Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2022 02.09.2010 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2022
Hujjat 02.09.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini boshqarish va tashkil etish tuzilmasini yanada takomillashtirish, nogironlarni sifatli tibbiy tekshirishdan oʻtkazish hamda samarali tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini yuqori malakali, halol ishlovchi tibbiyot kadrlari bilan mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qaroriga muvofiq Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuzilmasiga berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayot faoliyati cheklanganligini ekspertizadan oʻtkazish, nogironlik guruhini, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash boʻyicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda TMEK deb yuritiladi) faoliyatiga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizalar natijalarini, davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlarni va fuqarolarni tibbiy tekshirishdan oʻtkazish natijalarini doimiy oʻrganish asosida nogironlikning holatini, uning oʻzgarishini va unga sabab boʻlgan omillarni tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik profilaktikasi sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TMEK vrach-ekspertlari lavozimiga tanlash va tavsiya qilish boʻyicha Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish, TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida idoraviy mansub TMEKga metodik yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi xodimlariga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining qarori bilan tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TMEK muassasalari taqdim etilgan tibbiy hujjatlarda va tibbiy-maslahat komissiyalarining dastlabki tashxislariga shubha qilingan taqdirda fuqarolarni bepul takroriy tekshirishlar oʻtkazish uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan, ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan shahar va tuman shifoxonalariga biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan, tumanlararo, tuman va shahar tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tibbiy tekshirishdan oʻtkazish natijalari boʻyicha faqat kollegial asosda qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh TMEK darajasida ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tumanlar (shaharlar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari qarorlari yuzasidan shikoyat qilish holatlari, shuningdek tibbiyot xodimlariga, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga mansub xodimlarni nogiron deb eʼtirof etish holatlari koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari TMEK boʻlinmalarini belgilangan talablarga javob beradigan, fuqarolarning borishi uchun qulay boʻlgan binolar va xonalarda joylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga har tomonlama yordam bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tuzilmasida 3 nafar xodimdan iborat boʻlgan TMEK xizmati faoliyatini nazorat qilish boʻlimi tashkil etilsin, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmati faoliyatini nazorat qilish boʻlimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislarini jalb etgan holda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini doimiy nazorat qilib borish, oʻtkazilgan tekshirishlarning toʻgʻriligi va asoslanganligini, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalaridan taqdim etilgan boshlangʻich tibbiy hujjatlarning toʻgʻriligi va ishonchliligini oʻrganish yoʻli bilan tekshirishlarni amalga oshirish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining notoʻgʻri xulosa chiqarganligi uchun asos boʻlgan tibbiy hujjatlarda qasddan soxta maʼlumotlar koʻrsatgan shaxslar, shuningdek soxta xulosalar bergan yoki nogironlik guruhini qasddan notoʻgʻri belgilagan vrachlar va ekspertlar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni soxtalashtirish va nogironlik toʻgʻrisida asoslanmagan xulosalar berishga yoʻnaltirilgan boshqa xatti-harakatlar natijasida toʻlangan pensiya va nafaqalar summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aybdor shaxslar hisobidan toʻliq miqdorda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan qoida buzilishlarida aybdor boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga bajarilayotgan vazifalarga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, nogironlikning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya markazlari va davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy hamda kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarga faol hayotiy faoliyat, oʻqish va mehnat faoliyati imkoniyatlarini olishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi huzurida bir hafta muddatda Malaka komissiyasi tashkil etsin, unga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining vrach-ekspertlar lavozimiga tanlash va tavsiya etishni amalga oshirish, shuningdek har uch yilda kamida bir marta tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari vrachlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam ravishda attestatsiyadan oʻtkazish funksiyalarini yuklasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot oliy oʻquv muassasalari negizida maxsus kasb-hunar taʼlimi dasturlarini joriy etish yoʻli bilan barcha darajalardagi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari vrachlari malakasining oshirilishini har besh yilda kamida bir marta majburiy, muntazam ravishda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi buyurtmanomalariga binoan, 2011-yildan boshlab, Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarordan kelib chiqadigan tadbirlarni amalga oshirishga va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmatining moddiy-texnika bazasini, shu jumladan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tuzilmasini maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobiga mustahkamlashga mablagʻlarni nazarda tutsin. Bunda tumanlararo (zarurat boʻlganda qishloq tumanlari) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini joylarga borib tekshirishlar oʻtkazish uchun transport vositalari bilan taʼminlash nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari muassasalari tomonidan dastlabki tashxis oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tibbiy va yordamchi asbob-uskunalarning namunaviy roʻyxatini, shuningdek tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari muassasalarini koʻrsatib oʻtilgan asbob-uskunalar bilan namunaviy roʻyxatga muvofiq jihozlash jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 175-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 44-modda) hamda ushbu qarorga 4 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari nomi Xizmat koʻrsatish hududi‎ Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.‎ Bosh TMEK ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va mintaqaviy reabilitatsiya markazi

