22.11.2010 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORVACHILIKDA NASLCHILIK, ZOOTEXNIKA VA ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilikni yanada rivojlantirish, chorva mollarining nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirishning samarali usullarini ishlab chiqish, seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash, ilgʻor ilmiy yutuqlarni fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatiga joriy etish, sanoat asosida goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirish boʻyicha zamonaviy kompleks tashkil etish, yem-xashak ekinlari urugʻlarining elita navlarini oʻstirish, chorvachilik sohasida kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qizil shalola shaharchasida joylashgan “Shalola-naslli mol tayyorlash” davlat korxonasining bino va inshootlarini davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga belgilangan tartibda berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining “Shalola-naslli mol tayyorlash” davlat korxonasi negizida “Oʻznaslelita” masʼuliyati cheklangan jamiyatni (keyingi oʻrinlarda “Oʻznaslelita” MCHJ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻznaslelita” MCHJning ustav fondi ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga berilayotgan bino va inshootlar hamda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining intellektual mulki hisobiga baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadigan qiymati boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga “Oʻznaslelita” MCHJ faoliyati sohasi boʻyicha investorlarni hammuassislar sifatida jalb etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Oʻznaslelita” MCHJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat asosida goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirish boʻyicha zamonaviy texnologik kompleks tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yem-xashak ekinlari urugʻlarining elita navlarini yetishtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoramollar seleksiyasi, ularni oziqlantirish va parvarish qilish texnologiyasi, yem-xashak ekinlari oʻstirish agrotexnikasi, chorva mollarining nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirishning samarali usullarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlariga zarur shart-sharoitlar yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustahkam yem-xashak bazasi, yuqori mahsuldor sigirlarning “nasl yadrosi”ni tashkil etish, ulardan poda toʻldiradigan buzoqlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan zarur investitsiyalar kiritishni nazarda tutadigan texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan birgalikda “Oʻznaslelita” MCHJ negizida qoramollarni parvarish qilish, oziqlantirish, koʻpaytirish va chorvachilik mahsulotlari olishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi “Oʻznaslelita” MCHJ negizida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya-naslchilik ishlarini, qoramollarni oziqlantirish va parvarish qilish texnologiyalarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va oraliq yem-xashak ekinlarining serhosil navlarini yaratish boʻyicha seleksiya ishlarini amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatiga chorvachilik va yem-xashak yetishtirishni rivojlantirish sohasidagi ilgʻor ilmiy yutuqlarni joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik masalalari boʻyicha muntazam ravishda ilmiy-amaliy seminarlar oʻtkazishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻznaslelita” MCHJga mustahkam yem-xashak bazasi tashkil etish va yem-xashak ekinlari urugʻlarining elita navlarini yetishtirish uchun belgilangan tartibda zarur yer uchastkasi ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 427-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)