Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.09.2019 07.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2144
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.09.2019
Hujjat 08.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIZMAT MAJBURIYATLARINI BAJARAYOTGANDA HARBIY XIZMATCHILAR (HARBIY XIZMATGA MAJBURLAR) HALOK BOʻLGAN YOKI TAN JAROHATI OLGAN HOLDA BIR YOʻLA TOʻLANADIGAN NAFAQANI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 7-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2144]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 13-sentabrdagi 902-sonli “Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2144-2, 23.09.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-apreldagi 168-sonli qaroriga muvofiq va harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Q. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2010-yil 5-avgustdagi 430-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-apreldagi 168-sonli qaroriga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajarayotgan harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani (keyingi oʻrinlarda nafaqa deb yuritiladi) toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining quyidagi harbiy xizmatchilariga (harbiy xizmatga majburlarga) nisbatan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtayotganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervchilar sifatida harbiy xizmatni oʻtayotganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalarida kursant (tinglovchi) sifatida harbiy xizmatni oʻtayotganlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarayotganda halok boʻlgan holda, ularning oila aʼzolariga marhum pul taʼminotining 50 barobarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarayotganda tan jarohati olganda (yaralangan, jarohatlangan, kontuziyalangan) (keyingi oʻrinlarda tan jarohati deb yuritiladi), ularga nafaqa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir tan jarohati olganda — pul taʼminoti oylik maoshining 25 barobarigacha boʻlgan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganda — pul taʼminoti oylik maoshining 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Nafaqani toʻlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga yoki ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan nafaqa miqdori, ular halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan kuni ularning harbiy unvoni va lavozimi uchun belgilangan maoshdan tashkil topadigan pul taʼminotining miqdoridan, biror-bir koʻrinishdagi koʻpaytirish yoki oshirishlarsiz hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari) sifatida harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga yoki ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan nafaqa miqdori biror-bir koʻrinishdagi koʻpaytirish yoki oshirishlarsiz ular halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan kundagi ularning lavozim maoshidan kelib chiqib, harbiy xizmatni rezervchilar sifatida oʻtayotganlar va harbiy xizmatni safarbarlik chaqiruvi rezervida oʻtayotganlar uchun nafaqa miqdori esa, ularning harbiy unvoni va yigʻinda egallagan lavozimi uchun belgilangan maoshdan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tan jarohatining harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan boʻlgan sababiy bogʻlanish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) belgilangan tartibda harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 13-martdagi 213-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2144-1, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2144-1/2901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Halok boʻlish yoki tan jarohatining harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan boʻlgan sababiy bogʻlanish quyidagi hollarda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jangovar harakatlarda ishtirok etgan, xizmat majburiyatlarini ijro etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jangovar navbatchilikni (jangovar xizmatni) oʻtagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibi bilan belgilangan xizmat vaqti davomida yoxud bu xizmat zaruratidan kelib chiqqan boʻlib, harbiy qism hududida boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safari yoxud davolanishda boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat joyiga, davolanishga yoxud orqaga yoʻl bosgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy yigʻinlarda ishtirok etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asirga tushgan (oʻz ixtiyori bilan asir tushishdan tashqari), garovga olingan yoxud haydab ketilgan ahvolda boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bedarak ketganda — harbiy xizmatchi belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgunga yoxud vafot etgan deb eʼlon qilingunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik va huquqiy tartibotni taʼminlashda huquqni muhofaza qilish organlariga yordam bergan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yoʻlida sodir etilgan deb tan olingan boshqa xatti-harakatlarni bajargan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Harbiy xizmatchilar quyidagi hollarda xizmat majburiyatlarini bajargan deb eʼtirof etilmaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini koʻngilli ravishda giyohvand, spirtli yoki zaharli moddalardan mast holatga keltirgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikka oid qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz-oʻzini oʻldirgan yoxud oʻz-oʻzini oʻldirishga suiqasd qilgan boʻlsa, agar bunday harakatlar kasallik holati yoxud oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish tufayli sodir etilgan boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qism qarorgohidan tashqarida dam olishda, javob berishda yoxud taʼtilda yurganda, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan qism qarorgohidan tashqarida yoxud harbiy qism hududidan tashqarida belgilangan xizmat joylaridan tashqarida yurganda, bundan asirda boʻlgan, garovga olingan yoxud haydab ketilgan hollar, sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yoʻlida sodir etilgan, deb topilgan boshqa xatti-harakatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar harbiy xizmatchi mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida koʻzda tutilgan vaziyatda halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan boʻlsa, unga yoki uning oila aʼzolariga nafaqa toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nafaqani rasmiylashtirish va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nafaqa harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan harbiy xizmatchining xizmat joyi boʻyicha toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Halok boʻlish yoki ogʻir tan jarohati olishning vaziyat va sabablarini surishtirish uchun harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs qarori bilan maxsus komissiya tuziladi. Komissiya 15 sutka davomida halok boʻlish, ogʻir tan jarohati olishning vaziyat va sabablari yuzasidan surishtiruv ishlarini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda halok boʻlgan har bir holda yuqorida koʻrsatilgan Komissiyaga tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosining oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomasining nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Harbiy xizmatchi ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan holda, harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) qarori bilan baxtsiz hodisa boʻyicha surishtiruv oʻtkazuvchi maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tekshirish oʻtkaziladigan hodisaga aloqasi boʻlmagan shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli harbiy qismda nazorat olib boradigan Davlat texnik nazorat va xavfsizlik texnikasi organlari (keyingi oʻrinlarda — Davtexnazorat organlari deb yuritiladi) vakillari kiritiladi. Komissiya 5 sutka davomida tan jarohati yetishiga olib kelgan vaziyat va sabablar yuzasidan surishtiruv ishlarini oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv natijalariga koʻra, harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) uch kunlik muddat ichida harbiy-davolash muassasasiga tan jarohati olingan (yaralangan, shikast yegan, kontuziyalangan) vaziyat haqidagi maʼlumotnomani (keyingi oʻrinlarda maʼlumotnoma deb yuritiladi) mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq taqdim etadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 13-martdagi 213-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2144-1, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2144-1/2901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) hamda baxtsiz hodisa boʻyicha surishtiruv oʻtkazuvchi maxsus komissiya raisi maʼlumotnomada bayon etilgan maʼlumotlar ishonchli boʻlishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Harbiy xizmatchining davolanishi nihoyasiga yetgach, harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs qarori bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlari va muassasalarida jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiya deb yuritiladi) oʻz yigʻilishida harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan berilgan maʼlumotnomaning asosliligini oʻrganib chiqadi hamda tan jarohatining ogʻirlik darajasi va mehnat qobiliyati yoʻqotilgan vaqtga qarab joriy meʼyorlardan kelib chiqqan holda beriladigan nafaqa miqdori toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiya qarori harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va unga tenglashtirilgan mansabdor shaxs nafaqa toʻlash masalasi yuzasidan yakuniy qaror chiqarilishi uchun 5 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy apparatining doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda doimiy faoliyat yurituvchi komissiya deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda harbiy xizmatchi halok boʻlgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qism komandirining (muassasa boshligʻining) marhumni shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi halok boʻlgan sabablar va vaziyat yuzasidan oʻtkazilgan maxsus surishtiruv materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchining vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning tugʻilganligi haqida guvohnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiyasi yigʻilishining bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda harbiy xizmatchining badaniga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa puli yuzasidan bildirgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq harbiy shifokorlar komissiyasi maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tan jarohati olishning sabab va vaziyati yuzasidan oʻtkazilgan surishtiruv materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha komissiya yigʻilishining bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda huquqni muhofaza qilish va Davtexnazorat organlarining qarori (xulosasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining qarori bilan belgilanadi. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasining yigʻilishlari hujjatlar kelib tushishiga qarab, biroq bir oyda kamida bir bor oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy faoliyat yurituvchi komissiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va nafaqa miqdori yuzasidan yakuniy xulosa chiqaradi. Komissiya xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari — Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiyaning nafaqa miqdori yuzasidan chiqargan qarori tegishli harbiy qism komandiriga (muassasa boshligʻiga) yoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy faoliyat yurituvchi komissiya hujjatlarni qaytadan rasmiylashtirish uchun qaytarish, quyi pogʻonadagi komissiyalarning nafaqa miqdori yuzasidan chiqargan qarorlarini bekor qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Tibbiyot boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy shifokorlar komissiyasi harbiy shifokor komissiyalari tomonidan nafaqa olish uchun maʼlumotnomalar asosli va toʻgʻri berilishi ustidan nazorat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy shifokor muassasalarida mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq nafaqa olish uchun maʼlumotnoma berish hisobining jurnali yuritiladi, jurnal sahifalari raqamlangan, ipdan oʻtkazilgan, muhr bosilgan boʻlishi shart va doimiy saqlovdagi hujjat hisoblanadi. Berilgan maʼlumotnomalarning ikkinchi nusxalari alohida jildda, harbiy shifokor komissiyalari yigʻilishlarining bayonnomalar kitoblariga ilova sifatida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Harbiy qismlarda (muassasalarda) mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar va toʻlangan nafaqa summalari hisobining jurnali yuritiladi. Rasmiylashtirilgan materiallar va toʻlangan nafaqa summalari hisobining jurnali doimiy saqlovdagi hujjat hisoblanadi hamda sahifalari raqamlangan, ipdan oʻtkazilgan, muhr bosilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Baxtsiz hodisaning sabablari va holatlari yuzasidan surishtiruv natijalariga koʻra, nafaqani toʻlagan harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) aybdor shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda regress daʼvo qoʻzgʻatish choralarini koʻrishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismning
‎(muassasaning) burchak
‎muhri‎
‎ ‎

