30.04.2004 yildagi 617-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.05.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SIYOSIY PARTIYALARNI MOLIYALAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun, “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish va aʼzolik badallari, agar siyosiy partiyaning ustavida bunday badallar toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan ushbu Qonunga muvofiq beriladigan xayriya yordami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniylik, ochiqlik, oshkoralik va siyosiy partiyalarning teng huquqliligi siyosiy partiyalarni moliyalashtirishning asosiy prinsiplaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning barcha uchun ochiqligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mazkur partiyalar aʼzolari va jamoatchilik uchun ochiqligi siyosiy partiyalarning oʻzi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatining moliyalashtirilishi hajmi va manbalari haqida axborot eʼlon qilib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Siyosiy partiyalarning moliyaviy va boshqa mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar moliyaviy va boshqa mablagʻlardan qonunda hamda ustavlarida nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanadi. Bu mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning mol-mulki va pul mablagʻlari siyosiy partiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarga, ularning muassasalari va tashkilotlariga bank muassasalarida bittadan ortiq hisob-kitob varagʻiga, shuningdek chet el banklarida hisobvaraqlarga ega boʻlish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylov yakunlari boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiya fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik oʻrinlarini olgan boʻlsa, oʻzining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlarini olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining yillik hajmi shu mablagʻlarni ajratish moʻljallanayotgan yildan oldingi yilning 1-yanvaridagi holatga koʻra belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soniga koʻpaytmasi miqdorida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan davlat mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik palatasiga oxirgi saylovning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan aniqlangan natijalari asosida bu mablagʻlarni olish huquqiga ega boʻlgan siyosiy partiyalar oʻrtasida ularning Qonunchilik palatasida olgan deputatlik oʻrinlari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishini davlat tomonidan moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan tartibda faqat ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalarni saylovda boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish va moddiy jihatdan oʻzgacha tarzda qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining bir deputatlikka nomzod hisobiga toʻgʻri keladigan miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlari shu partiyadan Qonunchilik palatasi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlar roʻyxatga olingandan keyin roʻyxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisob-kitob varagʻiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasiga saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari siyosiy partiya tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi koʻrgazmali tashviqot vositalarini nashr qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning televideniye, radio orqali va boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari va bevosita saylov okrugida saylovoldi tashviqotini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov kampaniyasini oʻtkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari boʻyicha siyosiy partiya fraksiya tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik oʻrinlarini ololmagan boʻlsa, siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari mazkur partiyaning boshqa manbalardan olgan mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalarining faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalarining faoliyatini tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa tarzda taʼminlash uchun ajratiladigan davlat mablagʻlari Qonunchilik palatasining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Davlat tomonidan moliyalashtirish manbai va uni ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish manbai Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlari siyosiy partiyalarning hisob-kitob varaqlariga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya yili uchun ajratilgan, lekin shu yil mobaynida siyosiy partiya tomonidan foydalanilmagan davlat mablagʻlari moliya yili tugaganidan keyin bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya davlat mablagʻlarini olishdan voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Siyosiy partiyani davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyani davlat tomonidan moliyalashtirish partiya faoliyati toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan taqdirda toʻxtatib turiladi yoxud tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya ustav faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki tugatish uchun quyidagilar ham asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda siyosiy partiyaning qayta tashkil etilganligi (boshqa siyosiy partiyalarga qoʻshib yuborish va qoʻshib olish bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 16 va 17-moddalarida nazarda tutilgan talablarning siyosiy partiya tomonidan bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya davlat mablagʻlaridan belgilanmagan maqsadda foydalanganligi, shu jumladan ustavda nazarda tutilgan faoliyati uchun ajratilgan mablagʻlardan saylovda ishtirok etishni moliyalashtirish uchun foydalanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya ustav faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilganda siyosiy partiyaning huquqiy vorisi davlat tomonidan moliyalashtirilish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Siyosiy partiyalarga beriladigan xayriya yordami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Siyosiy partiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolaridan xayriya yordami olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya xayriya yordamini faqat Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va fuqarolaridan pul shaklida hamda mol-mulk berish, xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish tarzida va faqat ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan xayriya yordami berish ixtiyoriy ravishda va ularning faqat oʻz mablagʻlaridan amalga oshiriladi, ushbu Qonun 