Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (“FUQAROLAR SOGʻLIGʻINI SAQLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 10 VA 11-MODDALARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2010 YIL 19 MAYDAGI OʻRQ-246-SONLI QONUNI)
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10 va 11-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 19-maydagi OʻRQ-246-sonli Qonuniga muvofiq, shuningdek tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziya beriladigan tibbiy faoliyat ixtisosliklari turlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 26-noyabr,
270-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining 78-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 3-apreldagi 61-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 4-son, 13-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlarga muvofiq boʻlgan yuridik shaxslar litsenziya talabgorlari boʻlishi mumkin”;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar faqat muayyan ixtisoslik turlari boʻyicha beriladi, ularning yagona roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ixtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”;
7-banddagi “Yuridik va jismoniy shaxslarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bosh vrach uchun — oliy tibbiy maʼlumotga va mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil ish stajiga, tegishli mutaxassislik boʻyicha malaka toifasiga, shuningdek boshqa mutaxassis vrachlar uchun — oliy tibbiy maʼlumotga va tegishli mutaxassislik boʻyicha malaka toifasiga ega boʻlishi;
toʻrtinchi xatboshiga “mutaxassis vrachlarning” soʻzlaridan keyin “va oʻrta tibbiyot xodimlarining” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “va/yoki ixtisoslikka” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tibbiy faoliyatni amalga oshirishda maʼnaviy eskirgan uskunalardan foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Zamonaviy va maʼnaviy eskirgan tibbiy uskunalar roʻyxati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va tibbiy faoliyatni amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yoki jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“b” kichik banddagi “yuridik shaxslar uchun; jismoniy shaxslar uchun — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“v” kichik banddagi “arizada koʻrsatilgan tibbiy faoliyat turi va/yoki ixtisosliklar boʻyicha” soʻzlari “arizada koʻrsatilgan turi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“e) bosh vrach uchun — mehnat daftarchasi va tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi, oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning, malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning, keyingi 5 yilda malaka oshirganlik va/yoki ixtisoslashuvdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek mutaxassis vrachlar uchun — oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning, malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning, keyingi 5 yilda malaka oshirganlik va/yoki ixtisoslashuvdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxalari”;
“j” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
12-bandga “Hujjatlar” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan tibbiy faoliyat turining nomi”;
sakkizinchi xatboshidagi “va/yoki muayyan tibbiy ixtisoslik boʻyicha faoliyat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi xatboshidagi “va/yoki ixtisoslikni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki pochta manzili va tibbiy faoliyatni amalga oshirish joyi oʻzgarganda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart”;
34-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“joyning oʻzida, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatga aralashmasdan, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishning holati va shart-sharoitlari bilan tanishish”;
ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) yuridik shaxsning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, filiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi”;
“d” kichik banddagi “va/yoki ixtisos” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 3-ilovada:
6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“joyning oʻzida, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatga aralashmasdan, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishning holati va shart-sharoitlari bilan tanishish”;
12-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xususiy tibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boʻlimi”.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziya beriladigan tibbiy faoliyat ixtisosliklari turlari
ROʻYXATI
1. Umumiy vrachlik amaliyoti
2. Tez tibbiy yordam
3. Akusherlik va ginekologiya (maslahat-diagnostika yordami, konservativ davolash, kichik operativ ginekologiya)
4. Bolalar va oʻsmirlar ginekologiyasi (operatsiyasiz)
5. Endokrinologiya (operatsiyasiz)
6. Bolalar endokrinologiyasi (operatsiyasiz)
7. Ichki kasalliklar (terapiya)
8. Allergologiya va immunologiya
9. Gastroenterologiya
10. Geriatriya
11. Diyetologiya
12. Klinik farmakologiya
13. Kurortologiya
14. Fizioterapiya
15. Davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti
16. Nefrologiya
17. Pulmonologiya
18. Revmatologiya
19. Funksional diagnostika
20. Otorinolaringologiya (LOR organlarning murakkab tugʻma nuqsonlarini bartaraf etishga oid operatsiyalardan tashqari)
21. Surdologiya-otorinolaringologiya
22. Kardiologiya (intervension kardiologiyadan tashqari)
23. Oftalmologiya
24. Bolalar oftalmologiyasi (operatsiyasiz)
25. Dermatovenerologiya (faqat dermatologiya boʻyicha xizmatlar)
26. Tibbiy kosmetologiya
27. Nevrologiya
28. Narkologiya
29. Psixoterapiya
30. Umumiy xirurgiya (yuqori texnologiyali va ixtisoslashtirilgan operatsiyalardan tashqari)
31. Kardioxirurgiya (maslahat-diagnostika yordami)
32. Koloproktologiya (maslahat-diagnostika yordami, konservativ davolash, kichik operativ koloproktologiya)
33. Plastik xirurgiya
34. Tomir xirurgiyasi (maslahat-diagnostika yordami)
35. Jagʻ-yuz xirurgiyasi (maslahat-diagnostika yordami)
36. Ekstrakorporal detoksikatsiya
37. Diagnostik va davolash-operatsiyali endoskopiya
38. Neyroxirurgiya (maslahat-diagnostika yordami)
39. Gematologiya (maslahat-diagnostika yordami)
40. Urologiya (maslahat-diagnostika yordami, konservativ davolash, kichik operativ urologiya)
41. Bolalar urologiyasi (operatsiyasiz)
42. Seksopatologiya
43. Tibbiy radiologiya
44. Rentgenologiya
45. Ultratovush diagnostikasi
46. Reabilitologiya
47. Anesteziologiya va reanimatologiya (faqat ruxsat berilgan operatsiyalar boʻyicha
48. Travmatologiya va ortopediya (operatsiyasiz)
49. Bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi (operatsiyasiz)
50. Oilaviy tibbiyot
51. Tibbiy genetika
52. Umumiy pediatriya
53. Pediatriya
54. Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi
55. Bolalar gastroenetologiyasi
56. Bolalar nefrologiyasi
57. Bolalar pulmonologiyasi
58. Bolalar xirurgiyasi (maslahat-diagnostika yordami)
59. Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi (faqat ruxsat berilgan operatsiyalar boʻyicha)
60. Bolalar nevrologiyasi
61. Neonatologiya
62. Klinik laboratoriya diagnostikasi
63. Umumiy stomatologiya
64. Terapevtik stomatologiya
65. Xirurgik stomatologiya
66. Ortopedik stomatologiya
67. Ortodontiya
68. Paradontologiya
69. Bolalar stomatologiyasi
70. Dezinfektologiya
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 447-modda; 2012-y., 13-son, 146-modda)