‎‎
‎Tan jarohati olingan (yaralangan, shikast yegan, kontuziyalangan) vaziyat haqida
‎MAʼLUMOTNOMA

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(harbiy unvoni, harbiy qism, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎20 ___ y. “___” _______ kuni _________________________________________

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(badanga yetgan shikast koʻrinishi, xususiyati hamda yaralangan, jarohatlangan joy va

__________________________________________________________________‎‎

kontuziyaning keng tus olib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun koʻrilgan choralar koʻrsatib oʻtiladi)

‎____________________________________ koʻrinishidagi tan jarohati oldi.
‎‎tan jarohati olingan vaziyat: ________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

tan jarohati olingan (yaralangan, shikast yegan, kontuziyalangan) vaziyat va sabablar koʻrsatib oʻtiladi: harbiy, xizmat majburiyatini, komandirning buyrugʻini, farmoyishini, harbiy xizmat majburiyatlarini, fuqarolik burchini bajarishda; harbiy, jismoniy mashgʻulotlarda; texnikani taʼmirlash va xizmat koʻrsatishda, qurilish, xoʻjalik va boshqa ishlarni bajarishda; OʻR QK umumharbiy nizomlari talablarining, buyruqlarning, nasihatlarning, qoʻllanma va yoʻriqnomalarning, jumladan texnika xavfsizligi boʻyicha talablarini buzishda; komandirning buyrugʻi, farmoyishi, xizmat topshirigʻini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan xizmatdan tashqari vaqtda; taʼtilda, qismni yoki xizmat oʻtayotgan joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab chiqqan vaqtda; spirtli ichimlik, giyohvand va shu kabi moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq vaziyatda)

‎‎Maʼlumotnoma _____________________________________________________

‎(ushbu maʼlumotnoma taqdim etiladigan muassasa yoki tashkilotning nomi)

__________________________________________________________________
‎_________________ga taqdim etish uchun berildi.
‎‎Baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv oʻtkazgan maxsus komissiya raisi

‎‎Komandir (boshliq) ________________________________________________

(imzo, familiyasi hamda ismi va otasining ismi)‎

M.Oʻ.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎KOMANDIRGA (BOSHLIQQA)

‎______________________________________________________________

‎‎OʻR MV tasarrufidagi harbiy qism, muassasa, tashkilotning shartli nomi


‎‎‎Bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa puli yuzasidan
‎BILDIRGI

