Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA “MAHALLA” XAYRIYA JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Tarixan tarkib topgan milliy va maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlash va izchil targʻib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va anʼanalarini keng ommalashtirish respublikaning mahallalari oʻrtasida madaniy va maʼrifiy ishlarni keng yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlash choralarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston aholisi koʻp sonli mahalla faollarining respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. “Mahalla” jamgʻarmasini roʻyxatga olish va uning faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan belgilab qoʻyilishi taʼkidlansin.
3. Yangi tashkil etilgan jamgʻarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilansin:
Oʻzbekiston aholisining tarixan tarkib topgan udum va anʼanalarini asrash va boyitishga har tomonlama koʻmaklashish;
kam taʼminlangan oilalar, nogironlar, yetimlarga va yolgʻiz qolgan qariyalarga nisbatan insonparvarlik va mehr-shafqat munosabatida boʻlish gʻoyalarini qilish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
bozor iqtisodiyoti sharoitida mahallalarni ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy rivojlantirishga koʻmaklashish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ichida “Mahalla” jamgʻarmasini tashkil qilish va bu jamgʻarmaning faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratish tadbirlarini belgilovchi qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-sentabr,
PF-472-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 11-son, 438-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)