OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
SPIRT VA LIKYOR-AROQ IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN MEHNAT MUHOFAZASI QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1755-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-45-son (roʻyxat raqami 1755, 2007-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 546-modda) buyrugʻi bilan tasdiqlangan Spirt va likyor-aroq ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalarining 271, 418 va 502-bandlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasida Sanoatda, konchiliqda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” va “Oʻzbekiston Respublikasida Sanoatda, konchiliqda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchiliqda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchiliqda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzvinosanoat-xolding” Xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
197-B-son
Kelishildi:
“Oʻzvinosanoat-xolding” Xolding kompaniyasi raisi S. SAIDJALOLOV
2010-yil 25-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 25-noyabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 25-noyabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 25-noyabr
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2010-yil 25-noyabr
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2010-yil 25-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 492-modda)