OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
OBODONLAShTIRISh VA KOʻKALAMZORLAShTIRISh IShLARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINING 26-BANDIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1971-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 8-iyundagi 29/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1971, 2009-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-noyabr,
184-B-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 25-oktabr
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
2010-yil 25-oktabr
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2010-yil 25-oktabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 25-oktabr
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori Oʻ. XALMUXAMMEDOV
2010-yil 25-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 402-modda)