17.09.2010 yildagi O‘RQ-259-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSINING 1781-MODDASIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi 723–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xorijiy soʻz va iboralardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan maʼqullanganligini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qoʻyilgan ragʻbatlantiruvchi lotereya, tanlov, oʻyin yoki shunga oʻxshash boshqa tadbir oʻtkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni oʻtkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini koʻrsatmagan holda reklama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni tovar belgisi yoki xizmat koʻrsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat koʻrsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan oʻxshash boʻlgan boshqa mahsulotning reklamasi koʻrinishida reklama qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 14-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Reklamani yashirin deb topish toʻgʻrisidagi qarorni vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 23-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi taqiqlanadi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar namunalarini tekin tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, oʻyinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo obyektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida, vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni oʻrnatish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 29-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar — yuridik shaxslar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmani oʻz muddatida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik uchun — eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik uchun — eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama beruvchi reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlash uchun taqdim etiladigan axborotning mazmuniga doir qismi buzilganligi uchun, agar ushbu qonunbuzarlik reklama tayyorlovchining yoki reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama tayyorlovchi reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama tarqatuvchi reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining reklamani tarqatish vaqti, joyi va vositalariga taalluqli qismi buzilganligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga jarima solish sud tomonidan, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish tadbirkorlik subyektiga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran undiriladigan summani olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima toʻlash vakolatli davlat organining qarori yoki koʻrsatmasini bajarish yoki reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etish majburiyatidan ozod qilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda) 1781-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1781-modda. Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmasini oʻz muddatida bajarmaganlik —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan notoʻgʻri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-259-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 317-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son)