20.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2149
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2149]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 269-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-8, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2149-8/1194-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 8-noyabrdagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1638, 2006-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 451-modda) Adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 18-oktabrdagi 25/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 22-moddasiga muvofiq notarius stajyorining (keyingi oʻrinlarda stajyor deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Stajyor tomonidan notarius maqomiga ega boʻlishga tayyorlanish va uning kasbiy bilimlarini hamda koʻnikmalarini hosil qilish stajirovkaning asosiy vazifasidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Stajirovka yetarli ish sharoitiga (kompyuter vositalari, ish joyi va shu kabilar) ega boʻlgan notarial idorada oʻtaladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi stajyor boʻlishi mumkin. Bunda stajyorning stajirovkaning tugash muddatida yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta boʻlmasligi inobatga olinishi lozim.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar stajyor boʻlishi mumkin emas:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 568-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-9, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2149-9/2377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat notarial idoralarida stajyorlar soni oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Bunga ish hajmi, kelgusida qoʻshimcha notariuslarga boʻlgan talab va ishdan boʻshab yoki boshqa ishga oʻtib ketayotgan notariuslar soni asos qilib olinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idorasi notariusining stajyori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajyori Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi hududiy boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Notarial palataning hududiy boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob beradigan shaxslar orasidan tanlab olinadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Stajirovka oʻtaganlar tegishli adliya boshqarmasi va Notarial palataning hududiy boshqarmasi tomonidan alohida kitobda roʻyxatga olib boriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Stajyorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan va notarial faoliyat boʻyicha yetarli tajribaga ega boʻlgan notarius tayinlanadi. Bunda, navbat asosida va qoida tariqasida, bir notariusga bitta stajyor biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idorasi notariusi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius sifatida faoliyatini qayta tashkil etganda, stajirovka oʻtash muddati yakunlanmagan notarius stajyori stajirovka oʻtashni ushbu xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius rahbarligida davom ettiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Stajyor rahbari stajyorning stajirovka davrida notarial faoliyatga doir masalalarni oʻzlashtirib borishida masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Stajyorga rahbar etib yaqin qarindoshlar (ota-ona va bolalar, er-xotinlar) tayinlanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Stajirovka oʻtalishini oʻrganish, umumlashtirish va nazorat qilish adliya boshqarmasi va Notarial palataning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Stajirovka oʻtalishini rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat notarial idorasi notariusining stajyorini ishga qabul qilish tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajyorini ishga qabul qilish tegishliligi boʻyicha Notarial palataning hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat notarial idorasi notariusining stajyorligiga nomzod tomonidan tegishli hududdagi adliya boshqarmasiga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning stajyorligiga nomzod tomonidan esa, Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial palataning hududiy boshqarmasi nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlar nusxasini tavsiyanomaga ilova qilgan holda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan notarius stajyorini ishga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial palataning hududiy boshqarmasi notarius stajyorini ishga qabul qilishni rad etishiga asos nomzodning mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga mos kelmasligi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Stajyorni ishga qabul qilishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tarjimai hol;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish toʻgʻrisidagi guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(11-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mehnat daftarchasining ish joyidan yoki notarial tasdiqlangan nusxasi yoxud yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma;
(11-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) avvalgi ish joyidan tavsifnoma.
(11-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 314-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-2, 14.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 566-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Stajyorlikka qabul qilinadigan shaxs notarius, advokat, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi lavozimida ishlagan boʻlsa, uning ushbu lavozimlarda oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etmaganligini aniqlash maqsadida tegishli idoralardan maʼlumotlar olinadi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 568-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-9, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2149-9/2377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat notarial idorasi notarius stajyorini ishga qabul qilishda fuqaroning hujjatlari kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat notarial idorasiga stajyorlikka qabul qilish tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Ushbu buyruq bilan stajirovka rahbari ham tayinlanadi. Buyruq chiqarish uchun stajyor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajyorini ishga qabul qilish tegishliligi boʻyicha Notarial palataning hududiy boshqarmasining tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notariusning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Buyruq chiqarish uchun stajyor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asos boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mehnat shartnomasi (kontrakt) taraflar kelishuvi boʻyicha mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Stajirovkani tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Stajirovka oʻtalayotgan notarial idora stajyorning asosiy ish joyi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajyor ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlashga hamda shartnomalar tuzishda vositachilik xizmati koʻrsatishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Stajirovka oʻtash muddati bir yildir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddat (kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabilar bilan bogʻliq holda) ishda boʻlmagan vaqt stajirovka muddatiga qoʻshilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 568-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-9, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2149-9/2377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 568-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-9, 26.