20.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2149
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2149]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 227-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-1, 3.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 437-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 8-noyabrdagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1638, 2006-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 451-modda) Adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 18-oktabrdagi 25/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 22-moddasiga muvofiq notarius stajyorining (keyingi oʻrinlarda stajyor deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Stajyor tomonidan notarius maqomiga ega boʻlishga tayyorlanish va uning kasbiy bilimlarini hamda koʻnikmalarini hosil qilish stajirovkaning asosiy vazifasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Stajirovka davlat notarial idorasida (keyingi oʻrinlarda notarial idora deb yuritiladi) oʻtaladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi stajyor boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar stajyor boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notarial idoralarda stajyorlar soni oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Bunga ish hajmi, kelgusida qoʻshimcha notariuslarga boʻlgan talab va ishdan boʻshab yoki boshqa ishga oʻtib ketayotgan notariuslar soni asos qilib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial idoralarda stajyorlar zaxirasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Stajirovka oʻtaganlar tegishli adliya boshqarmasi tomonidan alohida kitobda roʻyxatga olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Stajyorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan va notarial faoliyat boʻyicha yetarli tajribaga ega boʻlgan notarius tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Stajyor rahbari stajyorning stajirovka davrida notarial faoliyatga doir masalalarni oʻzlashtirib borishida masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Stajyorga rahbar etib yaqin qarindoshlar (ota-ona va bolalar, er-xotinlar) tayinlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Stajirovka oʻtalishini oʻrganish, umumlashtirish va nazorat qilish adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Stajirovka oʻtalishini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Stajyorni ishga qabul qilish adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Stajyorni ishga qabul qilishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tarjimai hol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mehnat daftarchasi, (birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻqish (avvalgi ish) joyidan tavsifnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqaro stajyorlikka qabul qilinishidan oldin adliya boshqarmasida suhbatdan oʻtadi, bunda uning tayyorgarligining umumiy darajasi va stajyorlikka qabul qilish uchun murojaat qilishga undagan sabablar aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Stajyorlikka qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan dastlabki kelishuvdan soʻng adliya boshqarmasi rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Ushbu buyruq bilan stajirovka rahbari ham tayinlanadi. Buyruq chiqarish uchun stajyor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mehnat shartnomasi (kontrakt) taraflar kelishuvi boʻyicha mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Stajirovkani tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Stajirovka oʻtalayotgan notarial idora stajyorning asosiy ish joyi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajyor ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlashga hamda shartnomalar tuzishda vositachilik xizmati koʻrsatishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Stajirovka oʻtash muddati kamida ikki yildir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddat (kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabilar bilan bogʻliq holda) ishda boʻlmagan vaqt stajirovka muddatiga qoʻshilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Adliya boshqarmasida har bir stajyorning shaxsiy ishi yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Stajyorning yoxud stajirovkaga rahbar notariusning uzoq muddat kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga (homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, ishdan ajralgan holda malaka oshirish kabilar) koʻra stajirovkaning maʼlum muddati oʻtalmay qolgan taqdirda, tegishli adliya boshqarmasi rahbarining buyrugʻiga koʻra stajirovka ana shu davrga uzaytirilishi yoki stajyor boshqa notarius huzurida stajirovka oʻtash uchun biriktirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Notarial idoralarda stajyorlar mehnatiga belgilangan tartibda adliya boshqarmasi tomonidan haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ish vaqti, mehnat taʼtili, ijtimoiy sugʻurta va boshqa mehnat qonunchiligiga oid masalalarda notariuslar uchun belgilangan qoidalar stajyorlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Adliya boshqarmasi rahbari tomonidan stajyorning oʻzlashtirishi lozim boʻlgan va notarial faoliyatga taalluqli boshqa masalalarni oʻzida mujassamlashtirgan stajirovka oʻtashning yillik rejasi tasdiqlanadi va ushbu reja asosida stajyorlar oʻz vazifalarini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Stajyorning notarial faoliyatni mukammal oʻrganishini taʼminlash maqsadida adliya boshqarmasi tomonidan ishi namunali boʻlgan va ayrim murakkab notarial harakatlarni rasmiylashtiradigan boshqa notarial idorada bir oydan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida stajirovka oʻtash tashkil qilinadi. Boshqa notarial idorada stajirovka oʻtalganligi toʻgʻrisida notarius tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuzilib, stajyorning rahbariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Stajyor oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajyor notarial faoliyat bilan mustaqil shugʻullanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Stajyorning vazifasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idorada ish yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik hisobotlarni tuzish va tahlil qilishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial amaliyotni umumlashtirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishlarini yuritishni oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Stajyor stajirovka oʻtash davrida stajirovka rahbarining topshiriqlari va bajargan ishlari toʻgʻrisida kundalik hisobotni yozib boradi. Kundalik hisobot har hafta oxirida stajirovka rahbari tomonidan tekshiriladi va imzolab boriladi, shuningdek, aniq mavzular boʻyicha stajyor bilan suhbatlar oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Stajirovka davrida stajyor notarial faoliyatning barcha yoʻnalishlaridagi sohalarda kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim. Bunda stajirovka rahbari stajyorga zarur maslahatlar va tushuntirishlar berishi, oʻrganish uchun zarur boʻlgan qonun hujjatlari va notarial amaliyotni tavsiya qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Stajirovka davrida stajyor notarial harakatlarning asosiy turlari boʻyicha har uch oy yakunida referat tayyorlaydi. Tayyorlangan referat stajirovka rahbariga topshiriladi va himoya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Stajirovka davrida stajyor quyidagilarni oʻzlashtirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariatga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial amaliyot va notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoasi va fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlarda mavjud boʻlgan axloqiy normalarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Stajyor xizmat vazifasini bajarish vaqtida, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganidan keyin ham notarial idorada amalga oshirilgan notarial harakatlardan unga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilmasligi lozim. Bu haqda stajyordan tegishli tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Stajyorga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Stajyorning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Stajyor stajirovkani oʻtash davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan amaliy mashgʻulotlarda qatnashishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni amalga oshirilishida ishtirok etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idorada mavjud boʻlgan huquqiy maʼlumotlar bazalaridan, maxsus adabiyotlardan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini turkumlashtirish, stajirovka rahbariga topshiriqlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va boshqa materiallar toʻplash bilan shugʻullanishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka rahbari bilan birgalikda notarial tasdiqlanishi lozim boʻlgan hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Stajyor stajirovkani oʻtash davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka rahbari va boshqa notariusning topshiriqlarini vijdonan, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan notarial harakatlar boʻyicha oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni sir saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoraning mehnat intizomiga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq stajyor boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Stajirovka yakunlarini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Stajyor stajirovka oʻtashning yillik rejalarini bajarib boʻlganidan keyin yozma hisobot tayyorlaydi, unda oʻzi tomonidan stajirovka rejalarini bajarishning yakunlari aks ettirilishi kerak. Hisobot stajirovka rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Stajyor rahbari ushbu yozma hisobot asosida stajyorga tavsifnoma tayyorlaydi va stajirovka yakuni boʻyicha xulosa tuzadi. Ushbu hujjatlarga notariusning imzosi hamda muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Stajyor rahbarining xulosasida quyidagilar bayon etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtalgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka rejasi bajarilganligi haqidagi maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorning stajirovka oʻtash davrida olgan amaliy koʻnikmalari va kasbiy bilim darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorning unga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi mahorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorning keyinchalik mustaqil ravishda notarius boʻlib ishlashga umumiy tayyorgarlik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorning stajirovka oʻtalgan davriga umumiy hisoboti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xulosa uch nusxada tuzilib adliya boshqarmasiga va stajyorga beriladi. Uchinchi nusxasi stajirovka oʻtalgan notarial idorada saqlash uchun qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Stajirovka natijalari boʻyicha stajyor adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga hisobot beradi va komissiya qaroriga asosan malaka imtihoniga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Stajirovka oʻtash natijasi toʻgʻrisidagi tavsifnoma va xulosa stajyorning malaka imtihonini topshirish haqidagi arizasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Stajyor bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor adliya boshqarmasiga stajyorlar qatoridan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor tomonidan notariusning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda notarial idoraning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor oʻz vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor qasddan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilganligi toʻgʻrisidagi sudning hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor stajyorlikka qabul qilinayotganda oʻzi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar taqdim etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtashning muddati tugaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasi (kontrakt) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham bekor qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Notarial idoralar belgilangan tartibda tegishli adliya boshqarmalariga stajirovka bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Adliya boshqarmasi har yil stajyorlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirib boradi va bu haqdagi maʼlumotni keyingi yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda; 2011-y., 40-son, 437-modda; 2013-y., 42-son, 566-modda; 2014-y., 24-son, 295-modda, 40-son, 500-modda; 2015-y., 19-son, 245-modda, 52-son, 652-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2149-7/0521-son, 11.05.2018-y., 10/18/2149-8/1194-son, 27.12.2018-y., 10/18/2149-9/2377-son; 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)