2.‎ Amudaryo tumanlararo TMEK Amudaryo va Beruniy tumanlari Amudaryo va Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi (keyingi oʻrinlarda — TTB deb ataladi) (tegishli hududlar boʻyicha)
3.‎

Kegayli tumanlararo TMEK ‎

Kegayli, Nukus va Qoraoʻzak tumanlari ‎

Kegayli, Nukus va Qoraoʻzak TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎

4.‎

Qoʻngʻirot tumanlararo TMEK

Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl va Moʻynoq tumanlari Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl va Moʻynoq TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
5.‎ Nukus shahar TMEK ‎ Nukus shahri ‎ Nukus shahar tibbiyot birlashmasi (keyingi oʻrinlarda SHTB deb ataladi)
6.‎

Xoʻjayli tumanlararo TMEK‎

Xoʻjayli va Shumanay tumanlari, Taxiatosh shahri Xoʻjayli va Shumanay TTB, Taxiatosh SHTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
7.‎

Chimboy tumanlararo TMEK‎

Chimboy va Taxtakoʻpir tumanlari ‎ Chimboy va Taxtakoʻpir TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
8.‎ Ellikqalʼa tumanlararo TMEK Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻl tumanlari Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻl TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
9.‎ Ftiziatriya TMEK Qoraqalpogʻiston ‎Respublikasi‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎sil kasalliklari dispanseri‎

Andijon viloyati

10.‎ Bosh TMEK ‎ Andijon viloyati ‎ Andijon viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Andijon viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi‎
11.‎ Andijon shahar TMEK ‎ Andijon shahri ‎ Andijon SHTB ‎
12.‎ Andijon tumanlararo TMEK‎ Andijon va Oltinkoʻl tumanlari ‎ Andijon va Oltinkoʻl TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
13.‎ Asaka tumanlararo TMEK ‎ Asaka shahri, Asaka, Marhamat va Buloqboshi tumanlari ‎ Asaka SHTB, Asaka, Marhamat va Buloqboshi TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
14.‎ Izboskan tumanlararo TMEK‎ Izboskan va Paxtaobod tumanlari ‎ Izboskan va Paxtaobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
15.‎ Qoʻrgʻontepa tumanlararo TMEK‎ Qoʻrgʻontepa, Jalolquduq va Xoʻjaobod tumanlari, Qorasuv va Xonobod shaharlari ‎ Qoʻrgʻontepa, Jalolquduq va Xoʻjaobod TTB, Qorasuv va Xonobod SHTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
16.‎ Shahrixon tumanlararo TMEK‎ Shahrixon, Boʻz, Baliqchi va Ulugʻnor tumanlari ‎ Shahrixon, Boʻz, Baliqchi va Ulugʻnor TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
17.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Andijon viloyati ‎ Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseri‎

Buxoro viloyati

19.‎ Bosh TMEK ‎ Buxoro viloyati ‎ Buxoro viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Navoiy viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi ‎
20.‎ Buxoro tumanlararo TMEK Buxoro, Jondor va Kogon tumanlari Buxoro, Jondor va Kogon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
21.‎ Buxoro tumanlararo TMEK Buxoro va Kogon shaharlari, Qorovulbozor tumani Buxoro va Kogon SHTB, Qorovulbozor TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
22.‎ Qorakoʻl tumanlararo TMEK‎ Qorakoʻl va Olot tumanlari ‎ Qorakoʻl va Olot TTB (tegishli hududlar boʻyicha‎
23.‎ Romitan tumanlararo TMEK Romitan, Peshku va Vobkent tumanlari Romitan, Peshku va Vobkent TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
24.‎ Shofirkon tumanlararo TMEK Shofirkon va Gʻijduvon tumanlari Shofirkon va Gʻijduvon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
25.‎ Psixiatriya TMEK Buxoro viloyati Buxoro viloyat psixiatriya shifoxonasi
26.‎ Ftiziatriya TMEK Buxoro viloyati‎ Buxoro viloyati sil ‎ kasalliklari dispanseri‎

