Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2010 YIL 17 SENTYABRDAGI “BAHOLASh FAOLIYATI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻRQ-257-SONLI QONUNI)
Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-257-sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 9-noyabr,
248-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarorining 3-bandi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalarining 15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartira qiymatini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoldiq balans qiymat boʻyicha baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarorining 9-bandi, shuningdek ushbu qarorga 7-ilovaning 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda) 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya tomonidan” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
7. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “mustaqil baholovchilar” soʻzlari “baholovchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada (Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisida Nizom):
3-banddagi “baholovchi” soʻzi “baholovchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning sotiladigan mol-mulkini baholash maqsadida — vakolatli organning va unga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning qarori boʻyicha, — kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra baholash tashkiloti jalb etiladi. Mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar uchun baholovchi tashkilotni jalb etish majburiydir”;
7-banddagi “baholovchi” soʻzlari “baholovchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “baholovchi” soʻzi “baholovchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshidagi, 15-bandning beshinchi xatboshidagi va 16-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “baholovchi” soʻzi “baholovchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomning 9-bandi “k” kichik bandidagi “baholovchining hisoboti” soʻzlari “baholash toʻgʻrisidagi hisobot” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 2-ilova (Asosiy vositalarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida dalolatnoma)dagi, shuningdek 1 va 2-ilovalardagi “Mustaqil baholovchilarning xulosasi boʻyicha” soʻzlari “Baholovchi tashkilot bahosi toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 10-bandning ikkinchi xatboshidagi “tegishli litsenziyaga ega boʻlgan mustaqil baholovchilarga” va “Mustaqil baholovchilar” soʻzlari tegishli ravishda “baholovchi tashkilotga” va “Baholovchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin
b) 11-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolarga tegishli boʻlgan umrbod egalik qilish huquqi bilan meros qilib qoldirilgan yer uchastkasining olib qoʻyilayotgan vaqtdagi qiymatini baholash tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari tomonidan baholash vaqtidagi joriy narxlar boʻyicha ariza beruvchining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi Nizomning 22-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “baholash uchun toʻlov” soʻzlari “belgilash boʻyicha baholovchi tashkilot xizmatlari uchun toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 6-avgustdagi 172-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “baholovchining” soʻzi “baholovchi tashkilotning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 17-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“baholovchi tashkilotning mol-mulk qiymatini baholash boʻyicha xizmatlari uchun toʻlov (baholovchi tashkilot tomonidan baholashda)”;
b) 18-bandning 5 kichik bandidagi “boʻyicha dastlabki hisob-kitob (xulosa)” soʻzlari “toʻgʻrisidagi hisobot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 22-banddagi “bank xodimi yoki mustaqil baholovchi tomonidan dastlabki hisob-kitob yoki xulosa tuzish yoʻli bilan” soʻzlari “baholovchi tashkilot tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “baholovchini” soʻzi “baholovchi tashkilotni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsni (keyingi oʻrinlarda baholovchi deb ataladi)” soʻzlari “baholovchi tashkilotni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “baholovchini” soʻzi “baholovchi tashkilotni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “baholovchi tomonidan” soʻzlari “baholovchi tashkilot tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “baholovchi” soʻzi “baholovchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Ekspert, baholovchi tashkilot, shuningdek boshqa mutaxassislar oʻzlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq moddiy va boshqacha tarzda javobgar boʻladilar”.
g) 15-bandning oltinchi xatboshidagi ““baholovchining” soʻzi “baholash toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 37-banddagi “baholovchilar” soʻzi ““baholovchi tashkilot xodimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 50-banddagi “baholovchining” soʻzi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 385-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son; 06.02.2021-y., 09/21/56/0091-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)