Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2154]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 26-yanvardagi 01-02/12-10-sonli “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2154-2, 01.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi 120-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 17-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
1. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Rais S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-oktabr,
01-02/12-24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 15-oktabrdagi 01-02/12-24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi 120-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududidagi alohida bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga (bundan keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb yuritiladi) joylashtirilayotgan va undan chiqarilayotgan tovarlarga bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan keyingi oʻrinlarda BYuD deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Navoiy” EIIZga joylashtirilayotgan va undan chiqarilayotgan tovarlarga BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) asosida toʻldiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ilgari vaqtincha saqlash, erkin ombor va bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar toʻgʻridan toʻgʻri erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida ilgari vaqtincha olib kirish va qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilgan chet el tovarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga ilgari vaqtincha olib chiqish va qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar belgilangan tartibda boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
II. Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini “Navoiy” EIIZga joylashtirishda BYuDni toʻldirish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “V” va “S”.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. BYuDning 1, 17, 17a, 43, 44-grafalari quyidagicha toʻldiriladi:
1-grafa. “Deklaratsiya turi”:
grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “EK”;
grafaning ikkinchi boʻlmasida bojxona rejimi kodi erkin bojxona zona “71” koʻrsatiladi;
grafaning uchinchi boʻlmasida tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda “ED” yozuvi koʻrsatiladi, qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi.
17-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat”:
grafada “Oʻzbekiston” koʻrsatiladi.
17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”:
grafada Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining kodi koʻrsatiladi.
43-grafa.
Mazkur grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“1” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa;
“0” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallanmagan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa.
44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”:
Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
III. Chet el tovarlarini “Navoiy” EIIZga joylashtirishda BYuDni toʻldirish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. BYuDning 1, 43 va 44-grafalari quyidagicha toʻldiriladi:
1-grafa. “Deklaratsiya turi”:
grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “IM”;
grafaning ikkinchi boʻlmasida bojxona rejimi kodi erkin bojxona zona “71” koʻrsatiladi;
grafaning uchinchi boʻlmasida tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda “ED” yozuvi koʻrsatiladi, qogʻoz shaklda deklaratsiyalanganda ushbu boʻlma toʻldirilmaydi.
43-grafa.
Mazkur grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
“1” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa;
“0” — agar “Navoiy” EIIZ qatnashchisining oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallanmagan mahsulotni “Navoiy” EIIZga joylashtirilsa.
44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”:
Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
IV. “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishda BYuDni toʻldirish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan grafalar (37 va 44-grafalardan tashqari) Yoʻriqnomaning 4 va 6-boblariga muvofiq toʻldiriladi.
“Navoiy” EIIZga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishda BYuDning 37 va 44-grafalari quyidagicha toʻldiriladi:
37 — grafa “Protsedura”:
a) “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan chet el tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “11 71 074”;
b) “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “10 71 174”;
v) “Navoiy” EIIZda ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “10 71 274” koʻrsatiladi.
44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”:
Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
V. “Navoiy” EIIZga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda BYuDni toʻldirish
Oldingi tahrirga qarang.
11. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi tomonidan BYuDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “V” va “S”.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan grafalar (15, 15a, 37 va 44-grafalardan tashqari) Yoʻriqnomaning tegishli boblariga muvofiq toʻldiriladi.
“Navoiy” EIIZdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarni rasmiylashtirishda BYuDning 15, 15a, 37 va 44-grafalari quyidagicha toʻldiriladi:
15-grafa. “Oʻzbekiston” koʻrsatiladi;
15a-grafa. Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining kodi koʻrsatiladi.
37-grafa. “Protsedura”:
a) “Navoiy” EIIZga olib kirilgan chet el tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun rasmiylashtirishda “** 71 075”;
b) “Navoiy” EIIZga olib kirilgan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini oʻzgartirilmagan holatda reimport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “41 71 175”;
v) “Navoiy” EIIZda ishlab chiqarilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun rasmiylashtirishda “** 71 275” koʻrsatiladi.
44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”:
Grafada 899 tartib raqami ostida mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan hujjatlarning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 12.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 152-modda)
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalariga
ILOVA
ILOVA
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona organlariga qoʻshimcha taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. “Navoiy” EIIZ qatnashchisining mazkur Roʻyxatga keltirilgan ilovaga muvofiq arizasi;
2. “Navoiy” EIIZda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
3. Ishlab chiqarish uchun “Navoiy” EIIZ hududiga olib kirilishi moʻljallanayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tovarning nomi, miqdori, Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha kodi, qiymati, kelib chiqish mamlakati);
4. Ishlab chiqarish uchun tovarlar (xorijiy tovarlar va Oʻzbekiston tovarlari) hamda mahsulotlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida olinadigan mahsulotni ishlab chiqarishdagi ularning sarflash normalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5. Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga, “Navoiy” EIIZning boshqa qatnashchisiga yoki “Navoiy” EIIZ qatnashchisi hisoblanmaydigan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun berish (begonalashtirish) moʻljallanayotgan mahsulot toʻgʻrisidagi (tovarning nomi, miqdori, Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha kodi, xorijiy tovarlar va Oʻzbekiston tovarlarining mahsulot birligidagi tarkibi, mahsulot birligining qiymati) maʼlumot.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona organlariga qoʻshimcha taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga
ILOVA
ILOVA
“Navoiy” EIIZda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun
ARIZA
1. Tovarlarga aloqador “Navoiy” EIIZ qatnashchisining nomi va manzili.
2. Shartnoma raqami va sanasi.
3. Yuk kuzatuv hujjatlari raqami va sanasi (invoys, schyot-faktura, SMR, Karnet TIR, temir yoʻl yuk xati, avianakladnoy)
4. Taqdim etilgan hujjatlar asosida tovarlar tasnifi:
a) tovarning savdo va/yoki texnik tafsiloti;
b) TIF TN boʻyicha kod raqami (tovarning 10 belgili kodi koʻrsatiladi);
v) tovarning oʻlchov birligidagi miqdori (kg, litr, metr, dona va h. k.);
g) tovarning shartnoma boʻyicha qiymati.
5. “Navoiy” EIIZda tovarlardan foydalanadigan shaxsning nomi va manzili (agar tovarlar foydalanish uchun berishga (begonalashtirish) moʻljallanayotgan boʻlsa).
6. “Navoiy” EIIZda tovarlardan foydalanish uchun “Navoiy” EIIZ boshqa qatnashchisiga beriladigan (begonalashtirish) taqdirda 15 kun oldin bojxona organiga xabar berish boʻyicha maʼlumot.
Sana, imzo, muhr
Izoh: koʻp turdagi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun ariza berilganda, taqdim etilgan hujjatlar asosida tovarlar tasnifi alohida varaqda koʻrsatilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 418-modda; 2016-y., 15-son, 152-modda)