OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING “MONOPOLIST KORXONALAR TOMONIDAN DEKLARATSIYA QILINADIGAN NARXLARNI QOʻLLASh TOʻGʻRISIDAGI QOIDALARNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUGʻINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1359-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 42-43-sonlar, 560-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 30-martdagi 54-sonli “Monopolist korxonalar tomonidan deklaratsiya qilinadigan narxlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi Qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (2004-yil 20-may, roʻyxat raqami 1359) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 20-son, 241-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-noyabr,
98-son
Kelishilgan:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
2010-yil 18-noyabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 448-modda)