Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 26.11.2010 yildagi PQ-1438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 26.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-2015 YILLARDA RESPUBLIKA MOLIYA-BANK TIZIMINI YaNADA ISLOH QILISh VA BARQARORLIGINI OShIRISh HAMDA YuQORI XALQARO REYTING KOʻRSATKIChLARIGA ERIShIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan oʻzgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash koʻrsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar respublikaning moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini koʻpaytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish va bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibali omonatlar va depozitlarni tatbiq etish, koʻrsatilayotgan bank xizmatlarining turi va koʻlamini kengaytirish yoʻli bilan aholi hamda xoʻjalik subyektlarining boʻsh mablagʻlarini bank aylanmasiga keng jalb etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qoʻllaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan hamda alohida banklar va umuman bank tizimining butun dunyoda qabul qilingan yanada yuksakroq baholash koʻrsatkichlari darajasiga chiqish yoʻlidan olgʻa siljib borishini xolisona baholash imkonini beradigan tijorat banklari va butun moliya-bank tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va meʼyoriy hujjatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar boʻyicha muammoli qarzlarning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik borasida oldini olish choralarini koʻrish yoʻli bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil oʻsishi hamda sifati yaxshilanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sugʻurta va auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmogʻini rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini taʼminlash, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar turi va koʻlamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning gʻoyat muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasi rivojlanishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarida hisob-kitob va hisobotlarning yangicha yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va uslublarini joriy qilish, moliya-bank axboroti saviyasi hamda sifatini oshirish, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng koʻlamda foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash koʻrsatkichlari tizimida ishlay oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-avgustdagi F-3476-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari Dasturi maʼqullansin, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015-yillarda respublika mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar 2-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadli koʻrsatkichlari va chora-tadbirlarining oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik, mazkur qarorning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, nobank moliya institutlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa ijrochi masʼul tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Banklari uyushmasi, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarining 2011-2012-yillarda bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining yangi tavsiyalarini, shuningdek nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich tatbiq etib borish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining kapitali yetarliligiga nisbatan talablarni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari taʼsiriga barqarorligini taʼminlaydigan barqarorlashtirish zaxiralarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlari uchun qoʻshimcha majburiy iqtisodiy normativlarni kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, tijorat banklari ixtiyoriga oʻtgan bankrot-korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan xoʻjalik subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik investorlarga sotilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab 2 yil muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1438-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda; 2013-y., 20-son, 250-modda, 36-son, 477-modda)