Jizzax viloyati

27.‎ Bosh TMEK ‎ Jizzax viloyati ‎ Jizzax viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Jizzax viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi ‎
28.‎ Gʻallaorol tumanlararo TMEK ‎ Gʻallaorol, Forish va Baxmal tumanlari ‎ Gʻallaorol, Forish va Baxmal TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
29.‎ Jizzax tumanlararo TMEK ‎ Jizzax shahri va Jizzax tumani ‎ Jizzax SHTB va Jizzax TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
30.‎ Doʻstlik tumanlararo TMEK ‎ Doʻstlik, Mirzachoʻl, Zafarobod, Paxtakor va Arnasoy tumanlari ‎ Doʻstlik, Mirzachoʻl, Zafarobod, Paxtakor va Arnasoy TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
31.‎ Zomin tumanlararo TMEK‎ Zomin, Zarbdor va Yangiobod tumanlari ‎ Zomin, Zarbdor va Yangiobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎

Qashqadaryo viloyati

32.‎ Bosh TMEK ‎ Qashqadaryo viloyati ‎ Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi ‎
33.‎ Dehqonobod tumanlararo TMEK Dehqonobod, Qamashi va Gʻuzor tumanlari Dehqonobod, Qamashi va Gʻuzor TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
34.‎ Qarshi tumanlararo TMEK‎ Qarshi shahri, Koson va Nishon tumanlari Qarshi SHTB, Koson va Nishon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
35.‎ Qarshi tumanlararo TMEK Qarshi, Mirishkor, Muborak va Kasbi tumanlari‎ Qarshi, Mirishkor, Muborak va Kasbi TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
36.‎ Kitob tumanlararo TMEK‎ Kitob va Shahrisabz tumanlari ‎ Kitob va Shahrisabz TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
37.‎ Chiroqchi tumanlararo TMEK‎ Chiroqchi va Yakkabogʻ tumanlari Chiroqchi va Yakkabogʻ TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
38.‎ Ftiziatriya TMEK Qashqadaryo viloyati‎ Qashqadaryo viloyati ‎sil kasalliklari dispanseri
39.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Qashqadaryo viloyati‎ Qashqadaryo viloyati ‎sil kasalliklari dispanseri

Navoiy viloyati

40.‎ Bosh TMEK ‎ Navoiy viloyati ‎

Navoiy viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Navoiy viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi‎

41.‎ Zarafshon tumanlararo TMEK ‎ Tomdi va Uchquduq tumanlari, Zarafshon shahri ‎ Tomdi va Uchquduq TTB, Zarafshon SHTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
42.‎ Qiziltepa tumanlararo TMEK Qiziltepa va Konimex tumanlari ‎ Qiziltepa va Konimex TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
43.‎ Navbahor tumanlararo TMEK‎ Navbahor va Nurota tumanlari ‎

Navbahor va Nurota TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎

44.‎ Navoiy tumanlararo TMEK‎ Navoiy shahri va Karmana tumani ‎

Navoiy SHTB va Karmana TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎

45.‎ Xatirchi tuman TMEK ‎ Xatirchi tumani ‎ Xatirchi TTB‎
46.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Navoiy viloyati ‎

Navoiy viloyat psixonevrologiya dispanseri‎

Namangan viloyati

47.‎ Bosh TMEK ‎ Namangan viloyati

Namangan viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Namangan viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

48.‎ Namangan shahar TMEK Namangan shahri Namangan SHTB
49.‎ Pop tumanlararo TMEK Pop va Mingbuloq tumanlari Pop va Mingbuloq ‎TTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
50.‎ Toʻraqoʻrgʻon tumanlararo TMEK Toʻraqoʻrgʻon va Namangan tumanlari‎ Toʻraqoʻrgʻon va Namangan ‎TTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
51.‎ Uchqoʻrgʻon tumanlararo TMEK Uchqoʻrgʻon, Norin va Uychi tumanlari‎ Uchqoʻrgʻon, Norin va Uychi ‎TTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
52.‎ Chust tumanlararo TMEK Chust va Kosonsoy tumanlari‎ Chust va Kosonsoy ‎TTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
53.‎ Yangiqoʻrgʻon tumanlararo TMEK Yangiqoʻrgʻon va Chortoq tumanlari Yangiqoʻrgʻon va Chortoq TTB ‎(tegishli hududlar boʻyicha)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Samarqand viloyati

