Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.12.2001 yildagi 467-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA YORDAM KOʻRSATISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, muborak haj amallarini ado etishda qulaylik, imtiyoz va zarur shart-sharoit yaratishga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2002-yilda haj ziyoratini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muborak haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar roʻyxatini respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalarining joylardagi boʻlinmalari vakillari ishtirokida keng jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tuzish, musulmonlarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish masʼuliyati Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekanligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita ularga yordam koʻrsatishi eʼtiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Z.Mirxoʻjayev) Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyxatga binoan, mamlakatimizdan hajga ketayotgan har bir fuqaro uchun 1482 (bir ming toʻrt yuz sakson ikki) AQSh dollarini imtiyozli almashtirib berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ziyoratchilarning tegishli miqdordagi soʻm mablagʻlarini joylarda yigʻib olish va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tegishli boʻlimlariga topshirish Oʻzbekiston musulmonlari idorasining masʼul xodimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu mablagʻlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Milliy bankdagi maxsus hisob raqamiga jamlanib, belgilangan miqdori hamda haj ziyoratchilariga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhining safar xarajatlari banklararo savdo sessiyalarida xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklif asosida oʻrnatiladigan erkin kurs erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilinsin. Konvertatsiya qilish chogʻida ular vositachilik yigʻimlaridan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi barcha zarur toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisob raqamlari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (A.Roʻzmatov) 2002-yil fevral-mart oylarida ziyoratchilarning haj safariga borib kelishlari uchun qulay sharoit yaratish, Toshkent-Jidda-Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalarning narxini arzonlashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Nazirov) Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablar va mamlakatning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ziyoratchilarni koʻrikdan oʻtkazishni, haj davrida ularga yordam koʻrsatishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Oʻ.Komilov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R.Inoyatov) ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining noqonuniy yoʻllar bilan haj ziyoratiga borishi oqibatida roʻy berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz voqealarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va ommaviy axborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati, talablari, muddati va uni amalga oshirishning tartib-qoidalari hamda uning yakunlari keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 7-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
467-son