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2149-9/2377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat notarial idorasi notarius stajyorining shaxsiy ishi tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasida, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajyorining shaxsiy ishi esa, tegishliligi boʻyicha Notarial palataning hududiy boshqarmasida yuritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Stajyorning yoxud stajirovkaga rahbar notariusning uzoq muddat kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga (homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, ishdan ajralgan holda malaka oshirish, stajirovkaga rahbar notariusning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi kabilar) koʻra stajirovkaning maʼlum muddati oʻtalmay qolgan taqdirda, tegishli adliya boshqarmasi rahbarining buyrugʻiga yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasining tavsiyasiga koʻra stajirovka ana shu davrga uzaytirilishi yoki stajyor boshqa notarius huzurida stajirovka oʻtash uchun biriktirilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat notarial idoralarida stajyorlar mehnatiga belgilangan tartibda tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasi tomonidan haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajyorining mehnatiga unga rahbar etib tayinlangan notarius tomonidan haq toʻlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ish vaqti, mehnat taʼtili, ijtimoiy sugʻurta va boshqa mehnat qonunchiligiga oid masalalarda notariuslar uchun belgilangan qoidalar stajyorlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi rahbari tomonidan tegishliligi boʻyicha stajyorning oʻzlashtirishi lozim boʻlgan va notarial faoliyatga taalluqli boshqa masalalarni oʻzida mujassamlashtirgan stajirovka oʻtash rejasi (keyingi oʻrinlarda reja deb yuritiladi) tasdiqlanadi va ushbu reja asosida stajyorlar oʻz vazifalarini amalga oshiradi. Rejada fuqarolik va notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalarining toʻliq oʻrganilishi, shuningdek notarial tasdiqlanadigan yoki shahodatlanadigan hujjatlar loyihalari bilan ishlash masalalari hamda stajyorning kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishiga yoʻnaltirilgan tadbirlar nazarda tutilishi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Stajyor oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajyorni notarial faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajyor notarial faoliyat bilan mustaqil shugʻullanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Stajyorning vazifasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idorada ish yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik hisobotlarni tuzish va tahlil qilishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial amaliyotni umumlashtirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishlarini yuritishni oʻrganish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Stajyorning stajirovka oʻtash davrida amalga oshirgan ishlari hamda rejalarning bajarilishi yuzasidan tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi tomonidan har chorakda bir marta monitoring olib boriladi. Monitoring natijalari yuzasidan maʼlumotnoma tuziladi va tegishli tavsiyalar beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Stajirovka davrida stajyor notarial faoliyatning barcha yoʻnalishlaridagi sohalarda kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim. Bunda stajirovka rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorga rejada belgilangan tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq materiallardan, xususan oʻrganish uchun zarur boʻlgan qonun hujjatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejada nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi va sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorning siyosiy-huquqiy, fuqarolik va notariat sohasidagi umumiy bilim darajasini, shuningdek notarial amaliyot bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorga zarur maslahatlar va tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorning ish vaqtidan maqsadli foydalanilishini taʼminlaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Stajirovka davrida stajyor quyidagilarni oʻzlashtirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariatga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial amaliyot va notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoasi va fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlarda mavjud boʻlgan axloqiy normalarni.
Oldingi tahrirga qarang.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(282-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Stajyor xizmat vazifasini bajarish vaqtida, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganidan keyin ham notarial idorada amalga oshirilgan notarial harakatlardan unga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilmasligi lozim. Bu haqda stajyordan tegishli tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Stajyorga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Stajyorning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Stajyor stajirovkani oʻtash davrida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan amaliy mashgʻulotlarda qatnashishga;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni amalga oshirilishida ishtirok etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idorada mavjud boʻlgan huquqiy maʼlumotlar bazalaridan, maxsus adabiyotlardan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini turkumlashtirish, stajirovka rahbariga topshiriqlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va boshqa materiallar toʻplash bilan shugʻullanishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka rahbari bilan birgalikda notarial tasdiqlanishi lozim boʻlgan hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Stajyor stajirovkani oʻtash davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka rahbari va boshqa notariusning topshiriqlarini vijdonan, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan notarial harakatlar boʻyicha oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni sir saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoraning mehnat intizomiga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq stajyor boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bob Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Stajyor bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor adliya boshqarmasiga stajyorlar qatoridan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyorni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor tomonidan notariusning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda notarial idoraning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor oʻz vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor qasddan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilganligi toʻgʻrisidagi sudning hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor stajyorlikka qabul qilinayotganda oʻzi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar taqdim etgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 568-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-9, 26.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2149-9/2377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajyor Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtashning muddati tugaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasi (kontrakt) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham bekor qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 568-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-9, 26.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2149-9/2377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Adliya boshqarmasi va Notarial palataning hududiy boshqarmalari har yil stajyorlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirib boradi va bu haqdagi maʼlumotni keyingi yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-10, 04.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda; 2011-y., 40-son, 437-modda; 2013-y., 42-son, 566-modda; 2014-y., 24-son, 295-modda, 40-son, 500-modda; 2015-y., 19-son, 245-modda, 52-son, 652-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2149-7/0521-son, 11.05.2018-y., 10/18/2149-8/1194-son, 27.12.2018-y., 10/18/2149-9/2377-son; 04.09.2020-y., 10/20/2149-10/1261-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)