1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish, sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilar tayyorlash, trenerlar va mutaxassislar mehnatini ularning tarbiyalanuvchilari yuqori sport natijalarga erishganligi uchun ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PQ-1332-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasidagi sport maktablari asosiy faoliyati bolalar, oʻsmirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etishga, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasalari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, jamoat tashkilotlari va sport federatsiyalarining respublikaning har bir tumanida (shahrida) tegishli moddiy-texnika bazasiga ega boʻlgan, sport turlari boʻyicha yuqori malakali trenerlar va mutaxassislar bilan butlangan kamida bitta sport maktabi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash haqidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi quyidagilarni taʼminlasinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-noyabrgacha, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublikada faoliyat koʻrsatayotgan Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabdan tashqari barcha tipdagi sport-taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini va tegishli trener kadrlar bilan butlanganligini xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar tayyorlashni yanada samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida 2010-yil 1-dekabrgacha sport obyektlari va maktablarini qayta tashkil etish yoʻli bilan sport maktablari tarmogʻini maqbullashtirish va faoliyatini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablarini sport boʻyicha tayyorgarlikning zamonaviy metodikalari va texnologiyalarini egallagan malakali trener kadrlar va mutaxassislar bilan bosqichma-bosqich butlash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi 2010-yil 15-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasalari faoliyatini tartibga solish va samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablari, birinchi navbatda, zarur moddiy-texnika bazasiga ega boʻlmagan qishloq tumanlaridagi sport maktablari uchun sport obyektlari va inshootlar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni keyingi yillarda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining manzilli dasturlariga kiritishga doir takliflarni kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Nizom 2011-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, belgilangan tartibda, ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda sport maktablarining namunaviy shtatlarini hamda Sport maktablarining oʻquvchi-sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-taʼlim muassasalari xodimlarining malaka tavsiflarini va ularga qoʻyiladigan lavozim talablarini, shuningdek Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-taʼlim muassasalarida sportchilar tayyorlash oʻquv dasturlarining namunaviy rejasini tasdiqlasinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari va oʻquv yurtlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashni muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 19-fevraldagi 65-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, belgilangan tartibda, bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablarini (keyingi oʻrinlarda sport maktablari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sport maktablari asosiy faoliyati bolalar, oʻsmirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etishga, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini tashkil etishga, shuningdek sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligi mutaxassislari oʻrtasida kasbiy tajribani almashishga yoʻnaltirilgan maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasalari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sport maktablari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport maktablari yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, Moliya vazirligining Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamlariga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, burchakli shtampga, oʻz nomi yozilgan blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sport maktabi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sport maktablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sport maktabi davlat muassasasi hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sport maktabi ham sportning faqat bitta turini, ham sportning bir necha har xil turlarini rivojlantirish uchun tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sport maktabida sport turlari boʻyicha boʻlimlar soni uning muassisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sport maktablarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sport maktabida oʻquvchi-sportchilar tayyorlash sifati yuzasidan davlat nazorati belgilangan tartibda attestatsiya oʻtkazish yoʻli bilan vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sport maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar sport maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar, oʻsmirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ular oʻrtasida ularning sogʻligʻini mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy kamol topishiga va sogʻlom turmush tarziga ehtiyojni shakllantirishga yoʻnaltirilgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport va tarbiyaviy ishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar, oʻsmirlarda sport bilan shugʻullanish qobiliyatlarini aniqlash va ularni sportning ayrim turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan mashgʻulotlarga jalb qilish, ularda barqaror qiziqishni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur zamonaviy moddiy-texnika bazasi yaratish hamda jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, sport zaxirasi va sport turlari boʻyicha yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash yuzasidan oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoalari uchun oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng yangi usullarini qoʻllagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tayyorgarligi bosqichlarida barcha yosh guruhlari boʻyicha maktablarining oʻquvchi-sportchilarini oʻqitish usullari va shakllarining uzviyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba almashish masalalari boʻyicha har xil sport tashkilotlari va federatsiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, oʻquvchi-sportchilarning sport mahoratini, shuningdek sport turlari boʻyicha trenerlar va boshqa mutaxassislarning kasb malakasini oshirish, mamlakat yoshlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun sport maktabi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining holatida tibbiy nuqsonlar va cheklanishlari boʻlmagan bolalar hamda oʻsmirlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etilishini tashkil etadi, qobiliyatli va istiqbolli oʻquvchi-sportchilarga ularning sportda yanada kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda sport zaxirasi hamda yuqori mahoratli sportchilarni tanlash va tayyorlashni ilmiy-metodik va tibbiy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning barcha bosqichlarida ishlab chiqilgan oʻquvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq oʻquv-mashq jarayoni tashkil qilinishi va oʻtkazilishini, unga ilgʻor ilmiy texnologiyalar va metodikalar joriy etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq jarayoni natijalarini, oʻquvchi-sportchilarning jismoniy sifatlari rivojlanishining yakka tartibdagi koʻrsatkichlari oʻsishini, sport turi texnikasining asoslari oʻzlashtirilishi darajasini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchilarning oʻquv-mashq yigʻinlarida, tuman, shahar, respublika va xalqaro sport tadbirlarida qatnashishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qobiliyatli