Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fargʻona “Furan birikmalari kimyo zavodi” OAJ balansidagi profilaktoriya inshootini Fargʻona “Muruvvat” bolalar uyi balansiga oʻtkazish toʻgʻrisida
Fargʻona “Muruvvat” bolalar uyining shart-sharoitlarini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fargʻona viloyati hokimining Fargʻona shahri, Qashqar-qishloq koʻchasi, 9 “A” uy manzilida joylashgan davlat mulki hisoblangan profilaktoriya binosini tutash hududi bilan “Fargʻona furan birikmalari kimyoviy zavodi” OAJ balansidan Fargʻona “Muruvvat” bolalar uyi balansiga begʻaraz berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi belgilangan tartibda mazkur bino va unga tutash hududi bilan “Fargʻona furan birikmalari kimyoviy zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansidan Fargʻona “Muruvvat” bolalar uyi balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda “Muruvvat” bolalar uyining barcha bolalar kontingentini joylashtirishni hisobga olib, zarur hollarda homiylik mablagʻlarini jalb etgan holda, oʻtkazib berilayotgan binoni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni amalga oshirsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 13-martdagi 124-son qarorining 4-ilovasi 27-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Fargʻona viloyati hokimi A.A. Ataboyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 17-mart,
129-son