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan manbalardan olinadigan mablagʻlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan cheklashlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xodimlari sifatida oladigan ish haqiga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya xayriya yordamini qabul qilishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan beriladigan xayriya yordami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasining bir yuridik shaxsidan bir yil mobaynida olgan xayriya yordami summasi xayriya yordami berilgan yilning 1-yanvaridagi holatga koʻra belgilangan eng kam ish haqining besh ming baravaridan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi siyosiy partiyaga pul mablagʻlari shaklidagi xayriya yordamini berishda uni siyosiy partiyaning hisob-kitob varagʻiga yuridik shaxslar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblar qoidalarida nazarda tutilgan rekvizitlarni koʻrsatgan holda oʻtkazadi va toʻlov topshiriqnomasida ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan xayriya yordami berishga cheklashlar yoʻqligi haqida belgi qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xayriya yordami, agar u ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan summadan ortiqroq boʻlsa, olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida siyosiy partiya xayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, davlat daromadiga oʻtkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan beriladigan xayriya yordami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasining bir fuqarosidan bir yil mobaynida olgan xayriya yordami summasi xayriya yordami berilgan yilning 1-yanvaridagi holatga koʻra belgilangan eng kam ish haqining besh yuz baravaridan oshmasligi lozim. Ushbu cheklash siyosiy partiya aʼzolari partiya ustaviga asosan toʻlaydigan aʼzolik badallariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi siyosiy partiyaga pul mablagʻlari shaklidagi xayriya yordamini berishda uni siyosiy partiyaning hisob-kitob varagʻiga shaxsan, pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni taqdim etgan hamda toʻlov topshiriqnomasida yoxud pul joʻnatmasida familiyasi, ismi, otasining ismi va pasportiga oid maʼlumotlarni koʻrsatgan holda oʻz mablagʻlaridan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xayriya yordami, agar u ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan summadan ortiqroq boʻlsa, olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida siyosiy partiya xayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, davlat daromadiga oʻtkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Siyosiy partiyalarga xayriya yordami berishdagi cheklashlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarga pul mablagʻlari shaklidagi, mol-mulk berish, xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish tariqasidagi (shu jumladan grantlar ajratish, texnik yordam koʻrsatish, safarlar bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida oʻtkaziladigan treninglar, seminarlar, konferensiyalar bilan bogʻliq xarajatlarga haq toʻlash orqali) xayriya yordami quyidagilar tomonidan berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, diniy tashkilotlar va nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi koʻrsatilgan shaxslar tomonidan siyosiy partiyalarga pul mablagʻlari shaklida, mol-mulk berish, xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish tarzida xayriya yordami berilishiga ham yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xayriya yordami olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida xayriya yordami beruvchiga qaytarilishi, qaytarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Siyosiy partiyalarning moliyaviy hisobdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda moliyaviy hamda buxgalteriya hisobdorligini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya har yili qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda hamda tartibda moliya organlariga, davlat soliq xizmati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligiga hisobot davrida olingan hamda sarflangan moliyaviy va boshqa mablagʻlar toʻgʻrisida moliyaviy hisobot taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotida siyosiy partiyaning hisob-kitob varagʻiga hisobot davrida kelib tushgan mablagʻlarning manbalari va miqdorlari toʻgʻrisidagi, shu mablagʻlarning sarflanishi haqidagi, siyosiy partiyaning qiymati ham koʻrsatilgan mol-mulki toʻgʻrisidagi, shuningdek mazkur partiyaning davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolaridan xayriya yordami pul mablagʻlaridan boshqa shaklda olingan taqdirda, siyosiy partiya uni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq pul ifodasida baholaydi va tegishli maʼlumotlarni, shu jumladan xayriya yordami beruvchi haqidagi maʼlumotlarni siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotida davlat mablagʻlarining kelib tushishi va sarflanishi alohida qismda nazarda tutiladi. Bunda siyosiy partiya tomonidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish uchun sarflangan mablagʻlar alohida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Siyosiy partiyalarning moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisobotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar har yili barchaning eʼtibori uchun oʻz budjetlarini eʼlon qiladi va oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning hisobotiga uning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini va ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun hisobot yilida partiyaning hisob-kitob varagʻiga kelib tushgan hamda sarflangan davlat mablagʻlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Hisob palatasi va Adliya vazirligining xulosasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti ommaviy axborot vositalari va manfaatdor tashkilotlarning vakillari taklif etilgan holda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda siyosiy partiyalar tomonidan sarflanishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishini hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishini tekshirish Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida oʻndan bir qismidan iborat deputatlar guruhining murojaatiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish masalalari yuzasidan davlat organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya oʻz faoliyatining moliyalashtirilishi masalalari yuzasidan tegishli davlat organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
617–II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 248-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)