20.09.2010 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDA AKADEMIK LITSEY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli yoshlarning bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, sanoatning yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarining malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, aniq fanlar va ingliz tili boʻyicha chuqurlashtirilgan, kasbiy yoʻnaltirilgan taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining 2010/2011 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida aniq fanlar va ingliz tili chuqur oʻqitiladigan akademik litsey tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyda oʻqitishni davlat taʼlim standartlariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyning pedagogik kadrlari tarkibini tanlov asosida malakali, chuqur kasbiy bilimga, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar bilan toʻldirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyni zarur oʻquv-laboratoriya jihozlari va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi jihozlari, axborot resurs markazi fondi va zarur jihozlar bilan taʼminlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda 2010/2011 oʻquv yilidan boshlab Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyni saqlash xarajatlari uchun zarur mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 330-modda)