarial idoralarda va notarial arxivlarda uzoq yillar ishlagan xodimlarga, avval ishlaganlarni hisobga olgan xolda (intizomsizlik va xizmat xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilganlar bundan mustasno) yubiley sanalari (50, 60, 70 yosh va shu kabi), nafaqaga chiqish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlari haqida xabar berish, bekamu koʻst uzoq mehnat faoliyati munosabati bilan amalga oshiriladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoʻshimcha moddiy yordam:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola tugʻilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim oila qurganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri (xotini), bolasi) vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim kasal boʻlganda koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim vafot etganda moddiy yordam uning xotiniga (eriga) yoki voyaga yetmagan bolalariga yoxud voyaga yetmagan bolalarning vasiylariga (saqlab oluvchilariga), agar xodim oila qurmagan boʻlsa, ota-onasiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yordamni toʻlash va uning miqdori xodimda intizomiy jazoning borligiga bogʻliq emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimga bir yilda haqiqatda toʻlanadigan moddiy yordamning cheklangan miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xodimlarni mukofotlash, qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirish va ularga moddiy yordam koʻrsatish hududiy adliya organlari rahbarlarining buyruqlariga muvofiq:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy adliya organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining takliflari boʻyicha — notariuslar va notarial arxivlarning xodimlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta notariuslarning (notariuslarning) takliflari boʻyicha — notarial idoralarning boshqa xodimlariga nisbatan amalga oshiriladi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyundagi 5, 16-q/q, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2168-2, 28.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Notarial idoralar va notarial arxivlarning daromadlar va xarajatlari hisobi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy buxgalteriyasi va hududiy adliya organlarining buxgalteriyalari tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qarori (roʻyxat raqami 2168-1, 14.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 101-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Hududiy adliya organlarining gʻaznachilik hisob raqamlarida jamlangan mablagʻlardan foydalanish haqida hisobotlar hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hududiy adliya organlarining hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligining markaziy buxgalteriyasida umumlashtiriladi va har chorakda, buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish uchun belgilangan shakl va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tarmoq va shtatlar boʻyicha rejaning bajarilishi yuzasidan hamda notarial idoralar va notarial arxivlarni moliyalashtirish uchun tushgan va yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.