Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2021 26.11.2010 yildagi 269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2021
Hujjat 26.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IChKI IShLAR ORGANLARINING VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KOʻRSATISh MARKAZLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-sonli “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida hamda “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyati muntazam ravishda nazorat qilinishini, markazlarga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama yordam berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari va yumshoq jihozlar bilan taʼminlash meʼyorlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar ularning shaxsi aniqlangungacha va zarur hujjatlar rasmiylashtirilgungacha qonunda belgilangan tartibda vaqtincha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtiriladi hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlangan kundan boshlab yetti kun mobaynida ichki ishlar organlari tomonidan tegishli maʼlumotlar bolalar yashaydigan joydagi tuman (shahar) vasiylik va homiylik organiga taqdim etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 269-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini hamda voyaga yetmaganlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy, tibbiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning yoshiga xos boʻlgan psixofiziologik moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlari, bolalar hayoti va sogʻligʻini saqlash talablariga muvofiq tarzda voyaga yetmaganlarning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularni ijtimoiy himoya qilish va har tomonlama rivojlantirishga yordam berishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi yuklangan vazifalarga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning shaxsini aniqlash, hayoti, sogʻligʻini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni hamda vaqtincha saqlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda bu haqda tegishli davlat organlarini va boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga olib boradi, shuningdek ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida voyaga yetmaganlarni saqlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus shart-sharoitlar taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi hududini qoʻriqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning shaxsiy xavfsizligi va ularni salbiy taʼsirlardan yuqori darajada himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi hududiga begona shaxslarning erkin kirishini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning muassasa hududidan erkin chiqishini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz, shu jumladan uyqu uchun ajratilgan vaqt davomida nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni shaxsiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularning buyumlarini, shuningdek ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta joʻnatmalarini tekshiruvdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari sanitariya-gigiyena meʼyorlari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan, bolalarni xavfsiz saqlash uchun yaroqli binolar mavjud boʻlganda, qoidaga koʻra, viloyat markazlarida (zarurat boʻlganda yirik maʼmuriy markazlarda ham) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga, shuningdek belgilangan namunadagi peshlavhasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga keltirilgan voyaga yetmaganlarni qabul qilish va roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida kecha-kunduz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga quyidagi voyaga yetmaganlar joylashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻn olti yoshgacha boʻlganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetishga qodir boʻlmaganlar, agar voyaga yetmaganlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur boʻlsa, shuningdek ularning shaxsi aniqlanmagan yoxud ularning aniq yashash joyi boʻlmasa yoki oʻzlari ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklarni sodir etganlar, agar ularning shaxsi aniqlanmagan boʻlsa yoxud ularning aniq yashash joyi boʻlmasa yoki oʻzlari huquqbuzarliklar sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi toʻgʻrisidagi masalaning sud tomonidan koʻrib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning ajrimiga koʻra ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish uchun sudning ajrimi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga ichki ishlar organi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻining yoxud uning oʻrinbosarining qarori asosida joylashtirilishi mumkin. Bu holda voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar voyaga yetmagan markazga joylashtirilgandan keyin 48 soatdan kechiktirmasdan sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari voyaga yetmaganning ushbu markazga joylashtirilganligi toʻgʻrisida mazkur markaz joylashgan joydagi prokurorni va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyani zudlik bilan, lekin 24 soatdan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirishdan oldin voyaga yetmagan va uning buyumlari shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrik paytida ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanishi man etilgan buyumlar olib qoʻyiladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanishi taqiqlangan va olib qoʻyiladigan buyumlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining ushbu buyumlarni saqlash uchun masʼul etib tayinlangan xodimiga vaqtinchalik saqlab turish uchun belgilangan tartibda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga olib kelingan voyaga yetmaganlarni roʻyxatga olish daftarida qayd etiladi, ular uchun hisob-statistik kartochkalar toʻldiriladi va hisobga olish yigʻmajildlari yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida hisobga olish-roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini yuritish tartibi