54.‎ Bosh TMEK ‎ Samarqand viloyati ‎ Samarqand viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Samarqand viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi‎
55.‎ Oqdaryo tumanlararo TMEK Oqdaryo, Qoʻshrabot va Ishtixon tumanlari Oqdaryo, Qoʻshrabot va Ishtixon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
56.‎ Samarqand tumanlararo TMEK Samarqand va Toyloq tumanlari Samarqand va Toyloq TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
57.‎ Narpay tumanlararo TMEK ‎ Narpay, Kattaqoʻrgʻon va Paxtachi tumanlari ‎ Narpay, Kattaqoʻrgʻon va Paxtachi TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
58.‎ Payariq tumanlararo TMEK Payariq, Bulungʻur va Jomboy tumanlari Payariq, Bulungʻur va Jomboy TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
59.‎ Pastdargʻom tumanlararo TMEK ‎ Pastdargʻom va Nurobod tumanlari, Kattaqoʻrgʻon shahri ‎ Pastdargʻom va Nurobod TTB, Kattaqoʻrgʻon SHTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
60.‎ Samarqand shahar TMEK Samarqand shahri Samarqand SHTB
61.‎ Urgut tuman TMEK Urgut tumani Urgut TTB
62.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Samarqand viloyati ‎ Samarqand viloyat psixonevrologiya dispanseri‎
63.‎ Ftiziatriya TMEK ‎ Samarqand viloyati ‎ Samarqand viloyat sil kasalliklari dispanseri‎

‎Surxondaryo viloyati

64.‎ Bosh TMEK ‎ Surxondaryo viloyati ‎ Surxondaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi ‎
65.‎ Angor tumanlararo TMEK ‎ Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlari ‎ Angor, Muzrabot va Sherobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)‎
66.‎ Denov tumanlararo TMEK Denov va Oltinsoy tumanlari Denov va Oltinsoy TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
67.‎ Qiziriq tumanlararo TMEK‎ Qiziriq, Bandixon va Boysun tumanlari ‎ Qiziriq, Bandixon va Boysun TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
68.‎ Qumqoʻrgʻon tumanlararo TMEK Qumqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlari Qumqoʻrgʻon va Shoʻrchi TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
69.‎ Sariosiyo tumanlararo TMEK‎ Sariosiyo va Uzun tumanlari ‎ Sariosiyo va Uzun TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
70.‎ Termiz tumanlararo TMEK Termiz sh., Termiz va Jarqoʻrgʻon tumanlari Termiz SHTB, Termiz va Jarqoʻrgʻon TTB (tegishli hududlar boʻyicha)

701.‎

Psixiatriya TMEK‎

Surxondaryo viloyati‎‎

Surxondaryo viloyati ‎psixonevrologiya dispanseri‎‎

Sirdaryo viloyati

71.‎ Bosh TMEK Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Jizzax viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi
72.‎ Guliston tumanlararo TMEK Guliston sh., Guliston va Sayxunobod tumanlari Guliston SHTB, Guliston va Sayxunobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
73.‎ Mirzaobod tumanlararo TMEK Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba va Sirdaryo tumanlari Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba va Sirdaryo TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
74.‎ Yangiyer tumanlararo TMEK Yangiyer va Shirin shaharlari, Xovos va Boyovut tumanlari Yangiyer va Shirin SHTB, Xovos va Boyovut TTB (tegishli hududlar boʻyicha)

Toshkent viloyati

75.‎ Bosh TMEK Toshkent viloyati Toshkent viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi
76.‎ Oqqoʻrgʻon tumanlararo TMEK Oqqoʻrgʻon, Quyichirchiq va Boʻka tumanlari Oqqoʻrgʻon, Quyichirchiq va Boʻka TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
77.‎ Olmaliq tumanlararo TMEK Olmaliq sh., Pskent va Oʻrtachirchiq tumanlari Olmaliq SHTB, Pskent va Oʻrtachirchiq TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
78.‎ Angren tumanlararo TMEK ‎ Angren va Ohangaron shaharlari, Ohangaron tumani ‎ Angren va Ohangaron SHTB, Ohangaron TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
79.‎ Bekobod tumanlararo TMEK‎ Bekobod shahri va Bekobod tumani ‎ Bekobod SHTB va Bekobod TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
80.‎ Chirchiq tumanlararo TMEK‎ Chirchiq shahri, Boʻstonliq va Qibray tumanlari ‎ Chirchiq SHTB, Boʻstonliq va Qibray TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
81.‎ Yuqori Chirchiq tumanlararo TMEK‎ Yuqori Chirchiq va Parkent tumanlari ‎ Yuqori Chirchiq va Parkent TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
82.‎ Yangiyoʻl tumanlararo TMEK Yangiyoʻl va Chinoz tumanlari Yangiyoʻl va Chinoz TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
83.‎ Zangiota tuman TMEK‎ Zangiota tumani ‎ Zangiota TTB
84.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Toshkent viloyati ‎ Toshkent viloyat psixonevrologiya dispanseri‎

