Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“NAVOIY” ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASIDA TOVARLARNI RASMIYLAShTIRIShDA BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TOʻLDIRISh QOIDALARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 26-yanvardagi 01-02/12-10-sonli “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2154-2, 01.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 27, 28, 89 va 90-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi 120-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 17-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Rais S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-oktabr,
01-02/12-24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 15-oktabrdagi 01-02/12-24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish
QOIDALARI
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) 27, 28, 89 va 90-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi 120-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududidagi alohida bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga (bundan keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb yuritiladi) joylashtirilayotgan va undan chiqarilayotgan tovarlarga bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan keyingi oʻrinlarda BYuD deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. “Navoiy” EIIZga joylashtirilayotgan va undan chiqarilayotgan tovarlarga BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (bundan keyingi oʻrinlarda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) asosida toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tovarlarni “Navoiy” EIIZga olib kirish va undan olib chiqish vaqtida bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga Yoʻriqnomada nazarda tutilganlardan qoʻshimcha ravishda mazkur nizomga keltirilgan ilovadagi hujjatlar taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ilgari vaqtincha saqlash, erkin ombor va bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar toʻgʻridan toʻgʻri erkin iqtisodiy zona bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida ilgari vaqtincha olib kirish va qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilgan chet el tovarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga ilgari vaqtincha olib chiqish va qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar belgilangan tartibda boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, erkin iqtisodiy zona bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini “Navoiy” EIIZga joylashtirishda BYuDni toʻldirish
4. Deklarant tomonidan BYuD asosiy varagʻining quyidagi ustunlari va qoʻshimcha varaqlarning tegishli ustunlari toʻldiriladi: raqamli — 1 , 2, 3, 4, 5, 6, 8, 9, 11, 12, 13, 14, 16, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 28, 29, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 53, 54;
harfli — A (faqat BYuD asosiy varagʻida), V va S.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ushbu Qoidaning 4-bandida koʻrsatib oʻtilgan BYuD ustunlari (1, 17, 17a, 44-ustunlardan tashqari), Yoʻriqnomaning 3-boʻlimiga muvofiq toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. BYuDning 1, 17, 17a, 44-ustunlarini toʻldirish quyidagi oʻziga xos jihatlarga ega:
1-ustun. “Deklaratsiya turi”:
ustunning birinchi boʻlinmasida tovarlarni yoʻnalishi eksport rejimi “EK” koʻrsatiladi;
ustunning ikkinchi boʻlinmasida bojxona rejimi kodi erkin iqtisodiy zona “71” koʻrsatiladi;
ustunning uchinchi boʻlinmasi quyidagicha toʻldiriladi:
“1” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirsa;
“0” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallanmagan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirsa.
17-ustun. “Tayin etilgan mamlakat”:
ustunda “Oʻzbekiston” koʻrsatiladi.
17a-ustun. “Tayin etilgan mamlakat kodi”:
ustunda jahon mamlakatlari tasnifnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining kodi koʻrsatiladi.
44-ustun. “Qoʻshimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar”:
8-bandida qoʻshimcha taqdim etiladigan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Chet el tovarlarini “Navoiy” EIIZga joylashtirishda BYuDni toʻldirish
7. Deklarant tomonidan BYuD asosiy varagʻining quyidagi ustunlari va qoʻshimcha varaqlarning tegishli ustunlari toʻldiriladi: raqamli — 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 53, 54;
harfli — A (BYuDning asosiy varagʻida), V, S.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ushbu Qoidaning 7-bandida koʻrsatib oʻtilgan ustunlar (1 va 44-ustunlardan tashqari) Yoʻriqnomaning 6-boʻlimiga muvofiq toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. BYuDning 1 va 44-ustunlari quyidagicha toʻldiriladi:
1-ustun. “Deklaratsiya turi”:
ustunning birinchi boʻlinmasida tovarlarning yoʻnalishi import “IM” koʻrsatiladi;
ustunning ikkinchi boʻlinmasida bojxona rejimi kodi erkin iqtisodiy zona “71” koʻrsatiladi;
ustunning uchinchi boʻlinmasi quyidagicha toʻldiriladi:
“1” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirsa;
“0” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallanmagan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirsa.
