22.09.2010 yildagi O‘RQ-260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.09.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 29-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 29-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 282-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilgan boʻlsa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 283-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5) agar garovga oluvchi ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan taʼminlanmagan kreditorlarning oʻz talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ­palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudning jarima tariqasida jazo tayinlash toʻgʻrisidagi hukmi asosida berilgan ijro varaqasi boʻyicha ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganda uni ixtiyoriy ravishda ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 19-moddasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 51-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarzdorning boshqa mol-mulki unga nisbatan qoʻyilgan barcha garov bilan taʼminlanmagan talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, garovga oluvchining belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilishi mumkin. Garovga qoʻyilgan mol-mulk xatlab qoʻyilganda sud ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddat ichida bu haqda garovga oluvchiga bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa mazkur mol-mulkka undiruv qaratilishi, uning realizatsiya qilinishi munosabati bilan qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan va kreditorlarning garov bilan taʼminlangan undiruvga qaratilgan talablari qanoatlantirilganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, u holda mazkur talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatda qanoatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka garovga oluvchining talablarini qanoatlantirish uchun qaratilgan boʻlsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki boʻlishidan qatʼi nazar, birinchi navbatda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 54-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 80-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari ­quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻrtinchi navbatda kreditorlarning garov bilan ­taʼminlangan talablari qanoatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchi navbatda kreditorlarning garov bilan ­taʼminlanmagan talablari qanoatlantiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“281-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, sud ijrochisi garovga qoʻyilgan mol-mulk xatlab qoʻyilganidan keyin uch kunlik muddat ichida bu haqda ipotekaga oluvchiga xabarnoma yuboradi. Bunda ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga, agar uning talabi qanoatlantirilmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Agar ipotekaga oluvchi ushbu huquqdan foydalanmagan boʻlsa, ipoteka tugatiladi, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk kimoshdi savdosida realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan taʼminlanmagan kreditorlarning oʻz talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-260-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 328-modda)