Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“SIYOSIY PARTIYALARNI MOLIYALAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) oʻz qarorlarini “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari hamda bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-aprel,
618-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 249-modda)