va tegishli hujjatlarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlardan kelib tushgan voyaga yetmagan fuqarolarini qabul qilish va yashash joyiga yuborish, bevosita ushbu voyaga yetmaganlarni qabul qilgan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida voyaga yetmaganlarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida ularni joylashtirish uchun zarur boʻlgan eng kam vaqt davomida, lekin koʻpi bilan oʻttiz kun boʻlishlari mumkin. Istisno hollarda bu muddat ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining iltimosnomasiga koʻra, sudning ajrimi asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻn besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida voyaga yetmaganning boʻlishi muddatiga quyidagilar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida sogʻliqni saqlashni boshqarish organi tomonidan eʼlon qilingan karantin davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning sogʻliqni saqlash muassasasi hujjati bilan tasdiqlangan va uni oilaga qaytarishga yoki tegishli muassasaga yuborishga toʻsqinlik qilayotgan kasallik davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi yuzasidan berilgan shikoyatning (protestning) koʻrib chiqilish vaqti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar har biridagi bolalar soni 20 nafardan ortiq boʻlmagan guruhlarga taqsimlanadi. Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar alohida yotoqxonalarga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazini oʻzboshimchalik bilan tark etish va huquqbuzarlik sodir etilishini istisno etuvchi xavfsiz sharoitlarda saqlanadi va kecha-kunduz ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari nazoratida boʻlishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kun tartibi voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida kecha-kunduz boʻlishini hisobga olgan holda tuziladi. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlash tartibi navbatchi naryad tomonidan taʼminlanadi. Naryad tarkibi, naryad har bir aʼzosining ish vaqti ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar belgilangan tartibda quyidagi huquqlar bilan taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasini yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni oʻzining voyaga yetmaganlar mazkur muassasaga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning qarorlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan yuqori organlarga, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi bilan oʻzgalarning odamning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklanmagan miqdorda telefonda soʻzlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar vositasida oilasi bilan bogʻlanib turish, posilkalar, banderollar, yoʻqlovlar olish, xat va telegrammalar olish hamda joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan normalar boʻyicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlarini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida taʼminlanishi davlat taʼminoti asosida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam koʻrsatish ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi va mazkur Markaz joylashgan hududdagi sogʻliqni saqlash muassasasining shtatdagi tibbiyot xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida yakka tartibdagi profilaktika ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlari, uni olib borish asoslari mavjud boʻlgan taqdirda, ular markazda boʻlgan toʻliq vaqt davomida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning turmush tarzi, aloqalari va niyatini, uning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari, oʻzboshimchalik bilan oʻqishni toʻxtatish, oiladan, taʼlim muassasalaridan ketib qolishi sabablarini aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etganlik holatlarini, uni sodir etishda qatnashgan shaxslarni, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilish holatlarini, voyaga yetmaganlarga nisbatan gʻayrihuquqiy harakatlar sodir etilganlik holatlarini aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud voyaga yetmaganlarga nisbatan boshqa gʻayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga yetmaganlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalarni yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydilar hamda ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganga huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oqibatlarini tushuntiradilar, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida manfaatdor davlat organlarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlarini xabardor qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikda voyaga yetmaganni saqlash, tarbiyalash, unga taʼlim berish, uning bandligi va dam olishini tashkil etish, ishga joylashishi va turmushini yoʻlga qoʻyishida yordam koʻrsatish masalalarini hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shaxsi aniqlanmagan voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga olib kelingan hollarda ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari undagi mavjud hujjatlar boʻyicha, ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar haqidagi maʼlumotlardan foydalanib, shuningdek tegishli ichki ishlar organlari, boshqa tashkilotlarga soʻrovnomalar yuborish, voyaga yetmaganni topib olish sharoitlari, yurish yoʻli, transport turi, taxminiy yashash joylari, kun kechirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari va manbalari hamda shaxsini aniqlash uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlash yoʻli bilan voyaga yetmaganning shaxsini aniqlash choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganning shaxsi aniqlanganidan soʻng bir sutka mobaynida ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari tegishli ichki ishlar organlariga, ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga, shuningdek manfaatdor davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga voyaga yetmaganning joyi haqida maʼlumotlar yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yakka