Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2021 29.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2150
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2021
Hujjat 08.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOGʻIDAN MAHRUM BOʻLGAN BOLALARGA TURARJOY SOTIB OLISh UChUN MAQSADLI TRANSFERTLAR, ShU JUMLADAN, BUDJET TRANSFERTLARINI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 17-dekabrdagi 78-sonli ““Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablagʻlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2150-2, 28.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turarjoylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 164-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 31-son, 260-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlarni, shu jumladan, budjet transfertlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 11-oktabrdagi 86-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet transfertlarini berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turarjoylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 31-son, 260-modda) muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet transfertlarini berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzlariga biriktirilgan turarjoyga ega boʻlmagan hamda tuman (shahar) hokimliklarida turarjoyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turarjoylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan tartibda turarjoy olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har yili tuman (shahar) hokimliklari vasiylik va homiylik organlaridan tushgan taqdimnomalarga asosan 1-aprelgacha boʻlgan muddatda yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga berish uchun turarjoylar reyestrini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoylar yetmay qolgan taqdirda Uy-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash komissiyalari turarjoyga boʻlgan ehtiyojni eng yuqori darajada qondirish maqsadida uy-joy maydonlarini qoʻshimcha xatlovdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki boʻlgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan kvartiralar va boshqa begʻaraz beriladigan turarjoylarda yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taqdim etish uchun boʻsh turgan turarjoy boʻlmaganda, yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turarjoy bilan taʼminlash maqsadli transfert, jumladan budjet transferti ajratish hisobidan (keyingi oʻrinlarda maqsadli transfert deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maqsadli transfertlar miqdorini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun turarjoylarni sotib olishga maqsadli transfertlarni ajratish toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan bolaning yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moʻljallangan muassasada, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramogʻida boʻlishi tugayotgan yilning 1-iyuligacha belgilangan muddatlarda turarjoy ajratilmagan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maqsadli transfert Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi doirasida, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq turarjoy sotib olish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maqsadli transfertning eng yuqori miqdori turarjoy bilan taʼminlanmagan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning soniga va ular yashab turgan tuman (shahar) umumiy turarjoy maydonining 1 kvadrat metrining oʻrtacha bozor narxiga nisbatan uy-joy maydonining ijtimoiy normasini ishlab chiqish sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sotib olinadigan kvartiralarning oʻrtacha bozor narxini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 22-iyuldagi 155-son “Respublikaning tuman va shaharlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan takliflar tayyorlash boʻyicha idoralararo mintaqaviy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30 son, 283-modda) muvofiq tashkil etilgan Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan takliflar tayyorlash boʻyicha tegishli idoralararo mintaqaviy komissiyalar tomonidan aniqlangan baholar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Maqsadli transfertlar manbalari va berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maqsadli transfertlar birinchi navbatda tegishli tuman (shahar) hokimliklarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ular mavjud boʻlmaganida yoki yetishmaganida esa quyidagilar hisobidan ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili boshida hosil boʻlgan budjet mablagʻlarining erkin qoldiqlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili mobaynida budjetni ijro etish jarayonida boqimanda qarzlarni qisqartirish va soliqlarni yigʻishni oshirish hisobiga daromadlarning prognoz koʻrsatkichlaridan oshirib bajarilgan qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining tarmoq koʻrsatkichlari va shtat birliklarini maqbullashtirishga qaratilgan choralarni amalga oshirish natijasida budjet xarajatlari boʻyicha iqtisod qilingan mablagʻlar (alohida tadbirlar uchun rejalashtirilgan maqsadli budjet mablagʻlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuqorida koʻrsatilgan manbalar boʻyicha mablagʻlar boʻlmagan (etishmagan) hollarda tuman (shahar) hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan aynan bir xil turdagi manbalar hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida soʻrovnoma bilan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizomning 8-9-bandlarida koʻrsatilgan manbalar hisobidan mablagʻlar boʻlmagan (etishmagan) hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga respublika budjetidan maqsadli transfertlarni ajratishni soʻrab murojaat qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli transfert ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan takliflar tayyorlash boʻyicha tegishli idoralararo mintaqaviy komissiya xulosasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 8-9-bandlarida koʻrsatilgan mablagʻlarning yoʻqligini (etishmasligini) tasdiqlovchi tegishli hisob-kitoblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻrib chiqish va ijobiy hal etish qarorini qabul qilish natijalari boʻyicha respublika budjetidan tegishli quyi budjetga yuzaga keladigan budjetlararo munosabatlarni belgilangan tartibda hal etish orqali maqsadli transfertlar oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maqsadli transfertlar tuman (shahar) hokimliklari yoki ular vakolat bergan tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlinmalarida ochilgan maxsus shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga maqsadli transfert hisobiga turarjoy sotib olish belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimligi yoki u vakolat bergan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maqsadli transfert hisobiga sotib olingan turarjoylar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining maqsadli kommunal uy-joy fondiga kiritiladi hamda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Nazorat, hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish ajratilgan transfertlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ajratilayotgan maqsadli transfertlardan foydalanishning hisobini yuritish va hisobotini tuzish tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.