oʻquvchi-sportchilarga ularning keyinchalik sport yoʻnalishidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchilar, sport maktablarining trenerlari va boshqa mutaxassislarining sport musobaqalari, chempionatlar, kuboklar, turnirlar, festivallar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, yigʻinlar va boshqa ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, shu jumladan xalqaro tadbirlarda qatnashishi orqali ularning sport mahorati va malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sport maktabining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sport maktabi belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turi (turlari), shuningdek sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha boʻlimlar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tayyorgarligining har bir bosqichida oʻquvchi-sportchilarning yakka tartibda oʻqishi davomiyligini belgilash hamda tayyorlash davri va bosqichiga qarab oʻquv-mashq ishlarining haftalik rejimini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va tarbiyaning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakli, vositalari va usullarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻz faoliyati ixtisosiga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasida pulli xizmatlar koʻrsatish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlash miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun sport maktabiga biriktirilgan moddiy-texnika bazasi va mol-mulkni tasarruf etish.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sport maktabi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, xodimlar va oʻquvchi-sportchilar tomonidan oʻz majburiyatlari, oʻquv dasturlari va topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari boʻyicha tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida maktabning yillik oʻquv rejasini, oʻquv jadvalini va oʻquv-mashq jadvalini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari boʻyicha dasturlar talablariga va oʻquv rejalariga muvofiq oʻquv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq jarayoni oʻtkazilayotgan davrda oʻquvchi-sportchilar va sport maktabi xodimlarining xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini joriy nazorat qilish, oʻquvchi-sportchilarni test sinovidan oʻtkazish va ularning nazorat normativlari topshirishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabining moddiy-texnika bazasi va mol-mulkining saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sport maktabi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq jarayonining qoʻllaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining oʻquvchi-sportchilarning psixofizik yosh xususiyatlariga, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchilar va xodimlarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sport maktablari faoliyati
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sogʻligʻining holatida tibbiy nuqsonlari va cheklanishlari boʻlmagan bolalar va oʻsmirlarda sport bilan shugʻullanish, maktabga kirish va oʻqish uchun teng sharoitlar yaratadi, sport va jismoniy tayyorgarlikni amalga oshiradi, jismoniy va sport vositalari bilan shugʻullanuvchilarning sogʻligʻini mustahkamlaydi, tanlangan sport turi boʻyicha ularning qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport-sogʻlomlashtirish guruhlari, boshlangʻich tayyorgarlik guruhlari va oʻquv-mashq guruhlari bilan oʻquv-mashq jarayonini amalga oshiradi. Oʻquv-mashq guruhlari boshlangʻich tayyorgarlikning toʻrtta guruhiga bitta oʻquv-mashq guruhi hisobidan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabiga qabul qilingan oʻquvchi-sportchilar soni bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ishining asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi bitiruvchilarining keyinchalik ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabida oʻqishini tashkil etish (taʼminlash) uchun shart-sharoitlar mavjud boʻlmagan taqdirda (shu jumladan mintaqada sport turi boʻyicha sport maktabi mavjud emasligi tufayli), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda muassisning qarori bilan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportda kamolotga erishish guruhlari tashkil etilishi mumkin. Oʻquvchi-sportchilarning tegishli kontingenti – Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblariga nomzodlar, malakali trener-oʻqituvchilar tarkibi va oʻquv-mashq ishlari rejimini bajarish imkonini beradigan moddiy-texnika bazasi mavjud boʻlishi buning zarur sharti hisoblanadi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hamda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi Oʻzbekiston Respublikasining va hududlar sport terma jamoalari tarkiblarini toʻldirishga qodir boʻlgan yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydi. Bu – maktab faoliyati darajasining asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hamda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi oʻquv-mashq guruhlari, sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlari tuzadi. Mintaqada sportning ushbu turlari boʻyicha bolalar va oʻsmirlar sport maktabi mavjud boʻlmagan ayrim hollarda ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hamda olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda boshlangʻich tayyorgarlik guruhlari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi toʻrtta yoʻnalish boʻyicha tuziladi — sportning oʻyin turlari va yengil atletika, suv sporti turlari, yakka kurash va gimnastika.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oliy sport mahorati maktabi faoliyati sport turlari boʻyicha eng yangi jahon ilmiy-metodik tavsiyalari va texnologiyalarini qoʻllagan holda kuchli sportchilarni — respublika terma jamoalariga nomzodlarni va ularning eng yaqin rezervlarini, sportning oʻyin turlari boʻyicha oliy va birinchi ligalar ustalari komandalariga tanlash va tayyorlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalariga tayyorlangan nomzodlar soni, shuningdek maktab oʻquvchi-sportchilarining respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishi natijalari oliy sport mahorati maktabi faoliyati darajasining asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sport mahorati maktabi oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish bilan birgalikda sportning tegishli turlari boʻyicha sportchilar tayyorlash yuzasidan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi hamda ular faoliyatini axborotlar bilan taʼminlaydi, belgilangan tartibda sportchilar, trener-oʻqituvchilar va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika oliy sport mahorati maktabida oʻquvchi-sportchilarni koʻp yillik sportga tayyorlashni tashkil etish barcha bosqichlarda quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli belgilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“+” – asosiy funksiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“*” – zaruriyat boʻlganda hamda zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud boʻlganda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sport maktabi sogʻligʻining holatida cheklanishlari va sport bilan shugʻullanish uchun tibbiy nuqsonlari boʻlmagan bolalar, oʻsmirlar va yoshlarga, shuningdek Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda imkoniyati cheklangan bolalar, oʻsmirlar va yoshlarga oʻqishga kirish va oʻqish uchun teng sharoitlar yaratilgan holda ular bilan toʻldiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktablariga, jinsi, tili, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashgʻuloti turi, ijtimoiy mavqeyi, yashash joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaganligidan qatʼi nazar, oʻgʻil bolalar va qizlar (yosh yigitlar va qizlar) qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻquvchi-sportchilarni sport maktabiga qabul qilish, belgilangan tartibda, oʻqishga kirayotganning arizasi va ota-onalarning (yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning) yozma roziligi asosida, yashash joyi boʻyicha davolash muassasasi tomonidan berilgan oʻqishga kirayotganning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma va boshqa zarur hujjatlar mavjud boʻlganda sport maktabi direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tayyorgarlik bosqichlariga va sport turlariga koʻra sport maktabiga qabul qilish uchun oʻquvchi-sportchilarning eng kichik yoshini belgilaydigan normativlar, belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktabi oʻquvchi-sportchilarini qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlatish va oʻqishni tiklash tartibi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sport maktabi oʻquvchi-sportchilari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq trener-oʻqituvchi rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtish, oʻquv-mashq jarayonida va sport musobaqalarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabi tomonidan belgilangan tartibda sport maktabining axborot resurslari, jismoniy tarbiya-sport inshootlari, sport jihozlari va anjomlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda sport jihozlari, yakka tartibda foydalaniladigan sport formasi va kiyim-bosh olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq mashgʻulotlari va musobaqalar jarayonida xavfsiz shart-sharoitlarga ega boʻlish va sogʻligʻini saqlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishni boshqa sport-taʼlim muassasalariga koʻchirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sport maktabining oʻquvchi-sportchilari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining nazariy, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirish, sport mahoratini oʻstirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi va guruhli mashgʻulotlarning oʻquv rejalari va dasturlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport rejimi va gigiyenik talablarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-oʻqituvchilar va boshqa oʻquvchi-sportchilarning shaʼni va shaxsiy qadr-qimmatini hurmat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, sport maktabining ichki tartibiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vrach nazorati talablariga qatʼiy rioya qilish, muntazam ravishda, 6 oyda kamida bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sport maktabi oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun va oʻz faoliyati yoʻnalishlariga muvofiq boʻlimlar ochadi va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport bilan shugʻullanishni xohlaydigan bolalar va oʻsmirlardan sport-sogʻlomlashtirish guruhlari va boshlangʻich tayyorgarlik guruhlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich tayyorgarlik guruhlarida kamida bir yil zarur sport tayyorgarligidan oʻtgan hamda oʻquv dasturlarida belgilangan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha qabul uchun normativ talablarni bajargan iqtidorli va sport bilan shugʻullanishga qodir boʻlgan bolalar va oʻsmirlardan oʻquv-mashq guruhlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq guruhlarida tayyorgarlik bosqichidan oʻtgan hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha qabul uchun normativ talablarni bajargan va tegishli sport razryadiga ega boʻlgan sportchilardan sportda kamolotga erishish guruhlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda kamolotga erishish guruhlarida tayyorgarlik bosqichidan oʻtgan, tegishli sport razryadiga ega boʻlgan hamda mintaqa yoki respublika terma jamoalarining asosiy tarkibiga yoki stajyorlari tarkibiga qabul qilish uchun qoʻyiladigan talablarga javob beradigan va sportda barqaror yuqori natijalar koʻrsatadigan sportchilardan oliy sport mahorati guruhlarini toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tayyorgarlik bosqichlari va sport turlariga koʻra sport maktabi oʻquv guruhlarining eng kam sonini va ularda shugʻullanadiganlar sonini (oʻquv guruhining toʻliqligini) belgilaydigan normativlar, shuningdek tayyorgarlik bosqichlari boʻyicha oʻquvchi-sportchilarning sport mahorati darajasiga qoʻyiladigan talablar belgilangan tartibda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻquvchi-sportchilarning roʻyxatdagi tarkibi va sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha sport maktabi oʻquv guruhlari soni har yili (oʻquv yili boshlangunga qadar) sport maktabi direktori va muassisi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar maʼlumotlari asosida sport maktabi rahbariyati oʻquv-mashq ishlari rejimining yillik soatlar hisobini amalga oshiradi va sport maktabi ishlarining yillik oʻquv rejasini tuzadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktabining sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlari soni, shuningdek ulardagi oʻquvchi-sportchilar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hududiy organlari bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sport maktabi oʻquvchi-sportchilarini keyingi yilda oʻqiladigan guruhlarga yoki sport tayyorgarligi bosqichiga oʻtkazish belgilangan tartibda oʻqish muddatlari va oʻquvchi-sportchilar tomonidan oʻquv dasturlari oʻzlashtirilishi, ular tomonidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha nazorat-oʻtkazish normativlari bajarilishi, sogʻligʻining holati tibbiy-biologik koʻrsatkichlari asosida, shuningdek tegishli sport razryadi mavjud boʻlganda sport maktabi trenerlar kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarni bajarmagan oʻquvchi-sportchilar oʻqishning navbatdagi yiliga yoki sport tayyorgarligi bosqichiga oʻtkazilmaydi. Ushbu oʻquvchi-sportchilarga belgilangan tartibda sport maktabi rahbariyati va trenerlar kengashining qarori bilan sport tayyorgarligining aynan shu bosqichida oʻqishni davom ettirish (takroran oʻqish) imkoniyati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Keyingi yilda oʻqitiladigan guruhga oʻtkazish uchun belgilangan yoshga yetmagan, biroq oʻqishning oldingi yili dasturiy talablarini bajargan ayrim oʻquvchi-sportchilar trenerlar kengashining qarori bilan va shaxsiy tibbiy ruxsatnoma asosida oʻqishning navbatdagi yili guruhiga oʻtkazilishi mumkin. Oʻtkazish sport maktabi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻquvchi-sportchilarni oʻtkazish oʻqishning har bir bosqichidan keyin tegishli sport oʻquv guruhlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻquvchi-sportchilarni boshqa sport maktabiga oʻtkazish oʻquvchi-sportchining arizasi asosida, oʻquvchi-sportchi oʻqiyotgan sport maktabi rahbariyatining va uning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning) yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sport maktabi tomonidan sport mahoratini oshirish uchun sport tayyorgarligining oliy boʻgʻiniga (yuqoriroq bosqichda sport tayyorgarligini amalga oshiradigan sport-taʼlim muassasasiga, shuningdek sportning oʻyin turlari boʻyicha mahoratlilar jamoasiga) oʻtkazilgan oʻquvchi-sportchilar sport maktabi guruhlarining son tarkibiga kirmaydi, biroq ushbu sport maktabining tarbiyalanuvchilari hisoblanadi va uning jamoasi uchun sport musobaqalarida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yil davomida boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtkazilgan oʻquvchi-sportchining sportdagi yutuqlari parallel ravishda oldingi sport maktabining ish natijalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sport maktabining sport turi (turlari) boʻyicha mintaqa yoki respublika terma jamoalari tarkibiga rasmiy oʻtkazilishi davrida oʻquvchi-sportchilar sport maktabining tegishli sport oʻquv guruhi roʻyxatida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻquvchi-sportchilarni sport maktabidan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa sport-taʼlim muassasasiga, shu jumladan oʻquvchi-sportchining oʻzining tashabbusi bilan oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarining tegishli xulosalari bilan tasdiqlangan jismoniy yuklama va sport bilan shugʻullanish uchun tibbiy nuqsonlar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli normativ talablar bajarilmaganda, sport natijasi pasayganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv intizomi va sport maktabining ichki tartib-qoidalari buzilganda, shu jumladan maʼnaviy axloqsizlik sodir etilganda, sport odob-axloqi buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tayyorgarligi rejimi buzilganda, shu jumladan taqiqlangan farmokologik va narkotik vositalar qoʻllanilganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchi-sportchilarni kasal boʻlgan vaqtida oʻqishdan chetlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻquv yili mobaynida oʻquvchi-sportchi sport-oʻquv guruhidan chiqib ketgan yoki oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda sport maktabi uni belgilangan normalarga muvofiq bir oy muddatda toʻldirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Sport tayyorgarligining barcha bosqichlaridan oʻtgan va belgilangan tartibda bitiruv normativlarini topshirgan oʻquvchi-sportchilar sport maktabi bitiruvchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktabi bitiruvchilariga, ularning jismoniy sifatlari darajasi koʻrsatilgan va kelgusida sportda kamolotga erishishga doir tavsiyalar berilgan sportchi kartasi hamda sport tayyorgarligi darajasi koʻrsatilgan holda, belgilangan namunadagi tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sport maktabida oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yilining qancha davom etishi sport turining xususiyatiga, sport musobaqalari taqvimiga, sport tayyorgarligining davriylashtirilishiga bogʻliq boʻladi va sport maktabi rahbariyati tomonidan sportning har bir turi uchun yakka tartibda belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sportchilar bilan oʻquv-mashq mashgʻulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan va sport turi boʻyicha tegishli sport oʻquv guruhi uchun moʻljallangan oʻquv dasturlari va yillik oʻquv rejasi boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvali bolalarning yosh xususiyatlari va belgilangan sanitariya-gigiyena normalari hisobga olingan holda mashqlarning qulayroq rejimini, oʻquvchi-sportchilarning dam olishini, ularning taʼlim muassasalarida va boshqa muassasalarda oʻqishini belgilash maqsadida trener-oʻqituvchining taqdimnomasi boʻyicha sport maktabi maʼmuriyati tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻquv-mashq mashgʻulotlarining mazmuni tasdiqlangan oʻquv dasturlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oʻquv-mashq jarayoni oʻqitishning texnik vositalari keng qoʻllanilgan, tiklash tadbirlari oʻtkazilgan holda sport mashqlarini bajarishning zamonaviy metodikasi asosida trener-oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda mashqlar va musobaqalarda qatnashish faoliyati birga qoʻshib olib borilishi negizida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Quyidagilar sport maktabi oʻquv-jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhlarda va yakka tartibda oʻquv-mashq mashgʻulotlari va nazariy mashgʻulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq yigʻinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiklash, profilaktika va sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, oʻquvchi-sportchilarni tibbiy-biologik tekshirish, pedagogik test sinovidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchilarning turli darajadagi musobaqalar va oʻyinli uchrashuvlarda ishtirokini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-sogʻlomlashtirish oromgohlarida oʻquvchi-sportchilar bilan mashq oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi sportchilar ishtirokida oʻquv video yozuvlarini, kino dasturlarni hamda sport musobaqalarini koʻrish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchilarning instruktorlik va hakamlik amaliyotini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sport-sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi va boshlangʻich tayyorgarlik guruhlarida bir oʻquv-mashq mashgʻulotining qancha davom etishi (mashq yuklamasi hajmi) ikki akademik soatdan ortiq boʻlmasligi, oʻquv-mashq guruhlarida esa — bir haftada kamida toʻrt marta oʻquv-mashq mashgʻulotlari oʻtkazilgan holda uch akademik soatdan ortiq boʻlmasligi kerak. Yuklama bir haftada 20 soatni va undan koʻpni tashkil etgan guruhlarda — toʻrt akademik soatni, bir kunda ikki marta oʻquv-mashq mashgʻulotlari oʻtkazilganda — uch akademik soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sport maktabida sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilar brigadalari tashkil etilishi mumkin. Brigadalar oʻquvchi-sportchilarni tanlash, sportchilar tayyorlashning zamonaviy talablariga muvofiq koʻp yillik rejali oʻquv-mashq va tarbiya jarayoni amalga oshirilishini tashkil etish masalalarini hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yuklamasi, shuningdek oʻquvchi-sportchilarning sport natijalari brigadaning barcha aʼzolariga hisoblanadi. Brigadaning har bir aʼzosi uchun miqdor koʻrsatkichlari brigada aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qoʻyilgan jamoalar va oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash maqsadida sport maktabi oʻquv-mashq ishlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻquv-mashq yigʻinlari oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish sport maktabining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻquv-mashq yigʻinlarining vazifalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (tuman, viloyat, respublika va xalqaro) hisobga olingan holda sport maktabining trenerlar kengashi tomonidan belgilanadi. Oʻquv-mashq yigʻinlari oʻquvchi-sportchilarning sport mahorati oshishini taʼminlashi kerak, muayyan sharoitlarda va mashq siklining muayyan davrlarida oʻtkaziladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Sport maktabining turli sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda, shu jumladan turli tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalar va tadbirlarda qatnashishi tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga binoan hamda ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy taklif etilishiga muvofiq amalga oshiriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Oʻquv-mashq jarayoni izchilligini, oʻquvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi va faol dam olishini taʼminlash maqsadida taʼtil davrida sport maktabi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayonida sport maktabi direktor tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq oʻquvchi-sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi. Sport maktabining tarbiyaviy ishlari shaxsning barkamol boʻlishiga koʻmaklashadi va oʻquvchi-sportchilarda vatanparvarlik tuygʻusi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga ehtiyojni, oʻz bilimlari, malaka va koʻnikmalarini doimo toʻldirib borishni shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sport maktabi oʻquv-mashq hamda tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida va sport maktabi ustavida belgilangan tartibda zarur hujjatlashtirishni yuritadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Sport maktabini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Sport maktabini boshqarish ushbu Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, sport maktabining ustaviga muvofiq hamda yakka boshchilik, demokratiya, oʻzini oʻzi boshqarish va oshkoralik tamoyillarini uygʻunlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Sport maktabiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktabi direktori oliy maʼlumotli hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan sportning sport maktabida rivojlantiriladigan turi boʻyicha mutaxassislardan tayinlanadi.
(57-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Direktor sport maktabi ishiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati barcha yoʻnalishlari boʻyicha toʻliq javob beradi, pedagoglar jamoasi bilan birgalikda sport maktabini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat organlarida uning manfaatlarini ifodalaydi, sport maktabining xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etadi, kadrlarni tayinlaydi va joy-joyiga qoʻyadi, xodimlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Sport maktabi direktorining oʻrinbosarlari sport maktabi muassisi bilan kelishgan holda sport maktabi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari jismoniy tarbiya sohasida oliy maʼlumotli hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan tajribali mutaxassislardan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari oʻquv jarayoni va tarbiyaviy ishlar tashkil etilishi, sport boʻyicha trener-oʻqituvchilar malakasi oshirilishi uchun javob beradi, sport maktabida sport musobaqalari oʻtkazilishi hamda maktabning oʻquvchi-sportchilarining tuman, shahar musobaqalarida va boshqa sport musobaqalarida qatnashishini taʼminlaydi, sportchilarni oʻqitish va ularning mashq qilishi metodikasini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi, oʻquv-mashq mashgʻulotlari sifatini, oʻquv rejalari va mashgʻulotlar jadvali bajarilishini nazorat qiladi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari maʼmuriy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari oʻquv-mashq jarayoni uchun moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratilishi, sport maktabining mol-mulki, jihozlarining saqlanishi va sozligi, binolar va inshootlardan foydalanish, ularni zarur sanitariya holatida saqlash, transport taʼminoti va undan foydalanish uchun javob beradi.
(61-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Sport maktabida tashkiliy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va metodik ishlarni jismoniy tarbiya boʻyicha oliy maʼlumotli va kamida bir yil trener-oʻqituvchilik boʻyicha ish tajribasiga yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli va kamida uch yil trener-oʻqituvchilik tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislardan tayinlanadigan instruktor-metodist amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Instruktor-metodist oʻquv-mashq mashgʻulotlari oʻtkazilishi, sport turlari boʻyicha dasturlar, oʻquv rejalari va mashgʻulotlar jadvali bajarilishi, oʻquv-metodik hujjatlar yuritilishi, maktabning razryadchilari va sport rekordlari hisobi yuritilishini nazorat qiladi, sport maktabining metodik xonasi ishiga rahbarlik qiladi, oʻquv-tarbiya jarayoni masalalari boʻyicha tibbiyot muassasalari, umumtaʼlim maktablari, boshqa taʼlim muassasalari va tashkilotlar, idoralar bilan aloqani taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Sport maktabining katta instruktor-metodisti instruktor-metodist lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan shaxslardan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta instruktor-metodist instruktor-metodistlar ishiga rahbarlik qiladi va oʻquv-mashq jarayoni oʻtkazilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, metodik xona ishini tashkil etadi, sport maktabi tadbirlarini oʻtkazadi, oʻquvchi-sportchilarning jismoniy tarbiyasi boʻyicha umummaktab tadbirlari oʻtkazilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Sport maktabining trener-oʻqituvchilar tarkibi oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar jismoniy tarbiya maʼlumotiga hamda sport boʻyicha trenerlar yoki trener-oʻqituvchilar sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan mutaxassislardan butlanadi. Bunda jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlish nazarda tutilmagan sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq, oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga hamda sport boʻyicha trenerlar yoki trener-oʻqituvchilar sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslardan butlanishi mumkin.
(64-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport boʻyicha trener-oʻqituvchilar oʻquv guruhlarini tanlaydi va toʻldiradi, oʻquvchi-sportchilar bilan tarbiyaviy va oʻquv-mashq ishlari olib boradi, oʻquvchi-sportchilar tibbiy koʻrikdan va dispanser koʻrigidan oʻz vaqtida oʻtishini nazorat qiladi, oʻquvchi-sportchilar uchun ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻquv-mashq rejalarini ishlab chiqadi, oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirish va unga eng samarali va zamonaviy shakllar va usullarni joriy etish boʻyicha takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Sport maktabining sport turlari boʻyicha boʻlimlarida sport maktabi direktorining buyrugʻi bilan yetakchi trener-oʻqituvchilardan, agar ularning har birining rahbarligi ostida kamida ikki nafar toʻliq yuklamali trener-oʻqituvchi ishlasa, sport boʻyicha trener-oʻqituvchi lavozimida ish stajiga ega boʻlgan sport boʻyicha katta trener-oʻqituvchilar tayinlanadi.
(65-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta trener-oʻqituvchilar ham sport maktabining sport boʻyicha boʻlimiga, ham sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha alohida oʻquv guruhlariga rahbarlik qilish uchun tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport boʻyicha katta trener-oʻqituvchi trener-oʻqituvchi uchun nazarda tutilgan funksiyalar bilan birgalikda trener-oʻqituvchilar ishi sifatini nazorat qiladi, oʻquv-mashq jarayoni tashkil etilishi, oʻquv guruhlari toʻliq butlanishi, oʻquv rejalari va dasturlari bajarilishi, oʻquvchi-sportchilarning qabul va nazorat sinovlari oʻtkazilishi, yuqori darajali sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi va istiqbolli rejalari ishlab chiqilishi, boʻlimlarning trenerlar kengashlari oʻtkazilishi, trener-oʻqituvchilar malakasini oshirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Sport maktabida trenerlar kengashi tashkil etiladi. Kengash oʻquv-mashq va tarbiyaviy ishlar, oʻquvchi-sportchilarni tanlash va oʻtkazish, sportchilar tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, sport maktabining sport tadbirlarida ishtirok etishi, oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish metodikasi takomillashtirilishi masalalarini, shuningdek sport maktabi ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Sport maktabini boshqaruv, yordamchi, xoʻjalik va tibbiyot xodimlari bilan butlash belgilangan tartibda tasdiqlangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Sport maktabining barcha xodimlariga qoʻyiladigan malaka tavsiflari, lavozim talablari, ularning huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Oʻquvchi-sportchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosadigan shaxslar) sport maktabida oʻtkaziladigan oʻquv-mashq va tarbiyaviy jarayon bilan tanishish, shuningdek unda sport maktabining ustavida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Sport maktabida oʻquvchi-sportchilar sogʻligʻining holati yuzasidan tibbiy nazorat sport maktabining tibbiyot xodimlari tomonidan, ular boʻlmaganda esa — belgilangan tartibda sport maktabiga biriktirilgan tegishli hududiy sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Sport maktabi oʻquvchi-sportchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirishdan oʻtkazishni sport maktabi joylashgan joy boʻyicha tegishli sogʻliqni saqlash muassasasi taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Sport maktabining tibbiyot xodimlari belgilangan tartibda oʻquv-mashq jarayonini, sport musobaqalari va sport-sogʻlomlashtirish oromgohini tibbiy taʼminlaydi, mashq yuklamalarining hajmi va muntazam oʻtkazilishini nazorat qiladi, oʻquvchi-sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini tuzish va tasdiqlashda qatnashadi, chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirish oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Sport maktabining oʻquvchi-sportchilariga, oʻquvchi-sportchilarning sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda, belgilangan namunadagi davolash-nazorat kartasi toʻldiriladi. Ushbu karta sport maktabining tibbiyot xonasida yoki sport maktabi joylashgan joydagi sogʻliqni saqlash davolash muassasasida saqlanadi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Sport maktabini moddiy taʼminlash, moliyalashtirish va hisobot berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Muassis sport maktabiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan mol-mulkni sport maktabiga belgilangan tartibda biriktiradi va (yoki) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Sport maktabi oʻziga biriktirilgan va ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Sport uskunalari, jihozlar, metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar, sport kiyimlari va formalari sotib olish, shuningdek oʻquvchi-sportchilarning sport tadbirlari va oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashishini taʼminlash sport maktabi tomonidan unga ajratiladigan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari manbalar hisobiga tushumlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Sport maktabida oʻzining sport inshootlari va asbob-uskunalari mavjud boʻlmagan taqdirda maktabning xarajatlar smetasida tuzilgan shartnomaga muvofiq miqdorda ularni ijaraga olish xarajatlari uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Sport maktabi oʻquvchi-sportchilari va xodimlarini moddiy taʼminlash belgilangan tartibda tasdiqlangan Sport maktablari oʻquvchi-sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va mulkiy taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Sport maktabi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
(79-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ixtisosligi boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
(79-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan vaqtda boʻsh boʻlgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Sport maktabi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Sport maktabi muassis bilan kelishgan holda oʻz moliya-xoʻjalik faoliyatini rejalashtiradi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq miqdorini mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Sport maktabi belgilangan tartibda moliya va statistika hisoboti yuritadi, tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Sport maktabining moliya-xoʻjalik faoliyatini va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Xalqaro faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Sport maktabi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat va jamoat tashkilotlari orqali jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish, maktabning trener-oʻqituvchi xodimlari va sportchilarini ayirboshlash boʻyicha xorijiy sport muassasalari va tashkilotlari bilan bitimlar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan sport maktablarining (keyingi oʻrinlarda sport maktablari deb ataladi) rahbar, trener-oʻqituvchi va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi sport maktablarining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashga tatbiq etilmaydi. Ular mehnatiga Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi asosida haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sport maktablari direktorlari, direktorlarning oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlar va trener-oʻqituvchilarning ish haqi tarkibiga bazaviy tarif stavkasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha haqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport maktablari direktorlari, direktorlarning oʻrinbosarlari, trener-oʻqituvchilar va instruktor-metodistlarning bazaviy tarif stavkalari Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktablari tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sport maktablari trener-oʻqituvchilarining lavozim maoshlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sport maktablari trener-oʻqituvchilariga lavozim maoshlarini belgilash mehnatga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkasidan, belgilangan normativlaridan yoki oʻquv-mashq ishlarining rejalashtirilayotgan hajmlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha haqlardan kelib chiqqan holda ularni oʻquv va kalendar yili boshida tarifikatsiyalashda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sport maktablarining trener-oʻqituvchilari lavozim maoshlarini oʻzgartirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabidagi boshqa lavozimga oʻtilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka toifasi oʻzgartirilganda (oshirilganda yoki pasaytirilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv guruhlarining roʻyxatdagi tarkiblari, trener-oʻqituvchi rahbarligida sport tayyorgarligini oʻtayotgan oʻquvchi-sportchilarning sportdagi natijalari oʻzgarganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-oʻqituvchilarning lavozim maoshlarini oʻzgartirish sport maktabining tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshiriladi va sport maktabi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sport maktablarining trener-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash oʻquv guruhlari bilan oʻtkaziladigan oʻquv-mashq ishlari soatlari miqdori uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ayrim ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, oliy sport mahorati maktablarida va Respublika oliy sport mahorati maktablarida trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyrugʻi asosida bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun normativlar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir sport maktabida trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashning turli shakllarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun sport maktablarining trener-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash normativlari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlar hisobida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash darajasi va bosqichlari
Oʻqitish davri
Bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun normativlar miqdori, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda
sport turlari guruhlari
I
II
III
I. Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalari tarkibiga sportchilarni, respublika va xalqaro musobaqalar sovrindorlarini tayyorlash
Terma jamoaning asosiy tarkibi
butun davrda
55 gacha
45 gacha
40 gacha
Terma jamoa stajyorlari
butun davrda
45 gacha
35 gacha
30 gacha
Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
butun davrda
150 gacha
150 gacha
150 gacha
Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
butun davrda
140 gacha
140 gacha
140 gacha
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
butun davrda
100 gacha
100 gacha
100 gacha
II. Sport maktablarida tayyorlash bosqichlarida oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻquvchi-sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining terma jamoalari asosiy tarkibiga va stajyorlarini, respublika va xalqaro sport musobaqalari sovrindorlarini tayyorlash uchun sport maktablari trener-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash normativlari miqdorlari eng yuqori hisoblanadi. Bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun trener-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash normativlarining aniq miqdorlarini belgilash toʻgʻrisidagi qaror sport maktabi rahbariyati tomonidan, mehnatga haq toʻlashning belgilangan miqdorlari va fondi doirasida qabul qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sport turlari guruhlar boʻyicha quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlarining birinchi guruhiga — sportning jamoaviy oʻyin turlaridan tashqari, sportning barcha olimpiya turlari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlarining ikkinchi guruhiga — sportning jamoaviy oʻyin turlari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlarining uchinchi guruhiga — sportning boshqa barcha turlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun normativlar boʻyicha oʻquv-mashq ishlari uchun sport maktabining trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlashda trener-oʻqituvchining lavozim maoshini ustamalar va qoʻshimcha haqlarsiz hisoblab chiqarish unga belgilangan bazaviy tarif stavkasini uning mehnatiga haq toʻlashning foizlar hisobidagi normativiga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-oʻqituvchi tomonidan bir nechta oʻquvchi-sportchi tayyorlangan taqdirda ushbu trener-oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlash normativi har bir oʻquvchi-sportchi boʻyicha uning sportdagi yutuqlarini va tayyorlash bosqichlarini hisobga olgan holda, belgilangan normativlar miqdorlarini jamlash yoʻli bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda trener-oʻqituvchining ustama va qoʻshimcha haqlarsiz lavozim maoshi unga belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorining uch baravaridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi sport maktablarining yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan ayrim trener-oʻqituvchilariga bazaviy tarif stavkasi miqdorining besh baravarigacha miqdorda lavozim maoshi belgilash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sport boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtayotgan oʻquvchi-sportchi turli sport yutuqlariga ega boʻlgan taqdirda, trener-oʻqituvchi mehnatiga haq toʻlash normativini belgilashda, mazkur oʻquvchi-sportchining yutuqlarini hisobga olgan holda belgilangan normativning eng yuqori miqdori qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun mehnatga haq toʻlash normativi miqdori sport maktabining trener-oʻqituvchisiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun — oʻquvchi-sportchi Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajyorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va oʻquvchi-sportchi jamoa tarkibida boʻladigan butun davrda saqlanib qoladi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi-sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro sport musobaqalari (keyingi Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) oʻtkazilgungacha saqlanib qoladi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi-sportchi tomonidan erishilgan natija (I – III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va shu kabi keyingi Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari oʻtkazilgungacha saqlanib qoladi, biroq bir yildan koʻp boʻlmagan davrga.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar sport maktabining trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi-sportchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibi aʼzosi Osiyo oʻyinlari sovrindori boʻlsa), u holda trener-oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori, oʻquvchi-sportchi yutuqlarini hisobga olgan holda eng yuqori koʻrsatkich boʻyicha tegishli ravishda qayta koʻrib chiqiladi va uning yangidan hisoblab chiqilgan amal qilish muddati belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar sport maktabining trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi-sportchi mazkur trenerning oʻquv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener-oʻqituvchi rahbarligidagi boshqa oʻquv guruhiga, boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtkazilsa va shu kabi holatlarda), u holda trener-oʻqituvchi mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun oʻquvchi-sportchi trener-oʻqituvchining oʻquv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran kamayish tomoniga qayta koʻrib chiqiladi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquv guruhiga yil mobaynida boshqa trener-oʻqituvchi rahbarligida yuqori sport natijalariga erishgan oʻquvchi-sportchi oʻtkazilgan sport maktabining trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun oʻquvchi-sportchi mazkur trener-oʻqituvchining oʻquv guruhi tarkibiga rasman qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun oʻquvchi-sportchi mazkur trener-oʻqituvchi rahbarligida koʻrsatib oʻtilgan musobaqalarda mazkur natijaga (I — III oʻrinlar) takroran erishgungacha belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sport maktablarida oʻquv guruhlarini tayyorlash uchun zarur boʻlgan oʻquv-mashq ishlari soatlari hajmlari (oʻquv-mashq ishlari rejimi) quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Oʻquvchilarni tayyorlash darajasi va bosqichlari
Oʻqitish yili
Oʻquv guruhlari bilan oʻquv-mashq ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar)
1.
Sport-sogʻlomlashtirish mashgʻuloti
Butun davrda
6
2.
Boshlangʻich tayyorgarlik
Birinchi oʻqitish yili
6
Bir yildan koʻp oʻqitish
8
3.
Oʻquv-mashq mashgʻuloti
Birinchi oʻqitish yili
12
Ikkinchi oʻqitish yili
14
Uchinchi oʻqitish yili
18
Uch yildan koʻp oʻqitish
20
4.
Sportda kamolotga erishish
Birinchi oʻqitish yili
24
Ikkinchi oʻqitish yili
26
Ikki yildan koʻp oʻqitish
28
5.
Oliy sport mahorati
Butun davrda
32
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquv-mashq ishlarining haftalik rejimi sport turining xususiyatlariga, sport tayyorgarligining davri va vazifalariga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sport maktabi trener-oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi har haftadagi bevosita oʻquv-mashq ishlarining 26 akademik soati uchun belgilanadi. Mashgʻulotlarga tayyorlanishga, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga sarflangan vaqtga, shuningdek jamoa (oʻquvchi-sportchilar) bilan birga musobaqalarda qatnashilgan vaqt uchun qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, oliy mahorat sport maktablarida, oliy sport mahorati maktablarida hamda Respublika oliy sport mahorati maktablarida ishlayotgan trener-oʻqituvchilarga bazaviy tarif stavkalari 15 foizga oshiriladi. Bunda ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, oliy mahorat sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari hamda Respublika oliy sport mahorati maktablarining trener-oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq va ustamalar, ushbu oshirilishni hisobga olmasdan, bazaviy tarif stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Direktor, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, instruktor-metodistlar oʻzlarining asosiy lavozimi boʻyicha ish vaqti mobaynida, tegishli maʼlumotga va malaka toifasiga ega boʻlgan sport boʻyicha trener-oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi hisobidan haq toʻlangan holda oʻz sport maktabida oʻquv-mashq mashgʻulotlari olib borishlari mumkin. Ularning trener-oʻqituvchilik ishlari hajmi ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq sport maktabi trener-oʻqituvchisining belgilangan oʻquv-mashq ishlari hajmining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sport maktablarining direktorlari, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot xodimlariga qoʻshimcha haq va ustamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, oliy mahorat sport maktablarida, oliy sport mahorati maktablarida hamda Respublika oliy sport mahorati maktablarida ishlayotgan katta trener-oʻqituvchilarga, katta instruktor-metodistlarga, shuningdek “Xizmat koʻrsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega boʻlgan xodimlarga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sport maktablarining direktorlari, direktorlarning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida ularga, oʻquvchi-sportchilar yuqori sport natijalariga erishgan taqdirda, bazaviy tarif stavkasiga (tarif stavkasiga) quyidagi har oylik ustamalar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktablari oʻquvchi-sportchilarining sportdagi natijalari
Sportchi-oʻquvchini tayyorlashda bevosita qatnashgan xodimlarga bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif stavkasi (tarif stavkasi)ga nisbatan foizlarda
trener- oʻqituvchilarga
direktorlarga
direktorlarning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga, instruktor-metodistlarga
tibbiyot xodimlariga
Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)
50
10
8
7
Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)
40
7
6
6
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)
10
6
5
4
Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoasi asosiy tarkibi aʼzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun normativlar boʻyicha amalga oshiriladigan sport maktablarida jadvalda koʻrsatib oʻtilgan trener-oʻqituvchilarga ustamalar belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi-sportchi turli sport yutuqlariga ega boʻlsa, sport maktabining direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, instruktor-metodistlar, trener-oʻqituvchilar va tibbiyot xodimlariga, ushbu oʻquvchi-sportchi uchun yutuqlar hisobga olingan holda belgilangan ustamaning eng yuqori miqdori qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ustamalarning jami miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabining direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, instruktor-metodistlari va tibbiyot xodimlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabining trener-oʻqituvchilari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 200 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktablarining yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan ayrim trener-oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining qarori bilan ustamalarning jami miqdori ularga belgilangan bazaviy tarif stavkasining 400 foizigacha miqdorda belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan ustamalarni belgilash kalendar yil boshida, sport maktabining oʻquvchi-sportchilari kontingentidan va ularning oldingi yildagi sport natijalaridan kelib chiqqan holda sport maktabining trener-oʻqituvchilari tarifikatsiyasini va shtatlar jadvalini tuzishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida ustamalar miqdorlarini oʻzgartirish sport maktabining tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshiriladi va sport maktabi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sport maktabining direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot xodimlariga ustamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) oʻtkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran belgilanadi va bir kalendar yil mobaynida saqlab qolinadi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — oʻquvchi-sportchi Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajyorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va oʻquvchi-sportchining jamoa tarkibida boʻladigan butun davrida saqlanib qoladi.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasi asosiy tarkibi aʼzolarini (stajyorlarini) tayyorlaganlik uchun ustamalar ushbu oʻquvchi-sportchilarni tayyorlashni amalga oshiradigan bevosita trener-oʻqituvchilarga belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sport maktablarining direktoriga, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosariga va tibbiyot xodimlariga ustamalar Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasi asosiy tarkibi aʼzolarini (stajyorlarini) tayyorlashni taʼminlaganlik uchun belgilanadi va sport maktabining roʻyxatdagi tarkibida oʻquvchi-sportchilarning tegishli kontingenti mavjud boʻlgan taqdirda toʻlanadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktablarining direktoriga, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosariga, instruktor-metodistlariga va tibbiyot xodimlariga oʻquvchi-sportchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni toʻlash uning sport maktabining roʻyxatdagi tarkibidan rasman chiqib ketish (boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtish, sport maktabidan chiqarilish, uni bitirish) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻquvchi-sportchilarning sportdagi natijalari yaxshilanganda, shuningdek sport maktabining trener-oʻqituvchisi rahbarligidagi oʻquv guruhlarining roʻyxatdagi tarkiblari oʻzgarganda (sport maktabiga qabul qilinganda, undan chiqarilganda, boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtkazilganda) ushbu trener-oʻqituvchi uchun ustamalar miqdorlarini oʻzgartirish mazkur Nizomning 14 — 16-bandlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash normativlari miqdorlarini belgilashning tegishli tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalari aʼzolari va stajyorlarining tarkiblari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va sport maktablariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sport maktablarining direktorlariga, direktorlarning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga, instruktor-metodistlariga, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot xodimlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu sport maktablarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sport maktablarining direktoriga, direktorlarning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga, instruktor-metodistlariga, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot xodimlariga qoʻshimcha haq va ustamalarni toʻlash ularning ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tayinlangan har oylik qoʻshimcha haq va ustamalar summasi tegishli sport maktabining mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi va ular boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagona ijtimoiy toʻlov hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning har oylik qoʻshimcha haq va ustamalar tarzida olingan daromadlarini soliqqa tortish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sport maktablarining direktorlariga, direktorlarning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga, instruktor-metodistlariga, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot xodimlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi, xolisonaligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.