tartibdagi profilaktika ishlari samaradorligini oshirish maqsadida voyaga yetmaganlarga nisbatan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi tomonidan tegishli buyruq chiqarish yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Voyaga yetmaganlarni joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslari boʻlgan voyaga yetmaganlar oilasiga qoidaga koʻra, ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari kuzatuvida qaytariladi yoxud voyaga yetmaganlarni olib ketish uchun kelgan ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga berib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar, shuningdek ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning olib ketishi uchun belgilangan tartibda roziligini olgan qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga berib yuborilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy yashash joyiga ega boʻlgan oʻn olti yoshga toʻlgan va undan katta yoshdagi voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻining yozma ruxsatnomasiga binoan mustaqil ravishda ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar oldiga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqomat qilish (joylashtirish) joyiga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar bepul yoʻlkira chiptasi, shuningdek belgilangan normalarda yoʻl uchun oziq-ovqat yoki pul mablagʻlari bilan taʼminlanadi. Zarurat boʻlganda voyaga yetmaganlarga alohida kiyim-kechak va poyabzal buyumlari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar voyaga yetmaganning avvalgi istiqomat joyiga kelishi yashash uchun sharoitlar yoʻqligi yoki boshqa sabablarga koʻra mumkin boʻlmasa, ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi voyaga yetmaganni joylashtirish masalasini hal qilish uchun bu haqda uning yashash joyidagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga xabar beradi, shuningdek vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni joylashtirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxslar tomonidan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish choralari koʻrilmasligi yoki oʻz vaqtida koʻrilmasligining barcha holatlari haqida zudlik bilan mazkur Markaz joylashgan joydagi prokuror va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya xabardor qilinadi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalariga yoki boshqa bolalar muassasalariga joylashtirilishi lozim boʻlgan voyaga yetmaganlar ushbu muassasalarga tegishli ravishda taʼlim, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan taqdim etiladigan yoʻllanmalar boʻyicha yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan voyaga yetmaganlar, agar ushbu muassasalar yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari turli viloyatlarda joylashgan boʻlsa, ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari kuzatuvida, yoxud agar ushbu muassasalar va ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari bitta viloyatda joylashgan boʻlsa - muassasa vakillari kuzatuvida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan muassasalarning vakillari voyaga yetmagan topilganligi haqidagi xabarnoma olingandan soʻng uch kun mobaynida ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga yetib kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Voyaga yetmaganlarni ota-onasiga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organlari, taʼlim muassasalari yoki boshqa bolalar muassasalari vakillariga topshirish voyaga yetmaganni topshirish haqidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirishda vaqtinchalik saqlab turish uchun olingan pullar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar tilxat bilan ota-onalarga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organlari, taʼlim muassasasi yoki boshqa bolalar muassasasi vakillariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Transport ichki ishlar organlari xodimlari voyaga yetmaganlarni kuzatayotgan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlariga yoʻlkira chiptalarini olishda yordam koʻrsatadi, shuningdek voyaga yetmaganlarni bir transportdan boshqa transportga oʻtish chogʻida va yoʻlning oxirgi punktlarida qoʻriqlashga koʻmaklashadi, kuzatuv vaqtida qochib ketgan voyaga yetmaganlarni qidirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan istiqomat qilish (joylashtirish) joyiga kuzatib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Respublika hududiga boshqa davlatlardan kelgan va ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarni ular yashaydigan davlatlarga qaytarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga bevosita rahbarlikni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan boshliq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Boshliq ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi nomidan faoliyat koʻrsatadi, uning manfaatlarini ifodalaydi, mol-mulkini tasarruf etadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi faoliyatida qonuniylikni taʼminlash choralarini koʻradi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va intizomi, xizmat faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ichki tartib va ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida voyaga yetmaganlarning xulq-atvori qoidalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda, xizmat formasini kiyish zarurati boʻlmagan hollarda, oddiy kiyimda yurishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi faoliyati tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tezkor-texnik vositalar, transport vositalari, mebel, jihozlar va boshqa mol-mulk bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy va statistika hisobotlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatni tashkil etishni takomillashtirish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tugatilgan taqdirda uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga muvofiq foydalaniladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 446-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda)