Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jizzax viloyati sugʻoriladigan yerlariga Arnasay pastkamligidan suv yetkazib berishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Arnasay majmuasining 600 mln kub metr suv sigʻimiga ega boʻlgan suv ombori va boshqa zarur inshootlarini qurishning birinchi navbati yakunlanganligini hisobga olib, yaratilgan salohiyatdan toʻliq foydalanish, 2003-yil vegetatsiya davrida Mirzachoʻl va Arnasay tumanlaridagi 37 ming gektar sugʻoriladigan yerlarni suv bilan taʼminlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Arnasoy majmuasi qurilishining suv ombori, ikkita toʻgʻon, himoya dambalari, inshootlarga ega kirish va mashina kanallari, 2 ta nasos stansiyasi, elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar va boshqa obyektlardan iborat 1-navbati qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Doʻstlik shahrida Arnasoy majmuasi nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi va Jizzax viloyati Arnasoy tumani Oltin koʻprik shaharchasida Arnasoy suv omboridan foydalanish boshqarmasini tashkil etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi uchun asosli hisob-kitoblarga asosan qoʻshimcha ekspluatatsiya xodimlari uchun mablagʻ, joriy va kapital taʼmirlash ishlari, texnikalar, mexanizmlar, jihozlar va aloqa vositalari sotib olish uchun mablagʻ ajratsin. Bu mablagʻlar 2003-yilda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida taʼminlansin.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.X. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-fevral,
91-son