44-ustun. “Qoʻshimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar”:
8-bandida qoʻshimcha taqdim etiladigan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishda BYuDni toʻldirish
10. “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishda BYuDning 37 va 44-ustunlari quyidagicha toʻldiriladi:
37 — ustun “protsedura”:
a) “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan chet el tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “11 71 **” (3 — juftlik “49” raqamidan tashqari) koʻrsatiladi;
b) “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “10 71 **” (3 — juftlik “49” raqamidan tashqari) koʻrsatiladi;
v) “Navoiy” EIIZda ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “10 71 49” koʻrsatiladi.
44-ustun. “Qoʻshimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar”:
8-bandida qoʻshimcha taqdim etiladigan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda BYuDni toʻldirish
11. “Navoiy” EIIZdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarni rasmiylashtirishda BYuDning 15, 15a, 37 va 44-ustunning 8-bandi quyidagicha toʻldiriladi:
15-ustun. “Oʻzbekiston” koʻrsatiladi;
15a-ustun. Jahon mamlakatlari tasnifnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining kodi koʻrsatiladi.
37-ustun. “protsedura”:
a) “Navoiy” EIIZga olib kirilgan chet el tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun rasmiylashtirishda “** 71 **” (3 — juftlik “49” raqamidan tashqari) koʻrsatiladi;
b) “Navoiy” EIIZga olib kirilgan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda reimport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “41 71 **” (3 — juftlik “49” raqamidan tashqari) koʻrsatiladi;
v) “Navoiy” EIIZda ishlab chiqarilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun rasmiylashtirishda “** 71 49” koʻrsatiladi.
44-ustun. “Qoʻshimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar”:
8-bandida qoʻshimcha taqdim etiladigan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalariga
ILOVA
ILOVA
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona organlariga qoʻshimcha taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. “Navoiy” EIIZ qatnashchisining mazkur Roʻyxatga keltirilgan ilovaga muvofiq arizasi;
2. “Navoiy” EIIZda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
3. Ishlab chiqarish uchun “Navoiy” EIIZ hududiga olib kirilishi moʻljallanayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tovarning nomi, miqdori, Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha kodi, qiymati, kelib chiqish mamlakati);
4. Ishlab chiqarish uchun tovarlar (xorijiy tovarlar va Oʻzbekiston tovarlari) hamda mahsulotlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida olinadigan mahsulotni ishlab chiqarishdagi ularning sarflash normalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5. Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga, “Navoiy” EIIZning boshqa qatnashchisiga yoki “Navoiy” EIIZ qatnashchisi hisoblanmaydigan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun berish (begonalashtirish) moʻljallanayotgan mahsulot toʻgʻrisidagi (tovarning nomi, miqdori, Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha kodi, xorijiy tovarlar va Oʻzbekiston tovarlarining mahsulot birligidagi tarkibi, mahsulot birligining qiymati) maʼlumot.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona organlariga qoʻshimcha taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga
ILOVA
ILOVA
“Navoiy” EIIZda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun
ARIZA
1. Tovarlarga aloqador “Navoiy” EIIZ qatnashchisining nomi va manzili.
2. Shartnoma raqami va sanasi.
3. Yuk kuzatuv hujjatlari raqami va sanasi (invoys, schyot-faktura, SMR, Karnet TIR, temir yoʻl yuk xati, avianakladnoy)
4. Taqdim etilgan hujjatlar asosida tovarlar tasnifi:
a) tovarning savdo va/yoki texnik tafsiloti;
b) TIF TN boʻyicha kod raqami (tovarning 10 belgili kodi koʻrsatiladi);
v) tovarning oʻlchov birligidagi miqdori (kg, litr, metr, dona va h. k.);
g) tovarning shartnoma boʻyicha qiymati.
5. “Navoiy” EIIZda tovarlardan foydalanadigan shaxsning nomi va manzili (agar tovarlar foydalanish uchun berishga (begonalashtirish) moʻljallanayotgan boʻlsa).
6. “Navoiy” EIIZda tovarlardan foydalanish uchun “Navoiy” EIIZ boshqa qatnashchisiga beriladigan (begonalashtirish) taqdirda 15 kun oldin bojxona organiga xabar berish boʻyicha maʼlumot.
Sana, imzo, muhr
Izoh: koʻp turdagi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun ariza berilganda, taqdim etilgan hujjatlar asosida tovarlar tasnifi alohida varaqda koʻrsatilishi mumkin.