Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.03.2004 yildagi 143-son
Кучга кириш санаси
25.03.2004
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 25.03.2004 sanasi holatiga | Hujjat 22.02.2021 sanasi holatiga | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qarori | qarori | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
XOJA AHROR VALIY TAVALLUDINING 600 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA | XOJA AHROR VALIY TAVALLUDINING 600 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Buyuk Vatandoshimiz, oʻz davrida diyorimizda tinchlik va ahillikni qaror toptirishga, muqaddas islom dini, islom falsafasi rivojiga katta hissa qoʻshgan va boy maʼnaviy meros qoldirgan ulugʻ mutafakkir Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Buyuk Vatandoshimiz, oʻz davrida diyorimizda tinchlik va ahillikni qaror toptirishga, muqaddas islom dini, islom falsafasi rivojiga katta hissa qoʻshgan va boy maʼnaviy meros qoldirgan ulugʻ mutafakkir Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Amir Temur jamgʻarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. | 1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Amir Temur jamgʻarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 2. Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda: | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xoja Ahror Valiy asarlarining qoʻlyozmalari manbalarini keng, xolisona talqin va yondashuvlar asosida oʻrganish, allomaning hayoti va faoliyati haqidagi zamonaviy tadqiqotlarni toʻplash va nashr etish; | Xoja Ahror Valiy asarlarining qoʻlyozmalari manbalarini keng, xolisona talqin va yondashuvlar asosida oʻrganish, allomaning hayoti va faoliyati haqidagi zamonaviy tadqiqotlarni toʻplash va nashr etish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Samarqand shahrida “Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va maʼnaviyatida tutgan oʻrni” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin. | Samarqand shahrida “Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va maʼnaviyatida tutgan oʻrni” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. “Oʻzbekkino” milliy agentligiga allomaning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan tarixiy-hujjatli filmni suratga olish topshirilsin. | 4. “Oʻzbekkino” milliy agentligiga allomaning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan tarixiy-hujjatli filmni suratga olish topshirilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Madaniyat ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Xoja Ahror Valiyning Samarqand tumanidagi meʼmoriy majmuasini taʼmirlash va uning atrofini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin. | 5. Madaniyat ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Xoja Ahror Valiyning Samarqand tumanidagi meʼmoriy majmuasini taʼmirlash va uning atrofini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. “Oʻzbekturizm” kompaniyasiga Samarqand viloyati hokimligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda Xoja Ahror Valiy nomi bilan bogʻliq qadamjolarga yurtdoshlarimizning ziyoratlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin. | 6. “Oʻzbekturizm” kompaniyasiga Samarqand viloyati hokimligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda Xoja Ahror Valiy nomi bilan bogʻliq qadamjolarga yurtdoshlarimizning ziyoratlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi munosabati bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. | 7. Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi munosabati bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Z. Husniddinov zimmasiga yuklansin. | 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Z. Husniddinov zimmasiga yuklansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2004-yil 25-mart, | 2004-yil 25-mart, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
143-son | 143-son | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 143-son qaroriga ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 143-son qaroriga ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita | Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
TARKIBI | TARKIBI | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|