Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “RESPUBLIKANING YoGʻ-MOY TARMOGʻINI BOShQARISh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2010 YIL 7 SENTYABRDAGI PQ-1401-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-noyabr,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 243-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetga aksiz soligʻi tushishini nazorat qiluvchi moliya inspektorlari lavozimlarini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 418-son qaroriga 1-ilovadagi “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi” va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi” boʻlimlari chiqarib tashlansin, jami “28” raqami “6” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qarorida:
a) 1-ilovadagi IV qism va eslatmadagi “**Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 418-son qarori bilan “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasining 19 korxonasida Moliya vazirligining moliya inspektorlari lavozimi joriy etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari toʻgʻrisidagi nizom (2-ilova)ning 1-bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Moliya inspektorlari lavozimlari joriy etiladigan korxonalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (etil spirti va alkogolli mahsulotlar, shuningdek oʻsimlik (paxta) yogʻi ishlab chiqaradigan korxonalar bundan mustasno)”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻsimlik (paxta) yogʻi ishlab chiqaradigan korxonalarda moliya inspektori lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, ularning ustav jamgʻarmasida kamida 51 foiz davlat ulushi boʻlgan, ularga texnik paxta chigiti yetkazib berish nazarda tutilgan yogʻ-moy tarmogʻi korxonalari roʻyxatiga kiritilishiga koʻra joriy etiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son qaroriga 1-ilova), korxona ushbu roʻyxatdan chiqarilgan taqdirda esa koʻrsatib oʻtilgan lavozim qisqartiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida” 2007-yil 24-iyuldagi 151-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 42-modda) 2-bandidagi “va yogʻ-moy” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 381-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)