‎Fargʻona viloyati

85.‎ Bosh TMEK ‎ Fargʻona viloyati‎ Fargʻona viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Fargʻona viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi ‎
86.‎ Bagʻdod tumanlararo TMEK‎ Bagʻdod, Buvayda va Uchkoʻprik tumanlari ‎ Bagʻdod, Buvayda va Uchkoʻprik TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
87.‎ Qoʻqon tumanlararo TMEK‎ Qoʻqon shahri va Dangʻara tumani ‎ Qoʻqon SHTB va Dangʻara TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
88.‎ Quva tumanlararo TMEK‎ Quva va Toshloq tumanlari, Quvasoy shahri ‎ Quva va Toshloq TTB, Quvasoy SHTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
89.‎ Margʻilon tumanlararo TMEK‎ Margʻilon shahri, Qoʻshtepa va Yozyovon tumanlari ‎ Margʻilon SHTB, Qoʻshtepa va Yozyovon TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
90.‎ Rishton tumanlararo TMEK‎ Rishton, Oltiariq va Soʻx tumanlari‎ Rishton, Oltiariq va Soʻx TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
91.‎ Oʻzbekiston tumanlararo TMEK‎ Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat tumanlari ‎ Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
92.‎ Fargʻona tumanlararo TMEK‎ Fargʻona shahri va Fargʻona tumani ‎ Fargʻona SHTB va Fargʻona TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
93.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Fargʻona viloyati ‎ Fargʻona viloyat psixonevrologiya dispanseri‎
94.‎ Ftiziatriya TMEK ‎ Fargʻona viloyati ‎ Fargʻona viloyat sil kasalliklari dispanseri‎

Xorazm viloyati

95.‎ Bosh TMEK ‎ Xorazm viloyati ‎ Xorazm viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi va Xorazm viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi ‎
96.‎ Urganch tumanlararo TMEK Urganch sh., Urganch va Xonqa tumanlari Urganch SHTB, Urganch va Xonqa TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
97.‎ Hazorasp tumanlararo TMEK‎ Hazorasp va Bogʻot tumanlari, Pitnak shahri ‎ Hazorasp va Bogʻot TTB, Pitnak SHTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
98.‎ Xiva tumanlararo TMEK Xiva, Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tumanlari Xiva, Qoʻshkoʻpir va Yangiariq TTB (tegishli hududlar boʻyicha)
99.‎ Shovot tumanlararo TMEK‎ Shovot, Gurlan va Yangibozor tumanlari ‎ Shovot, Gurlan va Yangibozor TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎

Toshkent shahri

100.‎ Bosh TMEK ‎ Toshkent shahri‎ Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi ‎
101.‎ Mirzo Ulugʻbek tumanlararo TMEK‎ Mirzo Ulugʻbek va Hamza tumanlari ‎ Mirzo Ulugʻbek va Hamza TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
102.‎ Sobir Rahimov tuman TMEK ‎ Sobir Rahimov tumani ‎ Sobir Rahimov TTB ‎
103.‎ Sirgʻali tumanlararo TMEK ‎ Sirgʻali, Mirobod va Bektemir tumanlari ‎ Sirgʻali, Mirobod va Bektemir TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
104.‎ Uchtepa tumanlararo TMEK ‎ Uchtepa va Chilanzor tumanlari ‎ Uchtepa va Chilanzor TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
105.‎ Shayxontohur tumanlararo TMEK ‎ Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlari ‎ Shayxontohur va Yakkasaroy TTB (tegishli hududlar boʻyicha) ‎
106.‎ Yunusobod tuman TMEK ‎ Yunusobod tumani ‎ Yunusobod TTB‎
107.‎ Psixiatriya TMEK ‎ Toshkent shahri ‎ Birinchi Toshkent shahar psixonevrologiya dispanseri‎
108.‎ Ftiziatriya TMEK ‎ Toshkent shahri Birinchi Toshkent shahar sil kasalliklari dispanseri‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda TMEKlarining umumiy soni doirasida ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqlidir.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 19-noyabrdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2531, 02.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 635-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 241-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh: transport vositasi mavjud boʻlgan taqdirda haydovchi lavozimi, alohida bino mavjud boʻlgan taqdirda — qorovul lavozimi joriy etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 305-modda; 2011-y., 36-son, 372-modda; 2013-y., 49-son, 635-modda; 2014-y., 35-son, 445-modda, 42-son, 524-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 997-modda)