Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Lokomotiv” mehmonxona majmuasini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” datk balansiga oʻtkazish toʻgʻrisida
Yoʻlovchi va yuk tashish jarayonlarining texnologik nazorati ishonchliligini oshirish, temir yoʻl transportida barqaror va samarali boshqaruv hamda aloqa tizimini taʼminlash, shuningdek, Toshkent shahri Shimoliy vokzal oldi maydonining rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” OAJning “Lokomotiv” mehmonxona majmuasini maxsus texnologik boʻlinmalarni joylashtirish maqsadida “Oʻzbekiston temir yollari” DATK balansiga begʻaraz oʻtkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, “Lokomotiv” mehmonxona majmuasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK balansiga begʻaraz oʻtkaziladigan aktivlari qiymati daromad (foyda) soligʻi boʻyicha soliq solishning obyekti hisoblanmaydi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qaroriga 5-ilovaning 10-bandi chiqarib tashlansin.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-oktabr,
231-son