OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2166]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 268-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-4, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2166-4/1193-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21-dekabr,
304-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oliy malaka komissiyasi davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oliy malaka komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazishda hamda notarius qasamyodini qabul qilishda Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) tartibga solinmagan qismi boʻyicha mazkur Nizom qoidalari qoʻllaniladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning Oliy malaka komissiyasining faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Oliy malaka komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Oliy malaka komissiyasining qabul qilgan qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) hamda malaka komissiyalari tomonidan bajarilishi majburiydir.
5. Oliy malaka komissiyasining moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
II. Oliy malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
6. Oliy malaka komissiyasi oʻn bir kishidan iborat tarkibda uch yil muddatga tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va masʼul kotibi komissiya tarkibidan tayinlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 433-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-6, 25.09.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son)
7. Oliy malaka komissiyasi rais rahbarligida faoliyat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 433-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-6, 25.09.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son)
8. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
9. Oliy malaka komissiyasida ishlar komissiyaning ishchi organi va masʼul kotibi tomonidan yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasi ishchi organining (bundan keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb yuritiladi) tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamda Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasining soha boʻyicha masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ oʻz faoliyatini Oliy malaka komissiyasi raisining rahbarligida amalga oshiradi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-maydagi 12-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-9, 13.05.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 10/22/2166-9/0418-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oliy malaka komissiyasi yigʻilishi zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasining raisi majlis oʻtkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Oliy malaka komissiyasining majlisi, agar unda komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasi aʼzolari davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonida talabgor sifatida ishtirok etgan vaqtlarida komissiya majlislarida qatnashmaydi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oliy malaka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oliy malaka komissiyasining qarori rais tomonidan imzolanadi.
Oliy malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan komissiya aʼzosi oʻzining fikr-mulohazalarini yozma shaklda taqdim etishga haqli.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
III. Oliy malaka komissiyasining huquq va majburiyatlari
14. Oliy malaka komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlardan zarur boʻlgan hujjatlarni soʻrab olish;
apellyatsiya hamda malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan tegishli adliya boshqarmalaridan zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish;
malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Oldingi tahrirga qarang.
malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va hududiy adliya boshqarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining hududiy boshqarmasi rahbarining taqdimnomasini qayta koʻrib chiqish uchun yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-8, 03.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 10/21/2166-8/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida apellyatsiyada koʻrsatilmagan, lekin toʻgʻri qaror qabul qilish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni oʻrganib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
malaka komissiyasining tarkibini oʻzgartirish yoki qayta tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
malaka komissiyalari tomonidan qonunchilik hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlari boʻyicha aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
malaka komissiyalariga ularning ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha tavsiyalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
malaka komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish.
15. Oliy malaka komissiyasi:
koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etishga majburdir.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oliy malaka komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
IV. Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
17. Notarius malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, u yigʻilish bayonnomasi nusxasini olgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Adliya boshqarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining tegishli hududiy boshqarmasi rahbari malaka komissiyasining qarori qonunchilik talablari buzilgan holda qabul qilinganligi haqida yetarli asoslarga ega boʻlgan hollarda Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya kiritishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Apellyatsiya Oliy malaka komissiyasiga notarius tomonidan bevosita yoki adliya boshqarmasi yoxud Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi orqali yuboriladi.
Apellyatsiya adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellyatsiyani u bilan bogʻliq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oliy malaka komissiyasiga kelib tushgan apellyatsiya ishchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Apellyatsiya bergan notariusga apellyatsiyani koʻrib chiqish kuni haqida komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin xabar qilinadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Apellyatsiyalar Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
21. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qarori haqida komissiya majlisi yakunida eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qaroridan koʻchirma tegishli adliya boshqarmasiga notariusga hamda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qarorning ijrosi toʻgʻrisida ushbu qaror tegishli adliya boshqarmasiga kelib tushgandan boshlab uch kun muddat ichida adliya boshqarmasi tomonidan Oliy malaka komissiyasi va notarius yozma ravishda xabardor qilinishi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish
24. Ishchi organ Oliy malaka komissiyasining topshirigʻiga yoki oʻzining tashabbusiga koʻra malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida ularning faoliyatini oʻrganadi.
Malaka komissiyalarining faoliyatini oʻrganish yakunlari boʻyicha ishchi organ tomonidan malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish natijalari, shuningdek, tavsiyalarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnomalar tayyorlanadi.
25. Malaka komissiyalarining faoliyatiga doir maʼlumotnomalar Oliy malaka komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan maʼlumotnomalar tegishli adliya boshqarmalari, malaka komissiyalariga hamda Notarial palataga maʼlumot uchun yuboriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya bergan notarius oʻz apellyatsiyasini yozma murojaati asosida qaytarib olishga haqli.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
29. Oliy malaka komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 499-modda; 2011-y., 40-son, 433-modda; 2017-y., 4-son, 57-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2166-3/0337-son; 11.05.2018-y., 10/18/2166-4/1193-son, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son; 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 03.12.2021-y., 10/21/2166-8/1135-son; 13.05.2022-y., 10/22/2166-9/0418-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son; 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son)