Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 15.08.2000 yildagi 324-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VATANIMIZ XAVFSIZLIGI, SARHADLARIMIZ HIMOYASI YOʻLIDA HALOK BOʻLGAN HARBIY XIZMATCHILARNING OILALARIGA DAVLAT TOMONIDAN YORDAM KOʻRSATISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizning janubiy chegaralari orqali yurtimizga suqilib kirmoqchi boʻlgan terrorchi-jangarilar guruhiga qarshi kurashda jasorat va matonat koʻrsatib, qahramonlarcha halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalariga, oilalariga, yoru birodarlariga hukumatimiz, butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildirib, ularga yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Moliya vazirliklari birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va idoraviy meʼyoriy hujjatlarga muvofiq, halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalariga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni tezkorlik bilan yetkazib berishni taʼminlasin. Shuningdek, “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi belgilangan tartibda sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalarining har biriga qoʻshimcha moddiy yordam tariqasida Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan bir million soʻm miqdorida moddiy yordam puli toʻlansin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu yordam pulining toʻlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy hokimlik idoralari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalarining turmush sharoiti va ehtiyojidan kelib chiqib, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan zarur yordam choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning nomlarini abadiylashtirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324-son