Menga, 20___ y. “___” _______________ kuni olingan ogʻir (oʻrtacha ogʻir) shikast uchun bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa puli toʻlab ____________________

__________________________________________________________________‎‎

‎‎(jarohatning keraksiz darajasi ustidan chiziq tortiladi)

‎‎berilishi borasida koʻrsatmalar berishingizni soʻrayman.
‎‎Bildiruvga ______________________________________________ tomonidan

‎(harbiy shifokorlar komissiyasining nomi)

‎‎20___ y. “___” ______________ kuni ________ — raqam bilan rasmiylashtirib berilgan maʼlumotnomani ilova qilmoqdaman.


‎‎‎______________________________________________________‎

‎‎(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, imzosi,
‎familiyasi, ismi va otasining ismi)‎

20___ y. “___” _______

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Harbiy-davolash muassasasi,
‎harbiy shifokorlar komissiyasining
‎burchak muhri ‎

‎ ‎

‎‎Harbiy shifokorlar komissiyasi
‎MAʼLUMOTNOMASI

‎‎_____________________________________________________ ga, u haqiqatan

(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismi)
‎‎ham harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida 20__ y. “__”____kuni
__________________________________________________________________

‎‎ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(badanga yetgan shikast xususiyati hamda yaralangan, jarohatlangan joy va kontuziyaning

__________________________________________________________________

‎‎keng tus olib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun koʻrilgan choralar koʻrsatib oʻtiladi)

‎tan jarohati olganligi bois 20___ y. “____” _____________________ dan

‎‎20__ y. “___” _______ ga qadar ______________________________________
‎‎__________________________________________________________________

(harbiy-davolash muassasasining nomi koʻrsatiladi)

‎‎_____________________________________da davolanganligi uchun berildi.

Maʼlumotnoma bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa olish uchun quyidagi hujjatlarga asosan berildi:‎

1. 20___ y. “___” ________ dagi ________ — raqamli, harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan surishtiruv materiallari asosida berilgan tan jarohati olingan (yaralangan, shikast yegan, kontuziyalangan) vaziyat haqida maʼlumotnoma;‎

2. Sud-tibbiy ekspertizasining 20___ y. “___” _______________ dagi ______— raqamli dalolatnomasi (xulosasi);‎

3. 20___ y. “___” ______________ dagi ______ — raqamli kasallik tarixi (HSHK varaqalari). ‎

‎
‎
‎

‎‎__________________________________________

‎

‎‎(harbiy shifokorlar komissiyasi raisining harbiy unvoni,
‎imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.‎

__________________________________________‎‎

‎

(harbiy shifokorlar komissiyasi kotibining harbiy unvoni,
‎imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa olish uchun maʼlumotnoma berish hisobining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Familiyasi, ismi, otasining ismi‎ Harbiy unvoni‎ Tugʻilgan yili‎ Harbiy qism (muassasa) ‎ Davolanish muddati: __ dan __ ga qadar. Shundan soʻng xizmat majburiyatlarini bajarishdan necha sutkaga ozod etilganligi (taʼtil berilganligi) ‎ Harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomaning raqami va sanasi‎ HSHK bayonnomasining raqami va sanasi‎ Maʼlumotnomani olgan shaxsning harbiy unvoni, imzosi hamda familiyasi, ismi va otasining ismi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiylashtirilgan materiallar va toʻlangan nafaqa summalari hisobining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi va xizmat joyi Murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda harbiy xizmatchiga qarindoshligi‎‏ Tan jarohati olingan sana, joy, sabab va shikast darajasi Maʼlumotnoma sanasi va raqami, maʼlumotnomani bergan harbiy qismning (muassasaning) nomi Harbiy xizmatchi halok boʻlgan sana, joy va sabab‎ Qism shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqning raqami va sanasi‎ Summa ‎ Izoh‎
halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan kundagi belgilangan pul taʼminotining summasi‎ pul jurnalining moddasi boʻyicha toʻlangan nafaqa summasi, jurnalning raqami va sanasi ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 353-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2144-1/2901-son)