Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
MEHNAT DAFTARChALARINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 402-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 291-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan 1998-yil 7-yanvarda 8/04-01, 32/01-son bilan tasdiqlangan Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 402, 1998-yil 29-yanvar) 2.12-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining nomlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 291-modda) bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga asosan koʻrsatiladi”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-sentabr,
167-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 10-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 346-modda)