Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2022 16.12.2010 yildagi O‘RQ-267-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2022
Hujjat 17.12.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SUGʻURTA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 15 HAMDA 18-MODDALARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 2-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi 358-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya sugʻurtalovchiga yoxud hayotni sugʻurta qilish sohasida, yoxud umumiy sugʻurta sohasida, yoxud faqat qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirayotgan sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sugʻurta sohasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirayotgan sugʻurtalovchi hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirayotgan sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomalarini tuzishga haqli emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin boʻlsa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻshib yuborish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sugʻurtalovchi (sugʻurtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish natijasida yangitdan tuzilgan sugʻurtalovchilarga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qoʻshib yuborish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan davr uchun hamda yangitdan tuzilgan sugʻurtalovchilar litsenziya olguniga qadar boʻlgan davrda ular yangi sugʻurta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sugʻurta shartnomalarini uzaytirishga haqli emas, ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻz zimmalariga olingan, huquqiy vorislik tartibida oʻzlariga oʻtgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sugʻurtalovchining litsenziyasi qayta rasmiylashtiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-267-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 471-modda)